nutq mashg‘ulotlarda rivojlantirish usullari Bola ulgʻayar ekan, unda soʻzlashishga ehtiyoj paydo boʻla boshlaydi, - deydi Farahnoz Begmurodova. - Dastlab atrofdagilarini taniydi, eshitgan soʻz va jumlalarini asta-sekinlik bilan oʻzlashtiradi. Tilga kirgach esa uning soʻz boyligi jadal oʻsadi. Oddiy soʻzlar, keyinchalik sodda gaplardan va toʻliq, yoyiq gaplardan foydalanadi. Dialogik nutq oilada, ota-ona, aka-opalar davrasida vujudga keladi. Oʻziga kerakli narsani soʻrash uchun harakat qiladi, muloqotga kirishadi. Maktabgcha yoshdagi bolalarning nutqini o‘stirishda oldindan tayyorlangan mavzularda suhbatlar, teatrlashtirish usullari, sahnalashtirish o‘yinlari, savol-javoblar juda foyda beradi.
Ta’kidlash joizki, bola uchun katta yoshli odam savollarga javob topishning yagona vositasi, qiziqarli taassurotlar manbai hisoblanadi. Bola kattalar bilan dialogga kirishishga, narsalar va oʻyinchoqlarga egalik qilishga intilarkan, u ushbu maqsadlarga erishish uchun soʻzdan foydalanishga ehtiyoj sezadi, bа’zida oʻzi tashabbus koʻrsatib, fikr bildiradi. Katta yoshli odam bola bilan dialogga kirishish jarayonida bolaning bir soʻzli fikrlarini grammatik jihatdan toʻliq shakllantirilgan soʻzlarga aylantirish orqali uning kamchiliklarini tuzatadi. Bola o‘rganganlarini faol oʻzlashtiradi va undan oʻz nutqida foydalanadi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda uning ota-onasi, aka-opalari va tarbiyachilarining hissasi katta. Bolaning nutqini shakllantirishning tayyorgarlik bosqichi 3 oyligida, u g'o'ng'illaganda va keyin g'o'ng'irlaganda boshlanadi. Ota-onalar bilan hissiy muloqotga bo'lgan bu ovozli javoblar allaqachon chaqaloqning eshitishlari tomonidan nazorat qilinadi va ular yo'qligida kattalar ehtiyot bo'lishlari va mutaxassislar bilan maslahatlashishlari kerak.
Yilga kelib, uzluksiz talaffuz qilinadigan bo'g'inlar va 10 ga yaqin oddiy so'zlar paydo bo'ladi. Ota-onalar uchun ham, maktabgacha ta'lim muassasalari o'qituvchilari uchun ham muallif so'zni uch bosqichda o'rganishni taklif qiladi:
so'zning ma'nosini aniqlashtirish;
ob'ektni idrok etishda uni o'zboshimchalik bilan takrorlash;
so'zdan foydalanish - savollar yordamida
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish ko'p jihatdan quyidagilarning to'g'ri hal etish bilan bog'liq:
- nutqni rivojlantirishga doir didaktik materiallar tarkibiga ota-onalar, tarbiyachining ma'lum maqsadga qaratilgan nutqi, bolalarga o'qib yoki aytib beriladigan ertak, she'r, qo'shiqlar, hikoyalar muntazam kiritilishi;
- ta'limning didaktik materiallarni foydalanadigan tarzda zamonaviy tashkil etilishi;
- ta'limiy o'yinlarda bolalarning faol nutqiy muloqotda bo'lishini ta'minlash.
Bugungi kunda maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi bolalarning nutq
qobiliyatini shakllantirishda quyidagi qiyinchiliklarga duch kelmoqda:
- har bir bolaning individual qobiliyatlarini aniqlash va mos ravishda rivojlantirish;
- hamkorlikka asoslangan ta'lim munosabatlarida bolani faollashtirish;
- nutqiy qobiliyati yashirin bolalar bilan olib boriladigan alohida o'yinli vaziyatlar yaratish.
Shunday qilib, an'anaviy ravishda badiiy asarlarni o'qib berishdan ko'ra innovatsion shaklda badiiy asar bilan tanishtirishning amaliy afzalliklarini tasniflaymiz.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun an'anaviy ta'limiy faoliyat tarbiyachining hikoya qilib berishi, o'qib berishi va takrorlatgan holda yod oldirishini tan oladi. Ammo tajriba shuni ko'rsatadiki, bolalar tarbiyachining hikoyasini kichik o'zgarishlar bilan takrorlaydilar, hikoyalar kambag'al so'zlar Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning tevarak-atrofni o‘rganishda nutqini rivojlantirish uchun nazarda tutish lozim bo‘lgan so‘zlarni mavzu jihatidan guruhlarga quyidagicha bo‘lish mumkin:
ota-onalar, qarindosh-urug’lar, tengdoshlar bilan bog’liq so‘zlar;
maishiy predmetlar, o‘yinchoqlarni anglatadigan so‘zlar;
bola yashab turgan joydagi predmetlar va boshqa narsalarni anglatadigan so‘zlar;
hovli, ko‘cha, xiyobon, bog’, tomorqadagi narsa-predmetlarni anglatadigan so‘zlar;
hayvonot olami, qushlar, sudralib yuruvchilar, hasharotlarni anglatadigan so‘zlar;
jonsiz tabiat ob’ektlarini anglatadigan so‘zlar;
inson kasb faoliyatining har xil turlari (kasbi, ixtisosi, ish turlari va hokazo)ni anglatadigan so‘zlar;
buyumlar, moslamalar, asbob-uskunalar, mashinalar, materiallar va hokazolarni anglatuvchi so‘zlar;
pedagogika, psixologiya, sotsiologiya, tarix (axloq, ma’naviyat, qadriyat) kabilar bilan bog’liq so‘zlar;
ijtimoiy-siyosiy hodisalar bilan bog’liq bo‘lgan so‘zlar.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida maktabgacha katta yoshdagi bolalar ayrim so‘zlarni o‘rganish bilan bir qatorda, iboralarni (osmonda yarim oy, oyoq yalang) ham talaffuz qilishni o‘rganishlari ularning bog’lanishli nutqini o‘stirishga samarali ta’sir ko‘rsatar ekan.
