Nazorat savollari
1. Ma’lumot baza modeli nima?
2. Ierarxik (shajara) modeli ma’lumot va uning asosiy xarakteristikalari
3. Tarmoqli model ma’lumot va uning asosiy xarakteristikalari
4. PS moxiyat aloqa usulida tavsiflaganda qanday ishlar bajariladi
5-mavzu. Ma`lumotlarning rеlyatsion modеli.
REJA:
1. Ma’lumotlar bazasida munosobatlar.
2. Ma’lumotlarni tasvirlashda jadvallardan foydalanish.
3. Relyatsion ma’lumotlar bazasini asosiy tushunchalari.
4. Relyatsion algebra va uning amallari.
Tayanch iboralar: kortej, daraja, domen, relyatsion hisoblash.
Ma’lumotlarni relyatsion modeli asosida munosabat tushunchasi yotadi. Munosabatni 2 o‘lchamli jadvallar yordamida tavsiflash qulay. Jadval tushunarli ko‘rimli va inson uchun oddiy. Munosabatlar to‘plami ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatilishi mumkin. Shu bilan birga ular orasidagi bog‘lanishlarni modellashtirish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |