|
|
səhifə | 97/171 | tarix | 16.12.2023 | ölçüsü | 2,4 Mb. | | #183255 |
| 50410101- Buxgalteriya hisobi va audit (4)
Bilimlar
|
xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning hisob ishlarini tashkil etish va yuritishning nazariy hamda huquqiy asoslarini bilish;
korxonaning hisob siyosatini tuza olish;
xo‘jalikning barcha muomalalariga schyotlar korrespondentsiyasini tuzishni bilish;
buxgalteriya hisobi ishlarini yuritish va hujjatlashtirishni bilish;
buxgalteriya hisoboti shakllari va ularni tuzish qoidalarini bilish;
pul mablag‘lari hisobini yuritish va rasmiylashtirishni bilish;
ishlab chiqarish zaxiralari hisobini yuritish;
asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobini yuritishni bilish;
mehnatga haq to‘lashni hisobga olish va hujjatlashtirishni bilish;
xarajatlar hisobini yuritish;
tayor mahsulot va uni sotish hisobiga doir muomalalarni hisobga olish hamda hujjatlashtirishni bilish;
korxona fondlarini hisobga olinishi bilish;
xo‘jalikning faoliyat turlaridan oladigan foyda(zarar)sini hisobga olish hamda moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot tuzishni bilish;
buxgalteriya hisobotini tuzish va topshirish tartibini bilish;
xo‘jalik sub’yektlarida (tarmoqlar bo‘yicha) xarajatlarni hisobga olish, mahsulot tannarxini aniqlash hamda muomalalarni hujjatlashtirishni bilish.
|
Ko’nikmalar
|
buxgalteriya hisobining ishlarini tashkil etishning huquqiy me’yoriy asoslarini qo‘llash;
xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning aktivlarini hisobga olish va hujjatlashtirishni o‘rganish;
xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning kapital va majburiyatlarini hisobga olish va hujjatlarda aks ettirish;
xo‘jalik jarayonlarini hisobga olish va hujjatlashtira olish;
buxgalteriya hisoboti shakllarini tuza olish va tegishli organlarga taqdim eta olish;
qishloq xo‘jaligi korxonalarining buxgalteriya hisobini yuritish;
kichik korxonalar va mikrofirmalarning xo‘jalik hisobini yuritish.
|
|
Dostları ilə paylaş: |
|
|