Pedagogik innovatsiyalar instituti Ta’lim texnologiyalari, o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish bo‘limi bosh mutaxassisi
_______________
Yuqori Chirchiq tuman kasb-hunar maktabi direktori
_______________
Yuqori Chirchiq tuman kasb-hunar maktabi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
_______________
Yuqori Chirchiq tuman kasb-hunar maktabi bosh ustasi
Taqrizchilar:
Ismatov J
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti «Energiya mashinasozligi va kasb ta’limi» dotsenti t.f.n.
Musabekov Z
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti «Energiya mashinasozligi va kasb ta’limi» dotsenti,
1. O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
Ishlab chiqarish amaliyoti
Ajratilgan soat
180
O‘qituvchining mashg‘ulotida qatnashib o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan mavzular soni
24
Dasturning maqsadi
Amaliyotni o‘tash kasb-hunar maktabi bilan avtokorxona va birlashmalar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq avtokorxonalarda o‘tkaziladi. Amaliyotning maqsadi:
-“Avtomobillar dvigateliga servis xizmat ko‘rsatish va tamirlash” kasbining nazariy va amaliy fanlarini o‘qib tugatilgach uni amaliyot orqali mustahkamlash va korxonalardagi ish uslubi hamda tajribalarni o‘rganishdan iborat;
-Amaliyotni o‘tish davrida talabalar avtokorxonaning bo‘limlari bilan tanishadilar.
Tasarruf xizmati ishini chuqurroq o‘rganadilar. Xarakat xavfsizligi va texnika xavfsizligi bo‘limlari ishini o‘rganadilar. Amaliyotning vazifasi:
Talabalar avtokorxonada bajargan ishlarini o‘z kundalik daftariga qayd qilib boradilar. Amaliyot davrida o‘rgangan bilimlari va ishlarini xisobot tariqasida yozib amaliyot so‘ngida kollejga toshiradilar. Amaliyot xisobotini talaba, kollejdan amaliyot rahbari, avtokorxonadan amaliyot rahbari o‘z familiya va imzosi bilan tasdiqlaydilar va avtokorxona muxri qo‘yiladi. Amaliyot hisobotini kollejdagi amaliyot rahbari qabul qiladi va kollej arxiviga topshiradi.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
-dvigatel, agregat va mexanizmlarga tashhis qo‘yish;
-dvigatel, agregat va mexanizmlarga servis xizmat ko‘rsatish;
-dvigatel, agregat va mexanizmlarni joriy ta’mirlash;
-yengil avtomobillarga servis xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi;