11
Huquqiy davlat va
fuqarolik jamiyati turli-tuman, biroq bir-biriga yaqin
vazifalarni hal etadi. Agar huquqiy davlat o‘zining qonun hujjatlarida shaxsning
huquqlarini mustahkamlasa, fuqarolik jamiyati unga yuqori ijtimoiy holatni
kafolatlaydi. Mazkur holat (status) shaxs hayoti va faoliyatining
turli tomonlariga
urg‘u beradi va bir-birini to‘ldiradi. Ijtimoiy holat moddiy, tashkiliy-texnik
imkoniyati, shuningdek, har bir jamiyat uchun xos sinfiy-guruhiy,
milliy-etnik,
ijtimoiy aloqalar va munosabatlarni ifodalaydi. Mazkur imkoniyat va imtiyozlarga
jamiyat o‘z a'zolarini ega qiladi. Jamiyatda bunday imkoniyat va imtiyozlar
qanchalik ko‘p bo‘lsa, ulardan fuqarolar shunchalik to‘laroq foydalanishi mumkin.
Ular huquqiy holat mazmunini tashkil etuvchi imkoniyatlarni mustahkamlaydi.
Ularsiz imkoniyatlarni amalga oshirib bo‘lmaydi.
Davlat va jamiyat tomonidan qo‘llanadigan mas'uliyatlar institutlarining
o‘zaro aloqadorligi shunga o‘xshashdir. Huquqiy tartibni buzuvchi shaxslarni
davlat yuridik javobgarlikka tortadi, nohuquqiy tartibbuzarliklarga
esa ijtimoiy-
ahloqiy ta'sir choralari qo‘llanadi. Bunda javobgarlikning mazkur institutlari o‘zaro
muvofiqlikda bo‘ladi va bir-birini to‘ldiradi.
Dostları ilə paylaş: