Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini hisobga olish



Yüklə 194,89 Kb.
səhifə9/36
tarix14.12.2023
ölçüsü194,89 Kb.
#179309
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini

Birinchi variantda ko‘rinib turibdiki, shakarning tannarxi (1 kg uchun 4800) uning sof sotish qiymatidan (xarid qilish tannarxi) (1 kg uchun 3185) har 1 kg uchun 1615 so‘mga yuqori bo‘lgan. Biroq, bunda ushbu xom-ashyodan ishlab chiqariladigan mahsulotning tannarxi (1 kg uchun 5600so‘m) ushbu mahsulot sof sotish qiymatidan (1 kg uchun 6850so‘m) 1250 so‘mga past. Tegishli ravishda "Holva" ishlab chiqarish korxonasi shakar qiymatini arzonlashtirmaydi, ya’ni pasaytirmaydi, chunki undan ishlab chiqarilgan mahsulot o‘z joriy qiymati bo‘yicha sotiladi.
Ikkinchi variantda ko‘rinib turibdiki, shakarning tannarxi (1 kg uchun 4800 so‘m) uning sof sotish qiymati (xarid qilish tannarxi)dan (1 kg uchun 5300 so‘m) har 1 kg uchun 500 so‘mga yuqori. Shuning bilan birga, ushbu xom ashyodan ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxi (1 kg uchun 5600 so‘m) uning sof sotish qiymatidan (1 kg uchun 5300 so‘m) har 1 kg uchun 300 so‘mga ham yuqori. Albatta ushbu holatda, "Holva" ishlab chiqarish korxonasi shakarni uning sof sotish qiymatigacha (1 kg uchun 5300 so‘mgacha) arzonlashtirishni amalga oshiradi, ya’ni tovar-moddiy zaxiralarni sof sotish qiymatigacha arzonlashtirishdan ko‘rilgan zararga 135000 so‘m (450 kg x 300 so‘m) olib boriladi va bu buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi:
debet 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" schyoti 135000 so‘m;
kredit 1010"Xom-ashyo va materiallar"-"Shakar"analitikschyoti 135000so‘m.
Tovar-moddiy zaxiralarning sof sotish summasidan ushbu tovar-moddiy zaxiralar tannarxining oshishi summasi, ya’ni qayta baholash natijasida tovar-moddiy zaxiralarning arzonlashgan summasi qaysi hisobot davrida vujudga kelgan bo‘lsa, ushbu hisobot davrida xarajatlarga olib boriladi.
Har bir kelgusi davrda sof sotish qiymatining qayta baholanishi o‘tkazilishi mumkin. Iqtisodiy kon’yunkturaning o‘zgarishi natijasida, oldingi hisobot davrida qiymati pasaytirilgan korxonaning mulkiy tarkibida bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralarning sof sotish qiymati oshgan holatda, oldingi hisobdan chiqarilgan summa qayta tiklanadi (qayta tiklash faqatgina oldin hisobda chiqarilgan summa doirasida amalga oshiriladi) va buning natijasida, yuqorida ta’kidlab o‘tilgan BHMSning 51-bandida ko‘zda tutilgan tartibdagidek, tovar-moddiy zaxiralarning yangi balans qiymati ikkita miqdor - tannarx yoki qayta ko‘rib chiqilgan sof sotish qiymatidan eng pasti bo‘yicha qiymatga keltiriladi.

Yüklə 194,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin