2.Temperament tipi, oliy nerv faoliyati tipi va temperament. I.P.Pavlovning ta’rificha: “Temperament har bir odamning ham, har bir ayrim hayvonning umumiy xarakteristikasidir, nerv sistemasining har bir individ butun faoliyatga muayyan qiyofa beruvchi asosiy xarakteristikasidir”.
I.P.Pavlovning nerv sistemasi turlari to`g`risidagi ta’limoti yoki shuning o`zi kabi oliy nerv faoliyatining turlari-temperamentlari tabiiy-ilmiy o`rganish tarixida chinakamiga keskin o`zgarish yasadi. Bu ta’limotni fiziologik ilmiy faoliyatning yakunlovchi bosqichida ifodalab bergan edi.
I.P.Pavlovning laboratoriyalarda bosh miya katta yarim sharlari qobig`ining individualligi bilan bog`liq bo`lgan nerv faoliyatidagi farqlari kashf etadi. Itlarda tajriba o`tkazildi. It xatti-haraktining o`ziga xosligi (masalan: ziyraqlik va sustlik, dadillik yoki qo`rqoqlik) asosiy nerv jarayonlarining ayrim xususiyatlari hayajonlanish va tormozlanishga qonuniy ravishda mos kelganligi kuzatiladi.
Ko`p yillik tadqiqotlar natijasida o`rganiladigan individual farqlar asosida quyidagi nerv sistemasining uchta asosiy xususiyatlarini nerv, sistemasining kuchi, qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlar o`rtasidagi muvozanatli hamda nerv jarayonlarining harakatchalik xususiyatlari aniqlangan.
3.Temperament xususiyatlari, temperament tiplari.
I.P.Pavlov oliy nerv faoliyatining ana shu uchta xususiyati asosida nerv sistemasining to`rtta tipi bo`linishi mufassal tavsiflab bergan. Olim kuchli va kuchsiz tiplarning bir-biridan farq qilishini asoslab berishga alohida e’tibor bergan.
Oliy nerv faoliyatining tiplari: nerv protsesslari (qo`zg`alish va tormozlanish)ning muayyan individ oliy nerv faoliyatini sifatlaydigan muhim va barqaror xususiyatlar yig`indisi. Bu xususiyatlarga nerv protsesslarining kuchi, muvozanatligi, harakatchanligi kiradi. Shu 3 ta xususiyatning ma’lum tartibda bir - biri bilan qo`shilishidan. Oliy nerv faoliyatining quyidagi to`rt asosiy tipi hosil bo`ladi:
1. Kuchli, muvozanatli harakatchan (chaqqon) tip.
2. Kuchli, muvozanatli, inert (osoyishta) tip:
3. Kuchli, muvozanatsiz, shiddatli tip.
4. Kuchsiz tip oliy nerv faoliyatining bu tipologiyasi hayvonlarga ham insonlarga ham xosdir.