4.Raqobat muhitini kuchaytirishning zarurligi va uning yo'nalishlari.Raqobat to'g'risidagi qonuning yangi tahriri qabul qilindi.
Normativ huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida ,,O'zbekiston Respublikasining ,,Raqobat to'g'risidagi'' qonunga yangi o'zgartirishlar vaqo'shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat bilan,,Raqobat to'g'risidagi'' qonunning yangi loyihasi yangi tahriri ham taqdim etilgan .
O'zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi O'zbekiston Respublikasida raqobatni himoya qilish va uni rivojlantirishga ko'maklashish sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli organ hisoblanadi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi o'z faoliyatini bevosita O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri oldida hisobdor hisoblanadi , o'z vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda amalga oshiradi.
Davlat organlari va O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki ularga ishonib topshirilgan tarmoqlar va hududlarda raqobat muhitini rivojlantirishga javobgardirlar. Monopoliyaga qarshi siyosat asosiy qoidalar (prinsiplarga) quyidagilar hisoblanadi:
Monopoliyalarning shakllanishi, bozor munosabatlarining evolyusiyasi. Mukammal bo‘lmagan raqobatning xususiyatlari. Erkin bozoming mukammal bo‘lmagan raqobat bilan bogdiqligi. Monopoliyalar o‘rtasidagi raqobat xususiyatlari.
“Maxsulot differensiatsiyasi” tushunchasining mohiyati. Tovarlar sifati va reklama ahamiyati. E. Chemberlin (“Monopolistik raqobat nazariyasi”) g‘oyalari. Baholanmaydigan omillar tushunchasi (savdo joyi, alohida savdo uslubi, insoniy omillar va boshqalar). J. Robinson (“Nomukammal raqobatning iqtisodiy nazariyasi”) g‘oyalari, monopoliyaga salbiy munosabat. Monopsoniya (xaridor monopoliyasi) tushunchasi. Samadorlik va adolat muammosi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi masalasi.
Raqobatni sub’ektlariga qarab asosan uchta guruhga bo‘lish mumkin.
1. Bozorda ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat ko‘rsatuvchilar orasidagi raqobat muhim hisoblanib, uni ham uch turga ya’ni, tarmoq ichidagi, tarmoqlararo va mintaqaviy raqobatga bo‘lish mumkin.
a) tarmoq ichidagi raqobat bu asosan bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchilar
o‘rtasidagi raqobat hisoblanib, u asosan tovarlar sifati, narxi, tovarning ko‘rinishi, korxona foydasi miqdori va xuddi shunday tovarlar ishlab chiqarayotgan boshqa ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga bog‘liqlikni taqozo etadi. Ishlab chiqaruvchilarga ichki va tashqi sharoitlarning har xil ta’siri tufayli ular bozorda turlicha ulushga ega bo`ladilar va turli mavqeni egallaydilar.
b) tarmoqlararo raqobatda turli tarmoqlar o‘rtasida raqobat mavjudligini
ko‘rish mumkin. Masalan bir hududga sarmoya kiritish niyatida bo‘lgan sarmoyador tarmoqlar o‘rtasida o‘zi uchun eng foyda keltiruvchan bo‘lgan tarmoqni tanlaydi.
Resurslar doimo foyda normasi ancha past bo`lgan tarmoqda yuqoriroq bo‘lgan tarmoqqa oqib o‘tadi. Shu asosda tarmoqlararo raqobat - tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida o‘z mablag‘larini eng foydali ishlab chiqarish sohasiga joylashtirish uchun kurash sodir bo‘ladi.
v) mintaqalararo raqobat davlatlar orasida yuzaga keladigan raqobat
ko‘rinishidir. Misol uchun, Yaponiyada avtomobil ishlab chiqarish harajatlari
AQSHga qaraganda kamroq bo‘lganligi munosabati bilan dunyo avtomobil
bozorlaridagi savdolarda mavjud raqobat natijasida yuzaga kelgan narxlar tizimi yapon avtomobil ishlab chiqaruvchilari uchun foydaliroqdir.
Shu sababli, avtomobil ishtiyoqmandlarining avtomobillarga bo‘lgan
ehtiyojining katta qismi Yaponiya avtomobillari hisobiga qondiriladi. Natijada ko‘proq chidamli bo‘lgan AQSH avtomobil ishlab chiqaruvchilari raqobat kurashida yutkazadilar.
2. Xaridorlar o‘rtasidagi raqobat raqobatning boshqa turlariga nisbatan
rivojlangan bozor xo‘jaligida kamroq ahamiyatga ega. Albatta, har bir sotuvchi uchun xaridorlarning tovar uchun ko‘proq haq to‘laydigani afzaldir. Lekin, ishlab chiqarish taklifi talab bilan muvozanatga kelgan vaziyatda xaridorlar o‘rtasidagi raqobat ikkinchi o‘ringa o‘tadi. Raqobatning keskinlashuvi biron bir tovarni taklif etishni ko‘paytirish uchun to‘siq paydo bo`lgan paytdagina yuzaga kelib, agar Tovar yetishmasligi paydo bo‘lsa, xaridorlar uni sotib olishda bir-birlaridan o‘zishga intilib,
sotuvchilarga balandroq narx taklif qiladilar. Sotuvchilar esa taqchil tovarni talab narxi bo‘yicha, ya’ni xaridori chiqsa, iloji boricha yuqori narx bo‘yicha sota boshlaydilar.
Xaridorlarning sotib olish imkoniyatlari bir xil bo‘lganligi sababli ko‘p haq
to‘lay oladigan kishi ushbu vaziyatda afzal ko‘riladi. Bunday raqobat natijasida barcha xaridorlar, har holda tovarni sotib oladigan, tovar yetarli miqdorda bo‘lgandagiga qaraganda ko‘proq haq to‘laydigan xaridorlar va hech narsa sotib ololmaydigan xaridorlar ozmi-ko‘pmi yutqazadilar, chunki ularning ehtiyojlari qondirilmaydi.
3. Sotuvchi bilan xaridor o‘rtasidagi raqobat - muvozanat narxlar
shakllanishi jarayonida sodir bo‘ladi. Dastlabki shakllangan narx bo‘yicha talab taklifdan yuqori bo‘lsa, narx oshib boradi. Bunday vaziyatda sotuvchilar bilan birgalikda harakat qilish xos bo‘lib, xaridorlar parokanda bo‘ladilar va ularning har biri taqchil molni sotib olishda boshqasidan o‘zishga intiladi. Bordi-yu, dastlabki narx vaziyatida taklif talabdan ortiq bo‘lsa, xaridorlar sotuvchilarni bir-birlari bilan o‘zaro raqobat qilishga va qolaversa narxni pasaytirishga majbur etadilar. Bundan
xaridorlar yutadilar, chunki ulardan har biri tovarni arzonroq narxda sotib olishga muvaffaq bo‘ladi.
Adam Smit shunday deydi: «Bir hil kasb egalari kam uchrashadilar, hatto ular quvonchli kunlarida yoki shunchaki dam olish uchun uchrashganlarida ham, biror bir uchrashuvlari yo‘qki, bu uchrashuvlar jamiyatga qarshi til biriktirish yoki narxnavoni qanday ko‘tarish yuzasidan biror bir kelishuv bilan yakunlanmasin».
Raqobat ijtimoiy nuqtai nazardan maqbul hodisa, lekin ayrim hollarda xo‘jalik sub’ektlariga bozor ishtirokchilari sonini cheklash yoki birgalikda narxlarni ko‘tarish bo‘yicha raqiblar bilan kelishishga ham yo‘l ochish mumkin.
Mustaqillik yillarida respublikada monopoliyadan chiqarish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishning huquqiy poydevori yaratildi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida monopoliyaga qarshi siyosat yuritish va
sog‘lom raqobatni shakllantirish yosh, mustaqil O‘zbekiston uchun yangilik bo‘lgan bo‘lsa-da, Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov tomonidan monopoliyaga qarshi siyosatni olib borishdagi oqilona yondashuv bu boradagi muvaffaqiyatlarning garovi bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.
Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda raqobatning roli
beqiyosdir. Shu bois davlatimiz tomonidan monopolistik faoliyatni cheklash va raqobatni huquqiy tartibga solish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Prezidentimiz 2010 yilning 12 noyabrida o‘tgan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlaganidek, «… bozor munosabatlarining asosi bo‘lgan raqobatni rivojlantirishda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari katta rol o‘ynaydi.
Ammo, amaldagi «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi Qonun bugungi kunda eskirdi va zamon talablariga javob bermay qoldi. Shuni e’tiborga olgan holda, «Raqobat to‘g‘risida»gi yangi qonunni ishlab chiqishimiz va qabul qilishimiz zarur». Bugungi kunda raqobat muhitini yaratish uchun erkin raqobatni himoya qilish va monopoliyani cheklashga qaratilgan bir qator huquqiy me’yoriy aktlar tizimini yaratish eng muhim masalaga aylandi. Yagona
iqtisodiy kenglik tovar, xizmat va moliyaviy vositalarining erkin ko‘chishi, erkin iqtisodiy faoliyat va raqobatning kafolati konstitutsiyamizda belgilab berilgan.
Konstitusiyamizning 53-moddasida «Bozor munosabatlarini rivojlantirishga
qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat,
tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi, deb mustahkamlab qo‘yilgan.
Mamlakatimizda monopolistik faoliyat va g‘irrom raqobat faoliyatini cheklash bilan bog‘liq 2 ta qonun qabul qilingan. Xususan, 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risidagi hamda «Tabiiy monopoliya to‘g‘risida» gi qonunlar asosida tartibga solinadi.
Erkin raqobatni mustahkamlash va monopoliya hukmronligini cheklashga
qaratilgan huquqiy me’yorlar O`zbekiston Respublikasida qabul qilingan qonunlarda o`z aksini topgan. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, 1999 yil 19 avgustdagi «Tabiiy monopoliya to‘g‘risida»gi qonun, 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun, 1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan «Reklama to‘g‘risidagi» qonunlar shular jumlasidandir.
Tovar va xizmatlar bozorida raqobat va monopolistik faoliyatni nazorat qiluvchi huquqiy me’yoriy aktlar tizimiga O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining alohida normalari ham kiradi. Fuqarolik kodeksiga asosan fuqarolik huquqlari raqobatni cheklash uchun qo‘llanishga yo‘l qo‘ymaydi.