Tayyor mahsulotning meyoriy tannarxidan haqiqiy tannarxining oshishi hisobdan chiqariladi (2840-schyot debet saldosi-ortiqcha xarajat)
9110-"Sotilgan tayyor mahsulot tannarxi"
2840-"Hisob qiymati bo‘yicha tayyor mahsulot"
Tayyor mahsulotning meyoriy tannarxidan haqiqiy tannarxining oshishi hisobdan chiqariladi (2840-schyot kredit saldosi-iqtisod) storno yozuvi
9110-"Sotilgan tayyor mahsulot tannarxi"
2840-"Hisob qiymati bo‘yicha tayyor mahsulot"
2810 - "Ombordagi tayyor mahsulot" schyotidan tayyor mahsulotni hisobdan chiqarishda haqiqiy ishlab chiqarish tannarxining hisob narxida tafovut qiladigan tafovutlar summalari hisobot davri boshidagi tayyor mahsulot qoldiqlaridan tafovutlar bilan hisobot oyi mobaynida omborga kelib tushgan mahsulot bo‘yicha tafovutlarning hisob narxlari bo‘yicha mazkur mahsulot qiymatiga nisbatidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan foiz bo‘yicha aniqlanadi.
Misol. Firma hisobot davrida QQS 15000 ming so‘mni hisobga olgan holda, bir to‘plami uchun 115000 so‘mdan umumiy summasi 115000000 so‘m bo‘lgan 1000 chinni(farfor) idishlar to‘plami ishlab chiqardi va sotdi. Tayyor mahsulot hisobi rejali narxlar bo‘yicha yuritiladi. Bir to‘plamning rejali tannarxi - 70000 so‘m, haqiqiy tannarxi - 75000 so‘mni tashkil qildi.