Tayanch va tushunchalar



Yüklə 76,5 Kb.
səhifə3/3
tarix20.06.2023
ölçüsü76,5 Kb.
#133201
1   2   3
Badiiy matnning fonetik-fonologik xususiyatlari

Qaro qoshing, qalam qoshing,
Qiyiq qayrilma qoshing qiz,
Qilur qatlimga qasd qayrab –
Qilich qotil qaroshing, qiz.
Qafasda qalb qushin qiynab,
Qanot qoqmoqqa qо‘ymaysan.
Qarab qо‘ygil qiyo,
Qalbimni qizdirsin quyoshing qiz.
Bunday usulni shoir Elbek ijodida ham kuzatish mumkin:
Kо‘klamda kо‘karsa kо‘k kо‘katlar,
Kо‘klarga kо‘milsa katta-kattalar,
Kо‘m-kо‘k kо‘karib kо‘rinsa kо‘llar,
Kо‘ngilni kо‘tarsa kо‘rkli gullar.
Yoki, Abdulhamid Sulaymon CHо‘lponning mashhur «Xalq dengizdir» deb boshlanuvchi she’ri ham alliteratsiyaning gо‘zal namunalaridan hisoblanadi:
Xalq dengizdir, xalq tо‘lqindir, xalq kuchdir,
Xalq isyondir, xalq olovdir, xalq о‘chdir...
Nasrda bu tarzda jumla tuzish she’riyatdagidek badiiy effekt bermasligi mumkin. Shuning uchun nasrda kamdan-kam hollardagina kuzatish mumkin bо‘ladi. Bolalar folklorida alliteratsiyaga asoslangan tez aytish hamda aytishmachoq о‘yinlari bor. Tez aytishlar: Bir tup tut, tutning tagida bir tup turp. Tut turpni turtib turibdimi, turp tutni turtib turibdimi? Oq choynakka oq qopqoq, Kо‘k choynakka kо‘k qopqoq. Aytishmachoqda ishtirok etuvchi bolalardan aynan bir xil tovush bilan boshlanadigan gap tuzish talab qilinadi. Boshqa tovush bilan boshlanadigan sо‘z aralashtirib yuborgan ishtirokchi yutqazgan hisoblanadi va о‘yindan chiqadi. Masalan:
Ali: Bugun Bahodir boqqa bormay bobosinikiga bordimi, bozorga bordimi?
Vali: Bugun Bahodir bobosinikigayam bormadi, bozorgayam bormadi. Bahodir bolalar bilan birgalikda Bog‘dodga bordi.
Ali: Bahodirga Bog‘dodda balo bormikan?
Vali: Balo bormi bilmadimku, Bahodir Bag‘dodga bot-bot boradigan bо‘ldi.
Ali: Bir balosi bordirki bot-bot Bag‘dodga boradi. Bilmadingmi?
Vali: Bilmadim. Bolalardan birgina Bobur bilarkan.
Ali: Boburdan sо‘rab kо‘rchi.
Vali: Yutqazding!
Alliteratsiyadan xalq maqollaridagi intonatsion butunlikni ta’minlashda ham keng foydalanilganligini kuzatishimiz mumkin:
Suymaganga suykanma, suyganingdan ayrilma.
***
Tulkining tushiga tovuq kirar,
Tovuqning tushiga tariq kirar.
***
Tek turganga shayton tayoq tutqazar.
***
Xalq hukmi – haq hukmi.

Assonans. Badiiy nutqqa intonatsion butunlik, ohangdorlik va emotsional – ekspressivlik bag‘ishlash maqsadida qо‘llaniladigan fonetik usullardan biri assonansdir. Adabiyotlarda assonans aynan yoki yaqin unlilarning takrorlanib kelishidan hosil bо‘ladigan ohangdoshlik ekanligi bayon qilingan. Unlilarning takrorlanishi maqollarda kо‘p kuzatiladi:
Ovni otsang, bilib ot,
Dol nishonga qо‘yib ot.
***
Non qon bо‘lsa, qon – jon.
***
О‘zing о‘yda bо‘lsang ham, о‘ying uyingda bо‘lsin.
***
Bir tup tok eksang, bir tup tol ek.

Assonans qofiyadosh sо‘zlar tarkibida kelib, she’riy nutqqa kо‘tarinki ruh va о‘ziga xos musiqiylik baxsh etadi:

Ruhimda yо‘qoldi qarorim,
Tanimda qolmadi madorim.
Bizlarni bir yо‘qlab kelibsan,
Vafo qilarmisan, bahorim?!

Yoz о‘tdi, kuz о‘tdi, qish о‘tdi,


Boshlardan savdoli ish о‘tdi.
Yurakka izg‘irin - nish о‘tdi,
Vafo qilarmisan, bahorim?!

