Foiz stavkasi- jalb qilgan mablag’lar bo’yicha kelishilgan daromadlilik stavkasidir. Amalda mablag’larni jalb qilish turlari qancha ko’p bo’lsa ularni foiz stavkasi turlari ham ham shuncha ko’p bo’ladi. Misol, qarz oluvchi uy sotib olish maqsadida berib turilgan qarz pul uchun mazkur zayom bo’yicha foiz stavkasi to’laydi, bu o’z navbatida qo’yilgan mablag’(nakd, mulk va boshqalar) bo’yicha foiz stavkasi deb yuritiladi; a bankni firmadan ushlayotgan stavkasi esa tijorat krediti bo’yicha foiz stvkasi deyiladi.
Foizlarni hisoblashda tartib bo’yicha diskret(diskret foizlari) usulida; bunda ham hisoblash davrlari oy, chorak va yil sifatida qabul qilinadi. Arim hollar da har kunlik hisoblash qo’llanilib, (misol, uzoq muddatli investitsiyalarni analiz qilish uchun)mijozlarga ma’qul kelishi uchun ayrim hollar da foizni o’zluksiz hisoblash usuli qo’llaniladi.
Foiz stavkani son jihatdan moliyaviy tahlil etishda nafaqat qarz summasini ko’payish quroli ko’rinishda, balki kengroq ma’noda bevosita mablag’larni bir egasidan boshqasiga oqib o’tish va ko’payish orqali tijorat va moliyaviy faoliyatdan keladigan daromadlilik darajasini o’lchash uchun joriy etiladi.
Foiz stavkalar avvalgi u yoki bu boshlang’ich summasiga yoki avalgi davlar uchun hisoblangan foiz summasiga ssudani mazkur muddatni barcha davlari(oddiy foiz stavka)ga qo’llaniladi. Shunga o’xshash hisob stavkalari ham qo’llaniladi. Mos holda, asosiy foiz stavka 4 turi bir biridan tubdan farq qiladi: oddiy va murakkab foiz stavkalari, oddiy va murakkab hisob stavkalari.
Amaliyotda fiksirlangan stavkadan tashqari so’zib yuruvchi yoki o’zgaruvchan stavkalari mavjud. Ayrim holatlarda shartnomalarda ayrim bazaviy stavkalari(pul bozoridagi stavkani vaktlar bo’yicha o’zgarishidan, misol uchun London banki tomonidan o’rnatilgan «LIBOR»stavkasi)ga fiksirlangan qo’shimcha daromad-marja qo’shiladi. Shunday qilib, umuman stavka qaysiki, foiz hisoblanayotgan stavka bazani o’zgarishi hisobiga o’zgarib turadi. Shartnomalardagi marjani hajmi vaqtlar bo’yicha o’zgarishi orqali ko’rsatilishi mumkin.1 Mavzuda keltirilgan formulani quyidagi belgilari qabul qilingan .
i -ssudani barcha muddati uchun foizlar.
K -yilni kunlardan iborat davomiyligi( vaqtinchalik baza)
R - ssudani avvalgi summasi.
S - ssudani qaytarishni ohirgi muddatidagi summa.
i - foiz stavka.
d - oddi hisob stavka.
p - ssudani yillardan iborat davomiligi.
d - ssudani foydalangan kunlar soni.
Moliyaviy aktivlarni asosiy formalariga qarzli majburiyatnoma, aktsiya va xosilaviy qimmatli qog’ozlar kiradi. Qarzli majburiyatnomalarni muomalaga pul bilan shug’ullanuvchi davlat, korxona va boshqa xujaliklar (uy-xujaliklar) chiqaradi. Shunday qarzli majburiyatnomalar bozorida shunday davlat va korporativ obligatsiyalari va uy-joy va tijoratli avanslar; shuningdek, iste’mol zayomlarga o’xshash aktivlar sotiladi. Qarzli majburiyatnomalar fiksirlangan daromadli instrumentlar deyilib, kelgusida fiksirlangan summani to’lashga va’da beradi yoki qat’iy belgilangan foizli qimmatli qog’ozlar deyiladi.
Qarzli majburiyatnomalar uni qaytarish muddatiga qarab quyidagi shakllarga bo’linadi:
-qisqa muddatli qarzli majburiyatnomalar bozori-(qaytarish muddati 1 yilgacha) pul bozori deyiladi
-o’zoq muddatli qarzli majburiyatnomalar va aktsiya bozori-(qaytarish muddati 1 yildan yuqori) kapital bozori deyiladi
Pul bozorida davlat yoki ishonchi bo’lgan xususiy sektor egasi tomonidan chiqarilgan foizli qimmatli qog’ozga o’xshash afzallikka ega instrumentlar (kaznachey veksellar, katta korxonalarni tijorat vekseliga o’xshash veksellar)muomalada yuradi. Zamonaviy pul bozori integratsiyani globallashuvi va likvidlilik bilan harakterlanadi. Aktivlarni likvidlilik darajasi uning pulini konveratatsiya qilish jarayonini tezligi va kam harajat liligi hamda oddiyligiga bogliq holda aniqlanadi.
Qo’shimcha bo’lib esa taraflar kelishuvining predmeti hisoblanmish qat’iy belgilangan miqdor hisoblanadi va ushbu miqdor kredit shartnomasi muddati davrida odatda o’zgarmaydi. Ushbu qat’iy belgilangan qo’shimchaning miqdori shartnoma shartlari va tavakkalchilik darajasiga bog’liq bo’ladi.
Nominal foiz stavkasi deganda e’lon qilingan foiz stavkasi tushuniladi. Real foiz stavkasi deganda nominal foiz stavkasini pulning qadrsizlanish darajasiga muvofiqlashtirilgan darajasi tushuniladi. Foizning nominal stavkasi (i) va real stavkasi (r) deb belgilansa:
r = i + x,
bu erda, x – inflyatsiyaning kutilayotgan darajasi.
Rivojlangan davlatlar pul-kredit tizimida foiz stavkalarning turli-tumanligi mavjud. Foiz stavkalarning birinchi darajasi – markaziy bank tomonidan tijorat bankiga taqdim etiladigan kreditlar bo’yicha belgilanadigan rasmiy foiz stavkasidir. Mazkur foiz stavkasi hisob yuritish yoki qayta moliyalashtirish foiz stavkasi deb ataladi.
Foiz stavkalarning navbatdagi darajasi kredit resurslarining banklararo bozoridagi taklif stavkalaridan iboratdir. Etakchi banklar birinchi darajali banklar evrovalyutalarida ushbu banklarda depozit hisobvaraqlarini ochish orqali kreditlashni taklif stavkalari bo’yicha amalga oshiradi. Misol sifatida LIBOR (LIBOR – London Inter Bank Offered Rate) London banklararo taklif stavkasini keltirish mumkin. Ushbu stavka rasmiy asosda belgilanmaydi, balki har bir tijorat banki mazkur stavkani har bir ish kunining birinchi yarmi, ya’ni soat 11.00 holatiga pul-kredit bozorining kon’yunkturasidan kelib chiqqan holda aniqlaydi. LIBOR stavkasi deganda ushbu banklar bo’yicha o’rtacha arifmetik miqdor sifatida hisoblangan o’rtacha stavka tushuniladi.
FV = 1000 dollar x 1,10 = 1100 dollar.
Agarda Siz 1100 dollarni hisob raqamida yana bir yilga qoldirsangiz, unda ikkinchi yil yakunida pulingiz qancha bo’ladi? Ikkinchi yil davomida Siz 1100 dollarli summaga yillik 10% hajmida daromad olasiz va hisoblangan foizlarning summasi 0,10 x 1100 = 110 dolarga teng bo’ladi. Demak ikkinchi yilning oxiriga kelib Siz 1210 dollarning egasi bo’lasiz.
Murakkab foizlarning tabiati to’g’risida aniq bir tasavvurga ega bo’lish uchun biz istiqboldagi qiymatni (1210 dollar) uch tarkibiy qismga bo’lamiz. Birinchi qism – bu dastlabki 1000 dollar. Ikkinchi qism bo’lib esa mazkur 1000 dollarga birinchi yil uchun 100 dollar va ikkinchi yil uchun 100 dollar hajmida hisoblangan foizlar hisoblanadi. Omonatning asosiy summasiga hisoblangan foizlar oddiy foizlar (simple interest) deb ataladi
Endi, yana 10 dollar hajmidagi foizlar mavjud, ular ikkinchi yili olingan bo’lib, birinchi yil uchun foizlar sifatida olingan 100 dollarlik summaga hisoblangan. To’langan foizlarga hisoblangan foizlar murakkab foizlar (compound interest) deb ataladi. Foizlarning umumiy hisoblangan summasi (210 dollar) oddiy foizlar (200 dollar) va murakkab foizlar (10 dollar)dan iborat.
FV = 1000 dollar x 1,1 x 1,1 = 1000 dollar x 1,1² = 1210 dollar.
Uch yildan so’ng ushbu summa
FV = 1000 dollar x 1,1 x 1,1 x 1,1 = 1000 dollar x 1,1³ = 1331 dollar.