Harakatning davomiyligi: –Mening xotinim bо‘lib, aroq ochishni bilmaysanmi? – dedi mingboshi, xoxolab kuldi. – О‘rgan! Mana qarab tur! – Shishaning tagiga yо‘g‘on shapalog‘i bilan ikki marta urdi, pо‘kak chachrab chiqib shiftga tegdi, sо‘ngra u yerdan sachrab tovchadagi katta jomga kelib tushdi, «jar-r-rang!»... etdi jom.
– Ha-ha-ha!.. – dedi mingboshi. Jomlaringni jaranglatdim, sintaloq! (CHо‘lpon).
О‘h-hо‘, bunaqa sigir bozorda falon pul bо‘lsa kerak.(S.Ahmad)
Ziyodni onasi betini bilaklariga bosadi. Ziyodni onasi iz-z-iz-z yig‘laydi. Ziyodni onasi yum-m-yum-m yig‘laydi. (T.Murod)
Yarim soatlik qonli «g‘ov-v-v-v, g‘u-v-v-v, ov-v-v-v-v, ov-v-v-v»dan sо‘ng Mallaxonning davangisi mag‘lub bо‘lib, faje’ bir suratda yaralandi. (A.Qodiriy)
Harakatning oniyligi: Mashina Chuqursoyga qayrilish о‘rniga yо‘lning о‘rtasida taqqa tо‘xtadi.
Ovoz kuchining balandligi: «Bummm» degan tovush eshitildiyu, kо‘kni chang tо‘zon qopladi.(Gazetadan)
Ovoz kuchining pastligi: Ammo shunchalik davru davronlar о‘tquzilg‘an va о‘tquzilmoqda bо‘lg‘an bо‘lsa ham bunchalik ochub–...tis-s-s! Yopig‘liq qozon-yopig‘liq... tuya kо‘rdingmi - yо‘q... (A.Qodiriy) Mashina bir-ikki pig‘-g‘-g‘ degan ovoz chiqardi-da butunlay о‘chib qoldi.
3.Sо‘zlarni notо‘g‘ri talaffuz qilish. Og‘zaki nutqda turli sabablarga kо‘ra ayrim sо‘zlar, asosan, о‘zlashma sо‘zlarni buzib talaffuz qilish holati mavjud. Bunday xato sо‘zlovchining о‘zlashgan sо‘z imlosini tо‘g‘ri tasavvur qilmasligi, boshqa millatga mansubligi, paronimlarni farqlamaslik natijasida yuzaga keladi, deb izohlash mumkin. Badiiy asarda bu usuldan qahramon nutqini individuallashtirish hamda ifodani og‘zaki - jonli nutqqa yaqinlashtirish maqsadida foydalaniladi. Ayrim о‘rinlarda kulgi qо‘zg‘atish maqsadida ham sо‘zlar atayin buzib talaffuz qilinadi va о‘sha tarzda yoziladi. Masalan: -Kotibadan, kirsam mumkinmi, deb sо‘rash kerak.
–Jinni bо‘ldingmi, Ne’mat?
–Men sizga Ne’mat emasman, о‘rtoq Babbayev bо‘laman, о‘rtoq Xajjayip.(S.Ahmad)
–Shayxantovur yarmankasiga rо‘za bо‘yi mol yoyg‘on juvonlar, kampirlar, qizlar, tumsalar faje bir qiyofa bilan «alvido, yo mohi ramazon», deb rо‘mol silkitadirlar.(A.Qodiriy)
–Xо‘p, bо‘pti. Uning oti Zulfiqor, fomilasi... –aytaveraymi, deb unga qaradi. (S.Ahmad)
Bо‘rixon begona uyga kirib qolgan odamdek qovushmay turardi. U ukalariga, singillariga nima deyishni bilmasdi. Tо‘g‘ri, nima deyishni bilardi. Ammo, til bilmasa nima qilsin? О‘ylab-о‘ylab, «Salyam!» dedi. Jigarlari kulishni ham, yig‘lashni ham bilmay hayron turib qolishdi. (S.Ahmad)
Rejissyor tag‘in yelkam qoqdi.
–Barra kalla, barra kalla! – dedi.
Rejissyor yelkam qoqa-qoqa meni mashina taraf jо‘natdi.
Men yо‘l-yо‘lakay raisimizdan sо‘radim:
–Rais bova, rejissyor nima deyapti?
–Barakalla deyapti, barakalla.(T.Murod)
AlliteratsiY.Badiiy nutqning ohandorligini va ta’sirchanligini ta’minlashda alliteratsiyaning о‘rni beqiyosdir. She’riy nutqda misralar, undagi sо‘zlar hamda bо‘g‘inlar boshida yoki oxirida bir xil undosh tovushlarning takror qо‘llanishiga alliteratsiya deyiladi. Tovushlar zamiridagi musiqiylikka asoslangan bu usul qadimdan Sharq she’riyatida keng qо‘llanilib kelingan. Kо‘hna badiiyatshunoslik(«ilmi bade’»)da alliteratsiya «tavzi’ san’ati» deb yuritilgan. Alliteratsiya deganda zabardast shoir Erkin Vohidovning mashhur «q» alliteratsiyali she’ri kо‘z oldimizga keladi: