9) S2 ning qiymati S1 ning qiymatiga qo`shib qo`yilsin va yig`indi eslab qolinsin;
Algoritmni ishlab chiqish uchun avvalo masalaning yechish yo`lini yaxshi tasavvur
qilib olish, keyin esa uni formallashtirish, yani aniq qoidalar ketma-ketligi
Bu misollardan bitta umumiy tomonini kuzatish mumkin. Bu algoritmdan qanday
maqsad ko`zlanganligini bilmasdan turib ham uni muvaffaqiyat bilan bajarish
mumkin. Demak, hayotda uchraydigan murakkab jarayonlarni boshqarishni yoki
amalga oshirishni robotlar, kompyuterlar va boshqa mashinalar zimmasiga
yuklashimiz mumkin ekan. Bu esa algoritmning juda muhim afzalligidir. Shunga
ko`ra, har bir inson o`z oldiga qo`yilgan masalaning yechish algoritmini to`g`ri
tuzib bera olsa, u o`z aqliy va jismoniy mehnatini yengillashtiribgina qolmay, bu
ishlarni avtomatik tarzda bajarishni mashinalarga topshirishi ham mumkin.
Algoritmni ishlab chiqishda masalani yechish jarayonini shunday formallashtirish
kerakki, bu jarayon yetarli darajadagi oddiy qoidalarning chekli ketma-ketligini
ko`rinishiga keltirilsin. Masalan, biz ko`pincha ko`p xonali sonlar ustida asosiy
arifmetik amallarni bajarishda vatandoshimiz Al-Xorazmiyning IX asrda yaratgan
qoidalarini ishlatamiz. «Algoritm» atamasi ham ana shu buyuk matematik nomidan
kelib chiqadi.
Shuning uchun algoritm deb, masala yechimini tasvirlashning ixtiyoriy tasviri
olinmasdan, balki faqatgina ma'lum xossalarni bajara oladiganlari qabul qilinadi.
Ko`rsatmalarning mazmuni, kelish tartibi, qo`llanish doirasi va olinadigan
natijadan kelib chiqib, algoritmning eng asosiy xossalari bilan tanishamiz.
Dostları ilə paylaş: