taxallusi; ismi Mohlaroyim) (1792, Andijon 1842, Qoʻqon) oʻzbek shoirasi, maʼrifatparvari va davlat arbobi. "Komila" va "Maknuna" taxalluslari bilan ham sheʼrlar yozgan



Yüklə 73,14 Kb.
tarix20.04.2023
ölçüsü73,14 Kb.
#100950
Презентация Microsoft PowerPoint (2)

Nodira, (taxallusi; ismi Mohlaroyim) (1792, Andijon — 1842, Qoʻqon) — oʻzbek shoirasi, maʼrifatparvari va davlat arbobi. "Komila" va "Maknuna" taxalluslari bilan ham sheʼrlar yozgan. Otasi Andijon hokimi Rahmonqulbiy — oʻzbeklarning ming qabilasidan, Fargʻona hukmdori Olimxonning togʻasi. Olimxon ukasi Umarxonga Margʻilon hokimligini beradi va uni 1807-yilda Nodiraga uylantiradi. Nodira shu xonadonda sheʼr yozishni mashq qiladi, shoira Uvaysiy bilan tanishadi, uni muallima sifatida saroyga taklif etadi.

Nodiraning turmush o’rtog’i Amir Umarxon ham Amiriy taxallusida ijod qilgan. 1810-yilda akasi Olimxon oʻrniga taxtga chiqqan Umarxon bilan Qoʻqonga keladi. 1822-yil Umarxonning fojeali vafotidan soʻng oʻgʻli Maʼdalixon bilan birga Qoʻqon xonligini boshqaradi. Madrasa, masjid, karvonsaroylar qurdiradi. Ilm ahliga rahnamolik, faqirlarga homiylik qiladi. 1842-yil Buxoro amirligi hukmdori Amir Nasrulloh tomonidan qatl etiladi.

Nodiraning sheʼriy merosi bir nechta devonlarining qoʻlyozmalari orqali yetib kelgan. Oʻzbekcha sheʼrlarida Komila va forsiyda Maknuna taxalluslari bilan ham asarlar yaratgan. Uning 10000 misraga yaqin asari yetib kelgan. Gʻazal, muxammas, ruboiy, fard kabi koʻplab janrlardan faol foydalangan. Sheʼrlarida Navoiy, Fuzuliy, Bedil anʼanalarini davom ettirgan. Nodira gʻazallarida firoq, dard iztiroblari samimiy bayon qilingan.

Nodira hayoti va ijodini oʻrganish oʻz davridanoq boshlangan. Hakimxon Toʻraning „Muntaxabut-tavorix“, Avazmuhammad Attorning „Tuhvatut-tavorix“, Ishoqxon Toʻraning „Tarixi Fargʻona“, Mushrifning „Ansobus-salotin va tavorixi xavoqin“ kabi tarixiy asarlarda, Uvaysiyning „Voqeoti Muhammadalixon“, Nodir-Uzlatning „Haft gulshan“ nomli dostonlarida Nodiraning iqtidori, faoliyati borasida qimmatli maʼlumotlar bayon etilgan.

Nodiraning adabiy merosi oʻz gʻoyaviy-badiiy ahamiyati nuqtai nazaridan mumtoz sheʼriyatning goʻzal namunalaridandir. Uning toʻla boʻlmagan oʻzbekcha devoni Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi. Devonga Nodiraning 109 (yoki 1704 misra) gʻazali kiritilgan. Nodiraning uzi yozgan debochada tarjimai holiga oid baʼzi muhim maʼlumotlar berilgan. 19-asrda koʻchirilgan, hozirgi Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Tarix muzeyi arxivida saqlanayotgan devonda Nodiraning "Komila" taxallusi bilan yozgan 19 (328 misra) gʻazali borligi aniqlangan.

Nodira bozor va rastalar, masjid va madrasalar, karvonsaroylar qurilishiga eʼtibor bergan. Goʻristoni kalondagi Madrasai Chalpak, Taqagarlik rastasidagi Moxlaroyim madrasasini bino ettirgan. Buxoro amirligi hukmdori Amir Nasrulloh 1842-yilda Qoʻqonni egallab, Maʼdalixonni, ukasi Sulton Mahmudxonni, 14 yashar oʻgʻli Muhammad Aminxonni va Nodirani oʻlimga hukm etadi.


Yüklə 73,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin