Har doim ham hodisalarni aniq qoidalar bilan tavsiflash mumkin emas. Insonlar savollarga doim ham to`g`ri javob bera olmaydilar.
Agar inson sal kasalman desa, uning haroratining qandayligini bilib bo`ladimi? Albatta yo`q!
“Yuqori”, “issiq” va “engil”, “ko`tarildi” yoki “tushdi” kabi so`zlar lingvistik o`zgaruvchilar bo`lib, ularni bitta qiymat bilan aniqlab bo`lmaydi. Qoidalarni tuzishda bu tushunchalardan foydalanish qat’iymas mantiq deb ataladi.
“Tushadi” tushunchasi ham lingvistik o`zgaruvchi bo`lib, fond birjasini tavsiflovchi qoidalarda ishlatiladi. Lingvistik o`zgaruvchilardan foydalangan holda, foydalanuvchiga ortiqcha savollarni bermasdan, ba’zi ehtimolliklarning qiymatlarini hisoblash mumkin. Buning uchun lingvistik o`zgaruvchilarning qiymatlarini aniqlashtirish lozim.
Noaniq/Qat’iymas (fuzzy – ingliz atamasidan) ob’ekt, xolat va hodisalarni noaniq, to`liq bo`lmagan, taxminiy, mumkin bo`lgan baholashlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday baholashlar ekspert fikr(mulohaza)larida shakllanadi.
Ko`p muammolarni yechishda mazkur turdagi Qat’iymas bahslash, model, usul va protseduralardan foydalanilish zarurligi quyidagilar bilan belgillanadi:
ob’ekt va hodisalar to`g`risida aniq va to`liq axborotlarni olish imkoniyati yo`qligi;
murakkab ob’ekt va hodisalarning aniq, deterministik matematik modelini qurish yoki imkoni yo`qligi (hozirgi paytda), yoki murakkabligi va shu sababli nomuvofiqligi;
ayrim muommalarni yechishda parametr va hodisalarni aniq baholashlari talab qilinmaydi;
tadqiq qilinayotgan tizimlarning murakkabligi oshgan sari insonning ular to`g`risida aniq va shu bilan birga to`g`ri baholash (fikr, mulohaza bildirish) qobiliyati pasayadi, murakkablik belgilangan chegaradan oshgandan keyin esa baholashlarning aniqligi va to`g`riligi (ma’noliligi) bir biriga zid bo`lib qoladi.
Qat’iymas modellar egiluvchan (Soft computing – yumshoq hisoblash) modellar sinfining biri bo`lib quyidagi xususiyatlarga ega:
insonning odatdagi shaklda ifodalangan bilim va tajribalariga asoslangan bo`lib, ular ananaviy (aniq, qat’iy, deterministik) modellarga nisbatan egiluvchanligi;
dastlabki axborotlar aniqlikliklariga munosib bo`lgan masala yechimini topishga imkoniyat berilganligi va ularning real olamga ko`proq o`xshashligi;
soddaroq modellardan hamda soddaroq qat’iymas amallalardan foydalanish natijasida masala yechimining natijalarini tezroq topishi bilan farqlanadi.
Qat’iymas yechish usullari quyidagilarga asoslanadi:
sonli o`zgaruvchan yoki ularga qo`shimcha ravishda qat’iymas va lingvistik o`zgaruvchalardan foydalanish;
qat’iymas muloxazalar yordamida o`zgaruvchanlar orasidagi sodda munosabatlarni ifodalash;
qat’iymas algoritmlar yordamida murakkab munosabatlarni ifodalash.
Qat’iymas to`plamlarning klassik va aniq to`plamlardan asosiy farqi ularning [mansub bo`lishi – mansub bo`lmasligi] oraliqda mansublik daraja qiymatlarining to`plam tushunchasi bilan (ha, yo`q o`rniga) ish olib borishidan iborat.