Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/61
tarix10.11.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#68317
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61
Davlat-va-huquq-asoslari-oqituvchilari-uchun-metodik-tavsiyanoma

37. 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
“Korrupsiyaga 
qarshi 
kurashish to‘g‘risida”gi qonunnining mazmun-mohiyati haqida: 
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish 
to‘g‘risida”gi qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yilning 24 noyabrida qabul 
qilingan; 
Senat tomonidan 2016 yilning 13 dekabrida ma'qullangan;
2017 yilning 3 yanvar kuni Prezident tomnidan imzolandi;
2017 yilning 4 yanvar kuni matbuotda e'lon qilindi va kuchga k irdi.
Ushbu 
Qonunning 
maqsadi 
korrupsiyaga 
qarshi 
kurashish 
sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonun 6 ta bob, 34 ta moddadan iborat bo‘lib, qonunda “korrupsiya”, 
“korrupsiyaga oid huquqbuzarlik”, “manfaatlar to‘qnashuvi” kabi asosiy 
tushunchalarga 
izoh 
berilgan. 
Shuningdek, 
korrupsiyaga 
qarshi 
kurashishning asosiy prinsiplari keltirib o‘tilgan.
Korrupsiya- shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqyeidan 
shaxsiy manfaatlarini yohud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab 
moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga hilof ravishda 
foydalanishi, huddi shuningdek bunday nafni qonunga hilof ravishda 
taqdim etish; 
Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik - korrupsiya alomatlariga ega 
bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
qilmish; 
Manfaatlar to‘qnashuvi- shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) 
manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlari lozim 
darajada bajarishga ta'sir ko‘rsatayotgan yoxud ta'sir ko‘rsatishi mumkin 
bo‘lgan 
hamda 
shaxsiy 
manfaatdorlik 
bilan 
fuqarolarning, 
tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy 
manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 
vaziyat. 
Korrupsiyaga 
qarshi 
kurashishning 
asosiy 
prinsiplari 
quyidagilardan iborat: 


25 
qonuniylik
 fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining 
ustuvorligi; 
ochiqlik va shaffoflik
 tizimlilik; 
davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;
 korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi; 
 javobgarlikning muqarrarligi. 
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy 
yo‘nalishlari:
 
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, 
jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
 
davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning 
oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek 
qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart -
sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir 
etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta'minlash.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin