Tatu samarqand filiali



Yüklə 487,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/31
tarix07.02.2022
ölçüsü487,85 Kb.
#52226
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
algoritmga kirish fanidan laboratoriya mashgulotlari boyicha uslubiy kursatma

Nazorat savollari  

1.  Qanday saralash algoritmlarini bilasiz?  

2.  Saralash algoritmlari samaradorligini qanday baholash mumkin?  

3.  Pufaksimon saralash algoritmi va uni yahshilangan usulini tushuntiring.  

4.  To’g’ridan-to’g’ri qo’shish, tanlash algoritmlarini farqini tushuntiring.  

5.  Shella saralash algoritmini tushuntiring.  

6.  Quicksort algoritmini tushuntiring. 

 

 



Topshiriq  

 Quyida har 10 ta variant uchun umumiy bo’lgan masalaning berilishi  

va  talab  qilinayotgan  saralash  usuli  keltirilgan.  Talabalar  topshiriq  olib  

so’ralayotgan  usul  bilan  o’zlari  tomonidan  tanlangan  ixtiyoriy  saralash  

usulining  samaradorligini  solishtirish  dasturini  tuzishlari  kerak.  Usullarni  

solishtirishda o’rin almashtirishlar soni nazarda tutiladi.    

Ta’mirlash  ustaxonasida  bir  nechta  (N  ta)  mashina  bor.  Ular  to’g’risida  quyidagi  

ma’lumotlarga    egamiz:    raqami,    markasi,    egasining    ismi,    oxirgi  marta  

ta’mirlanganligi  sanasi  (kuni,  oyi,  yili),  ta’mirdan  chiqishi  lozim bo’lgan  sana 

(kun,  oy,  yil).  To’g’ridan-to’g’ri  qo’shish  usulidan  foydalanib,  saralashni  amalga 

oshirish dasturini ishlab chiqish (variantga mos ravishda):  

1. Mashina  egalarining  ismlari  bo’yicha  alifbo  tartibida  joylashtirilsin  va mos 

ravishda ularning mashinalari haqidagi ma’lumotlar chiqarilsin.  



2. Avtomobillarni ta’mirlash tartibi ishlab chiqilsin. Bu yerda ta’mir tugashi sanasi  

qaysi    avtomobil    uchun    ertaroq    bo’lsa,    shunga    birinchi    navbatda    xizmat 

ko’rsatiladi.  

3.  Oldingi    ta’mir    qilinganlar    soni    2    ga    teng    bo’lgan    mashinalar    raqamlari 

bo’yicha kamayish tartibida joylashtirilsin.  

4.  Oldin  ta’mir    qilinmagan    mashinalarni  ta’mirdan    chiqish    sanasi    bo’yicha 

o’sish tartibida joylashtiring.  

5.  "Mersedes"    markali    mashina    egalarini    alifbo    bo’yicha    teskari    tartibda 

joylashtiring.  

6.  Boshqalaridan    oldinroq    ta’mirlanadigan    mashinalarni    ularning    markasi 

bo’yicha  alifbo  tartibida  joylashtiring  (ta’mir  tugatilishi  sanasi  31.12.2012  dan 

erta).  


7.  "Nexia"    markasidagi    mashinalarni    raqamlari    bo’yicha    o’sish    tartibida 

joylashtiring.  

8.  O’tgan    yildan  beri    ta’mirlanmagan    mashinalarni  ularning    egalari    ismlari 

bo’yicha alifbo tartibida joylashtiring.  

9.  Keyingi    oyda    ta’mirlanishi    lozim    bo’lgan    mashinalarni    oxirgi    marta 

ta’mirlanganlik sanasi bo’yicha o’sish tartibida keltiring.  

10.  "Mersedes"    markasidagi    mashinalarni    raqamlari    bo’yicha    kamayish 

tartibida  joylashtiring.  N    ta    talabadan    iborat  guruh    tuzilsin.    Quyidagi  

ma’lumotlar    berilgan:    familiya,    ism,  tug’ilgan  yili,  fanlar  bo’yicha  bahosi: 

MTvaA,  oliy  matematika,  fizika,  dasturlash,  topshirgan  sessiya  umumiy  bali.   

To’g’ri  tanlov  usulidan  foydalanib,  saralashni  amalga  oshirish  dasturini ishlab 

chiqing (variantga mos ravishda):  

11. Talabalar familiyalarini alifbo tartibida.  

12. Talabalarni yoshi bo’yicha o’sish tartibida.  

13. Talabalarni umumiy bali bo’yicha o’sish tartibida.  

14. Talabalarni birinchi imtihoni natijasi bo’yicha o’sish tartibida.  

15. Talabalarni ikkinchi imtihoni natijasi bo’yicha kamayish tartibida.  

16. Talabalarni uchinchi imtihoni natijasi bo’yicha o’sish tartibida.  




17. Talabalarni to’rtinchi imtihoni natijasi bo’yicha kamayish tartibida.  

18. Talabalarni  birinchi  va  ikkinchi  imtihoni  natijalari  bo’yicha  o’sish  

tartibida.  

19. Talabalarni  birinchi  va  ikkinchi  imtihoni  natijalari  bo’yicha  kamayish  

tartibida.  

20. Talabalarni umumiy bali bo’yicha kamayish tartibida.  




Yüklə 487,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin