Dastur nomi
|
Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari
|
Аjratilgan soat
|
120
|
|
10
|
Dasturning maqsadi
|
O‘quvchilarda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lishi, hisobotlarni xalqaro standartlar bo‘yicha tuzish qoidalari haqida ko‘nikmalarini shakllantirish.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari faniga kirish.
Moliyaviy hisobotning kontseptual asoslarini o‘rganish.
Xalqaro standartlar asosida adolatli (haqqoniy) baxolash.
Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlariga muvofiq nomoliyaviy aktivlar hisobini o‘rganish.
Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlari talablariga muvofiq nomoliyaviy majburiyatlar hisobini o‘rganish.
Xalqaro standartlarga muvofiq moliyaviy aktivlar, moliyaviy majburiyatlar va hissali instrumentlarga foizlar hisoblash.
Moliyaviy hisobotni konsolidatsiyalashga doir standartlar asosida konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim qilish.
|
Bilimlar
|
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lish;
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosiy mazmuni va uning buxgalterlarni tayyorlash tizimidagi o‘rnini bilish;
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarining umumiy masalalarini bilish;
moliyaviy hisobot transformatsiyasi haqidagi ma’lumotlarni o‘zlashtirish;
moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlari talablariga muvofiq korxona aktivlarini hisobga olish;
moliyaviy hisobotlar xalqaro talablariga muvofiq xaridorlar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha daromadlarni hisobga olish;
moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlari talablariga muvofiq hisobotlar shaklini o‘zgartirish.
|
Ko‘nikmalar
|
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha umumiy masalalar haqida tasavvurga ega bo‘lish;
tushumlarni hisobga oluvchi standartlarni tavsiflash;
nomoliyaviy aktivlarni hisobga oluvchi standartlarni tavsiflash;
baholashni hisobga oluvchi standartlarni tavsiflash;
nomoliyaviy majburiyatlarni hisobga oluvchi standartlarning tavsifini bilish va ulardan foydalana olish;
moliyaviy hisobot transformatsiyasini amalga oshirish.
|
|