Ma’lumki, maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish faoliyatning har xil turlarida amalga oshiriladi:
tabiat ob’ektlari bilan tanishtirish mashg’ulotlarida;
badiiy asarlar bilan tanishtirish mashg’ulotlarida;
savod o‘rgatishda;
o‘yin faoliyatida;
ijtimoiy foydali mehnat jarayonida turli ishlarning bajarilishida. vositasida talqin qilinadi xolos. Shuning uchun, hikoyani o'qib berish jarayni nihoyasiga yetgach, bolalardan qayta hikoya qilib berish emas, shu hikoya asosidagi aralash kartinkalarni magnitli doskaga o'z o'rniga ko'ra terib chiqishini talab etadigan "Rasmlarning o'rnini top" o'yini bolalarni faol nutqiy vaziyatga undaydi. Ular voqealar ketma-ketligiga ko'ra rasmlarni izlab topish jarayonida nafaqat nutqi balki, diqqati, kuzatuvchanligi, mantiqiy fikrlashi rivojlanadi. O'zlari hosil qilayotgan hikoya kompozitsiyasini kuzatish tarbiyalanuvchilarni faollashtiradi va yangi so'zlar bilan tasvirlashga urinadi. Ushbu faoliyat bolalarni zerikishdan himoya qiladi, butun guruhni qayta hikoya qildirishga imkon bo'lmagan taqdirda, bu usul vositasida barcha bolalar ish jarayoniga jalb etiladi. Ayniqsa tarbiyachi asosiy ijrochi rolidan kuzatuvchi darajasiga statusini o'zgartirishi bolalarga erkinlik beradi. Pedagogning ijrochi-bolalar xatti-harakatlarini rag'batlantirishi esa nutqiy faollikka yo'l ochadi.
Shu kabi innovatsion texnologiyalarni tanlashda quyidagi talablarga e'tibor qaratish kerak:
- texnologiyani o'qib berish emas, balki bolalarning muloqot qobiliyatini rivojlantirishga, nutq madaniyatini tarbiyalashga yo'naltirish;
- har bir bola uchun uning yoshi va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda har xil faoliyat turlarida faol nutq amaliyotini tashkil etish.
Agarda o‘qilayotgan asar matnida sifatdosh uchrasa, bolalarning uni hikoya qilib berishida mazkur sifatdoshni u taalluqli bo‘lgan otlar bilan birgalikda qo‘llashlariga, tarbiyachi savol berganida esa ushbu sifatdosh hosil bo‘lgan fe’l nomini ayta olishlariga e’tibor berish juda muhimdir. Maktabgacha yoshdagi katta bolalarga mustaqil hikoya-tavsiflar (o‘yinlar, narsalar bo‘yicha) yoki syujetli suratlar turkumi asosida hikoyalar tuzishni o‘rgatish maqsadida nutqni rivojlantirishga doir maxsus ishlarni o‘tkazishda tarbiyachi bolalarning o‘zlariga ma’lum bo‘lgan barcha grammatik shakllarni qo‘llashlariga erishishi lozim: otlarning kelishik shakli va sifatlar, sifatlar to‘liq va qisqa shaklda, sifatlarni taqqoslash darajalari (yuqori, baland, eng baland); fe’llarning tuslanadigan shakllari; eng keng tarqalgan ravishlar (o‘ngga, chapga, oldinga, orqaga, bu yerda, anavi yerda, yuqorida, pastda, yaxshi,tez), hozirgi zamon haqiqiy sifatdoshlari; old ko‘makchilar va bog’lovchilar. Bolalar nutqining sintaktik qatorini rivojlantirar ekan, tarbiyachi bolalarning oddiy gaplarni, bir xil a’zoli, oborotli gaplarni, qo‘shma gaplarni to‘g’ri tuzishlariga e’tiborni qaratishi lozim. Faqat yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha grammatik shakllarni o‘zlashtirgan taqdirdagina bola maktabda o‘qishga yaxshi tayyorlangan bo‘ladi.
2.2