Taym menejment haqida tushuncha



Yüklə 21,83 Kb.
səhifə2/5
tarix14.12.2023
ölçüsü21,83 Kb.
#179492
1   2   3   4   5
Taym menejment haqida tushuncha-fayllar.org

10/90 qoidasi Hayotida muvaffaqiyatga erishganlar ko‘p vaqtini rejalashtirishga
sarflaydi. Kunlik rejalashtirish samaradorlikni orttirish va vaqtdan unumli 
foydalanish uchun zarur. Esingizda bo‘lsin: to‘g‘ri rejalashtirish salbiy
ko‘rsatkichlarning oldini oladi. Eng yaxshisi, rejalarni qog‘ozga tushiring. Bu sizga 
yo‘ldan adashmaslik uchun o‘ziga xos xarita vazifasini o‘tab beradi.
Qo‘lingizdagi ro‘yxat bilan birinchi kundanoq samaradorlik 25 foizga oshadi. 
Ertangi qiladigan ishlaringiz ro‘yxatini bugun kechqurun tuzib qo‘ying. Ishga
kelganingizda, nimadan boshlashni bilasiz. Kun davomida ishni rejaga muvofiq 
olib boring: yangi ish chiqib qolsa, muhimligiga qarab rejaga kiritib qo‘yaverasiz.
Amalga oshgan vazifalarni albatta ro‘yxatdan o‘chirib tashlang. Bu sizga qoniqish 
hissini beradi, sizga kuch va g‘ayrat bag‘ishlaydi.


Rejani ishlarning mushkulidan osoniga, uzoq muddatlisidan qisqa muddatlisiga


qarab tuzing. Har bir vazifaga muayyan vaqt belgilang. 
Biror narsaga kirishishdan oldin 10/90 qoidasini yodda tuting: rejalashtirishga
sarflangan 10 foiz vaqt vazifani bajarishda 90 foiz vaqtni iqtisod qilishga yordam 
beradi.

Eng asosiysi – asosiyni belgilash Taym-menejmentning vazifasi o‘z vaqtida eng
asosiy ishni aniqlab olishdir. Ro‘yxatingizda eng muhim ish eng boshda, undan 
keyin ahamiyati kamroqlari tartib bilan kiritilgan bo‘lishi lozim.
Eng asosiy ishni belgilab olgandan keyin uni bajarish yoki bajarmaslikning oqibati 
qanday bo‘lishini baholang. O‘z vaqtida bajarilmagan muhim vazifa jiddiy
oqibatlarga sabab bo‘ladi. 
Ishlarni muhimligi jihatidan ro‘yxatga kiritishda ABVGD usuli yordam beradi: A
harfining ro‘parasiga eng muhim ishni yozasiz, Bning qarshisiga ahamiyati undan 
sal kamroq bo‘lganini va hokazo. D – muhimligi jihatidan eng oxirida turadigan
ish.


Yüklə 21,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin