Dastur nomi
|
Soliqlar va soliqqa tortish
|
Ajratilgan soat
|
60
|
O’qituvchining mashg’ulotida qatnashib o’zlashtirilishi lozim bo’lgan mavzular soni
|
13
|
Dasturning maqsadi
|
Fanni o’qitishning maqsadi o’quvchilarni O’zbekiston Respublikasining soliq tizimi bilan yaqindan tanishtirib, ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, fan bo’yicha nazariy va amaliy bilim qo’nikmalarini hosil qilishga qaratilgandir.
|
O’zlashtirish (o’qitish) natijalari
|
- soliqlarning asosiy elementlari va soliqqa tortish usullari.
- yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini hisoblash va byudjetga to’lash tartibi.
- jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini hisoblash va byudjetga to’lash tartibi.
- qo’shilgan qiymat solig’ini byudjetga to’lash va hisob-kitoblarni taqdim etish.
- aksiz solig’ini hisoblash va byudjetga to’lash muddatlari.
- jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig’i, uni hisoblash hamda byudjetga undirish muddatlari.
|
Bilimlar
|
- Huquqiy va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish prinsiplari, uslublari;
- Soliq strategiyasi va soliq mexanizmini;
- Soliq xizmatini tashkil etish asoslari;
- Yuridik shaxslarni soliqlari va soliqqa tortish;
- Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;
- Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yalpi tushumiga soliqni hisoblash;
- Qo’shilgan qiymat soligini hisoblash;
- Aksiz solig’ini hisoblash va byudjetga to’lash tartibi;
- Yer osti va suv resurslaridan foydalanganlik solg’i;
- Mikrofirma va kichik korxonalarini soliqqa tortish;
- Jismoniy shaxslarni soliqlari va soliqqa tortish;
- Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i, maxalliy soliqlar va yig’imlarni bilish.
|
Ko’nikmalar
|
- Huquqiy va jismoniy shaxslardan olinadigan majburiy to’lovlarni hisoblash va to’lahs ishlarini tashkil etish;
- Soliq hujjatlarini rasmiylashtirish;
- Soliq bo’yicha buxgalteriya hisobi va hisobotlarini yuritish;
- Soliq tushuvlarini rejalashtirish, tahlil qilish;
- Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yalpi tushumiga soliqni hisoblash;
- Qo’shilgan qiymat, aksiz soliqlarini hisoblash va byudjetga to’lash tartibi;
- Yer osti va suv resurslaridan foydalanganlik solig’i;
- Kichik va o’rta biznes sub’ektlarini soliqqa tortish;
- Jismoniy shaxslardan undiriladigan umumdavlat soliqlari va ularni soliqqa tortish;
- Jismoniy shaxslardan olinadigan maxalliy soliqlar va yig’imlar.
|
|