Andijon viloyatining Asaka shahrida zamonaviy mashinasozlik sanoati obyektining vujudga kelishini misol keltirish kifoyadir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti l A Karimov 1992-yil iyun oyida Janubiy Koreya Respublikasiga qilgan rasmiy tashrifi chog'ida ikki davlat o‘rtasida o'zaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi dastlabki hujjatlarni imzoladi. Shu yilning avgust oyida esa Janubiy Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda 0‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchi qo'shma korxona barpo etish to‘g‘risida kelishib olindi.