Pufaksimon saralash usulidan foydalanib, saralashni amalga oshirish
dasturini ishlab chiqish (variantga mos ravishda):
21. A massivning eng katta (eng kichik) elementini ekranga chiqarish
dasturini tuzing.
22. A massiv elementlari qiymatlarini kamayish tartibida saralash dasturini tuzing.
23. A massivda elementlar berilgan. Mazkur massiv elementlaridan shunday V
massiv shakllantiruvchi shunday dastur tuzingki, V massiv elementlari
kamayish tartibida saralangan bo’lsin.
24. Elementlari o’sish tartibida joylashgan A sonli massiv va a soni berilgan. a ni
A massivga shunday qo’shingki, tartiblanganlik buzilmasin.
25. Elementlari o’sish tartibida joylashgan A massivni, elementlari kamayish
tartibida joylashgan massiv ko’rinishida tez quruvchi dastur tuzing.
26. Manfiy va musbat sonlardan tashkil topgan A massiv berilgan. Barcha manfiy
sonlarni chiqarib, musbatlarini o’sish tartibda joylashtiruvchi dastur tuzing.
27. Berilgan A massivdan ketma-ket sonlar olib, ulardan o’sish tartibida
shakllantirilgan V massiv hosil qiluvchi dastur tuzing.
28. Mualliflar ro’yhati A massiv shaklida berilgan. Mualliflarni alifbo tartibida
shakllantirish va shakllangan ro’yhatni ekranga chiqarish dasturini tuzing.
29. Telefon stansiyasida n ta mijoz bor. Quyidagi shaklda ro’yhat hosil
qiluvchi dastur tuzing: telefon raqami, mijoz familiyasi (telefon raqamlari
o’sish tartibida joylashadi).
30. A massivni uzunliklari har xil bo’lgan n ta so’z tashkil qiladi. So’zlarni
uzunliklari bo’yicha o’sish tartibida joylashtiruvchi dastur tuzing.
|