Yam-yashil qirlarni sog‘indim,


Chechakzor yerlarni sog‘indim,
U inja sirlarni sog‘indim,
Vafo qilarmisan, bahorim?!

Lolaning lablari xandadir,


Dog‘i ham tubida – andadir.
О‘xshashi ruh ila tandadir,
Vafo qilarmisan, bahorim?!

Intiqmiz dо‘st bilan, yor bilan,


She’r bilan, soz bilan – tor bilan.
Diydorlash bizningdek xor bilan,
Vafo qilarmisan, bahorim?! (A.Oripov)

GeminatsiY. Badiiy nutqda keng qо‘llaniladigan fonetik usullardan yana biri – geminatsiyadir. «Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati»da mazkur hodisa «qо‘sh undoshlik – ikki aynan bir xil undoshli holatning yuzaga kelishi» sifatida izohlanadi.5 «О‘zbek tili tarixiy fonetikasi» о‘quv qо‘llanmasida esa bu hodisa «qо‘shoqlanish» yoki «ikkilangan undosh» deb yuritiladi: «Qо‘shoqlanish – undoshlarning chо‘zilishi, ikkilanishi hodisasini fonetik о‘zgarishlar sirasida kо‘rib chiqish о‘ta shartlidir. Lekin bu hodisa faqat ikki unli orasidagi yakka undoshda sodir bо‘la olishi bilan fonetik о‘zgarishlarga о‘xshaydi. Qо‘shoqlanish, asosan, ikki unli orasida kelgan k, q, t, l tovushlarida va faqat 2, 7, 8, 9, 30, 50 sanoq sonlarini nomlashda sodir bо‘ladi. Bu sonorlarni bir undosh bilan ham, ikkilangan undosh bilan ham talaffuz etish mumkin bо‘lgan. Sanoq sonlar nomidagi bu xil qо‘shoqlanish sabablari haligacha ochilmagan. Lekin katta, latta, yakka, yalla, chakki, ukki kabi sо‘zlardagi ikkinchi t, l, k lar tarixan morfologik kо‘rsatkich bо‘lib, ulardagi qо‘shoqlanish singish (adaptatsiya) natijasidir degan fikr mavjud.»6 Adham Abdullayev esa «undoshlarni qavatlash» atamasini ishlatgan.7 Undoshlarni qavatlab qо‘llash orqali badiiy asarda qahramon ruhiyatidagi xursandlik va xafalik holatlari tugal tasvirlashga erishiladi. Masalan, Ayyorlikda uchchiga chiqqanman deb maqtansam yolg‘on emas (Oybek). Uni ayblashga sizning ma’naviy haqqingiz yо‘q, uka! - dedi g‘azab bilan (gazetadan). Keltirilgan misollardagi undashlarning qavatlanishi qahramonlar tabiatidagi subyektiv holatni ifodalashga xizmat qilgan. YA’ni, birinchi gapdagi qahramonning о‘z «ishi-hunaridan» mamnunligi, «anoyi» emasligini ta’kidlash istagi qavatlangan «ch» undoshi orqali yanada aniq ifodalangan. Ikkinchi gapdagi qahramonning qahr-g‘azabi esa «q» geminatasi bilan kо‘rsatib berilgan.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, undoshlarning qavat- lanishi alohida uslubiy vositadir. Duch kelgan tovushni qavatlab qо‘llab bо‘lmaganidek, sо‘zda turli sabablar bilan yonma-yon kelgan barcha undoshlar ham lingvopoetik jihatdan ahamiyatga ega bо‘lavermaydi. Masalan: – Ukaginam, bu kennoyingizga (kelin oyingizga – ellipsis) zagsda patta (sо‘z imlosida mavjud) kesilmagan. Birinchisidan tо‘qqizta (sо‘z imlosida mavjud) bola bor. Bechora giroy bо‘laman rosa tug‘di. Tо‘qqizinchisini tug‘diyu о‘zimizning tilda aytganda brakka (brak+ga/ka) chiqib qoldi. (S.Ahmad)


1 Қаранг: Кухаренко В.А. Интерпретация текста. –М: «Просвещание», 1988.

2 Қаранг:Абдуллаев А. Ўзбек тилида экспрессивликнинг ифодаланиши.-Т: «Фан», 1983.

3 Тоғай Мурод. Отамдан қолган далалар. Т., «Шарқ», 1994, 73-б.

4 Абдулла Қодирий. Тўла асарлар тўплами.1-жилд.-Т: «Фан», 1995

5 Ҳожиев А. Ўша асар. 143-б.

6 Неъматов Ҳ. Ўзбек тилининг тарихий фонетикаси. –Т; «Ўқитувчи», 1992, 86-б.

7 Абдуллаев А. Ўша асар. 18-б.

Yüklə 76,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin