Foydalanuvchidan kompyuter bilan muloqot qilish uchun kompyuter "tili" ni bilishi ham talab qilinadi. Kompyuter tushunadigan "til" dasturlash tili deb ataladi. Biror masalani kompyuterda yechish uchun, avvalo, uning algoritmi tuzilishi va bu algoritmni kompyuter tushunadigan ko‘rsatmalar va qonun-qoidalar asosida yozilishi kerak bo‘ladi. Bu yozuv dastur bajarishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatmalarning izchil tartibidan iborat ekan. Kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni dasturlash va dasturni tuzadigan kishi dasturchi deb ataladi.
Hozirgi kunda hisoblash, muhandis-texnik, iqtisodiy, matnli va sonli axborotlarni tahlil qilish va boshqa masalalarni yechish uchun yuqori darajadagi dasturlash tillari mavjud. Bular jumlasiga Beysik, Fortran, Paskal, Kobol, Delphi, Visual Basic, Assembler, Foxpro va boshqa tillarni kiritish mumkin.
Beysik dasturlash tili 1964 yili AQShning Dortmunt kolleji ilmiy xodimlari Jon Kemeni va Tomes Kurts tomonidan turli hisoblashlarga doir masalalarni kompyuter bilan muloqot holda hal qilishi uchun yaratildi. "Basic" so‘zi Beginners Allpyrpose sumbolic Instruction Code dan olingan bo‘lib, o‘zbek tilida "boshlovchilar uchun mo‘ljallangan ko‘p maqsadli, belgili ko‘rsatmalar tili" degan ma’noni bildiradi. Beysik dasturlash tili soddaligi va kompyuter xotirasiga qo‘yiladigan talablarning juda kamligi sababli bu dasturlash tili boshqa dasturlash tillari qatori butun dunyoda shaxsiy kompyuterlar uchun keng foydalanadigan til bo‘lib qoldi.

Fortran tili 1954 yilda ishlab chiqilgan. Fortran so‘zi inglizcha Formula translator so‘zidan olingan bo‘lib, formula tarjimonchisi degan ma’noni bildiradi. Fortran tili muhandislik va ilmiy texnik masalalarini yechishga mo‘ljallangan dasturlash tili hisoblanadi.