Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini hisobga olish


Tayyor mahsulot (tovar)larning ombordagi va buxgalteriyadagi hisobi



Yüklə 194,89 Kb.
səhifə12/36
tarix14.12.2023
ölçüsü194,89 Kb.
#179309
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36
Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini

17.3.Tayyor mahsulot (tovar)larning ombordagi va buxgalteriyadagi hisobi.

Buxalteriya hisobida tayyor mahsulot va tovarlarning sintetik hisobi quyidagi hisobvaraqlarda yuritiladi:


2800 – “Tayyor mahsulotlarning hisobvaraqlari”:
2810 – “Ombordagi tayyor mahsulot”;
2820 – “Ko‘rgazmadagi tayyor mahsulot”;
2830 – “Komissiyaga tapshirilgan tayyor mahsulot”.
2900 – “Tovarlarning hisobvaraqlari”:
2920 – “Chakana savdodagi tovarlar”;
2930 – “Ko‘rgazmadagi tovarlar”;
2940 – “Ijara buyumlari”;
2950 – “Tovar osti idishlar va bo‘sh idishlar”;
2960 – “Komissiyaga topshirilgan tovarlar”;
2970 – “Yo‘ldagi tovarlar”;
2980 – “Savdo ustamasi”;
2990 – “Boshqa tovarlar”.
Omborga tayyor mahsulotlar quyidagi manbalardan kelib tushishi mumkin:

  • oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha xarid qilishdan;

  • muassislardan tashkilotning ustav kapitaliga ulush sifatida kelib tushishi;

  • muassislar tarkibidan chiqishda yoki tugatilayotgan tashkilotning mol-mulki uning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanayotganda ilgari boshqa tashkilotning ustav kapitaliga kiritilgan tashkilotning ta’sis ulushi qaytarilishidan kelib tushishi;

  • tekinga kelib tushishi (hadya shartnomasi bo‘yicha);

  • inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqishi;

  • tashkilotning o‘zida ishlab chiqarilishi.

Korxona tomonidan tayyor mahsulot hamda tovarlarning harakati va uning hisobini to‘g‘ri tashkil qilish xar bir ishlab chiqailadigan mahsulot va tovarlar turlari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkaziladi va mahsulotlar nomenklaturasidan foydalanish katta ahamiyatga ega. Nomenklaturani tuzish asosida tayyor mahsulotni turkumlash, ya’ni ushbu korxonada ishlab chiqariladigan bir mahsulot turini boshqa mahsulotdan ajratib turuvchi ma’lum belgilari asosida farqlarga ajratilib, xar bir mahsulotga maxsus kodlar biriktiriladi.
Nomyenklatura - lotincha (Nomenclatura) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, nomlarning ro‘yxati(perecheni). Misol: Biron bir sohada qo‘llaniladigan nomlarning ro‘yxati, terminlarning tizimi, kategoriyalar tushuniladi.
Nomenklatura ruyxatini tuzishda asos kilib quyidagi belgilar olinadi:

  • model, fason, artikul, marka va xokazo.

Har bir mahsulot turiga nomenklatura raqami biriktiriladi va u har xil sonlardan iborat bo‘ladi. Mahsulot nomenklaturasidan (ro‘yxatdan) korxonaning quyidagi xizmatlarida foydalaniladi:

  • dispetcherlik xizmat turi mahsulot ishlab chiqarish grafigining bajarilishini nazorat qiladi

  • sexlarda ishlab chiqarilgan mahsulotni assortimentlarga ajratishga, omborga tayyor mahsulotni topshirishda, yuk xatlarini yozish uchun foydalanadi;

  • korxonaning marketing bo‘limi, mahsulotni realizatsiya (jo‘natish) bo‘limi shartnomalarini bajarish imkoniyatlarini nazorat qilish uchun;

  • buxgalteriya - tayyor mahsulotning analitik hisobini yuritishda umumiy ma’lumotlar va hisobotlar tuzish uchun foydalaniladi.

Tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha to‘g‘ri klassifikatsiyalanishida birinchi darajali identifikatsiyalanadigan tovarlar ro‘yxati







Yüklə 194,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin