Tayyorlovchi va kesuvchi kon lahimlarning hajmini rejalash hamda hisoblash



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə1/2
tarix09.10.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#153293
  1   2

5 AMALIY ISH


TAYYORLOVCHI VA KESUVCHI KON LAHIMLARNING HAJMINI REJALASH HAMDA HISOBLASH
TAYYORLOVCHI VA KESUVCHI KON LAHIMLARNING HAJMI


Tayyorlash ishlari hajmini harakterlash uchun tayyorlash ishlari hajmini solishtirma ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Bu ko‘rsatkich foizlar bilan ifodalanib, tayyorlovchi lahimlar hajmini, qavatdagi yoki blokdagi ruda hajmiga nisbati bilan belgilanadi. Bu ko‘rsatkich qo‘llanilayotgan qazib olish tizimiga, konni kon-geologik sharoitiga bog‘liq holda tayyorlash ishlarining solishtirma hajmiga ko‘ra 2÷15 % gacha o‘zgarishi mumkin. Ko‘pincha tayyorlash ishlarining solishtirma hajmi tayyorlovchi lahimlarni ruda tanasidan o‘tkazganda undan chiqqan yo‘ldosh ruda hajmini, blokdan ajratib olinadigan ruda zaxirasiga nisbati bilan belgilanadi.
Tayyorlash ishlari hajmi, o‘tilib tayyorlangan lahimlarning uzunlik o‘lchamini (pagon metrda ifodalangan) 1000 t rudaga to‘g‘ri keladigan qazib olishga tayyor ruda zaxirasi bilan xarakterlanadi. Tayyorlovchi lahimlar deb, odatda shaxta maydonini alohida qazib olinadigan uchastkalarga bo‘lib, ularda kesuvchi lahimlar o‘tkazib, foydali qazilmani qazib olishga sharoit vujudga keltiruvchi lahimlarga aytiladi.
Tayyorlovchi lahimlar qatoriga: yuk tashiladigan lahimlar va asosiy gorizontdagi ortlar, shamollatuvchi shtreklar, bremsberglar, uklonlar, kishilar harakatlanadigan yo‘lagi, pastki gorizontga tushadigan qiya lahimlar, blokga ajratuvchi yuqorilovchi lahimlar kiradi. Bu lahimlar tog‘ jinslari massasini transport vositalarida tashishga, materiallar, uskuna-dastgohlarni yetkazib berishga, yer osti lahimlarini shamollatishga va kishilarni harakatlanishiga xizmat qiladi.
Kon-texnik sharoitga bog‘liq holda, tayyorlovchi lahimlarni vazifasiga ko‘ra gorizontal, qiya, ruda tanasi bo‘yicha yoki rudasiz jinslardan o‘tkazilishi mumkin. Agar bunday tayyorlovchi lahimlar ruda tanasi tashqarisidan rudasiz jinslardan o‘tkazilgan bo‘lsa bunday lahimlarni jinslardagi lahim deyiladi.
Tayyorlovchi lahimlarni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarga tayyorlovchi ishlar deyiladi.
Bloklar, panellar chegarasi ichida o‘tkazilib, qazib olish frontini yaratish uchun xizmat qiladigan lahimlarga kesuvchi lahimlar deyiladi.
Kesuvchi lahimlarga ta’luqli lahimlar: bloklarni alohida qavat osti bloklariga ajratuvchi lahimlar, kameralar yoki qatlamda-qavat osti burg‘ilash shtrek va ortlar. Kesib katta tirqish (shel) ochishi va kompensatsion bo‘shliq hosil qilish uchun o‘tilgan lahimlarga kesuvchi yuqorilovchi lahimlar, rudani tagidan ochilgan shtreklar va ortlar kiradi.
Kesuvchi lahimlar ham gorizontal, qiya va tik joylashishi mumkin. Bu lahimlardan skvajina va shpurlarni burg‘ilash, rudani yetkazib berish va blokdan tushirish, va rudani qazib olish natijasida hosil bo‘lgan bo‘shliqlarni to‘ldirish uchun materiallar keltirish, blokni shamollatish va kishilarni harakatlanish uchun xizmat qiladi. Barcha tayyorlovchi va kesuvchi lahimlarning umumiy hajmi yoki uzunligini, qazib olinadigan ruda zaxirasining hajmiga nisbati u yoki bu qazib olish tizimini qo‘llanganida uni baholash uchun xizmat qiladigan ko‘rsatkichga konni tayyorlash koeffitsienti deyiladi.
Asosiy yuk tashiladigan gorizontni balandlik qismida o‘tilgan tayyorlovchi lahimlarni, qavatni tayyorlovchi lahimlari deyiladi.
Gorizont deb – kon lahimlari yig‘indisi bir xil balandlik chegarasida joylashgan, balandlik o‘lchamiga aytiladi.
Hamma gorizontlar, qavatlar bilan ajratilib o‘zining vazifasiga ko‘ra odatda asosiy, konsentratsion va ikkilamchi maydalashga xizmat qiladigan gorizontlariga bo‘linadi.
Asosiy gorizont – yuk tashiluvchi gorizont bo‘lib, undan tog‘ jinslari massasini stvol oldidagi lahimga transport vositasi bilan tashib keltirishga xizmat qiladi.
Konsentratsion gorizont, bu asosiy gorizont bo‘lib, o‘zidan yuqoridagi qavatlarda qazilgan ruda massasini, ruda tushiruvchi lahim orqali asosiy gorizontga tushirib shu gorizontdan tashilishga aytiladi.
Har bir konsentratsion gorizont bir vaqtni o‘zida 2-3 va ulardan ham ko‘proq qavatlarga xizmat qiladi. Yuqori qavatlardan tushirilgan rudani transport vositalariga yuklab, yer yuzasiga chiqarish uchun stvol oldi lahimiga tashib keltiriladi. Shunday qilib konsentratsion gorizontni ekspluatatsiya yetganda yuqorigi gorizontlarda stvol oldi lahimlarini qurish ehtiyoj qolmaydi, bu o‘z navbatida ekspluatatsiya xarajatlarni va kapital qo‘yilma miqdorini anchagina qisqartirish imkonini beradi.
Gorizontal yoki qavatlardagi lahimlar ruda tanasini cho‘ziqligi bo‘yicha qoidadagidek shaxta maydonini har ikkala qanotida ham, qazib olish ishlarini bir vaqtni o‘zida olib borish imkonini beradi.
Tik stvollar bilan yer yuzasiga tog‘ jinslari har bir gorizontdan shuningdek pastki bir yoki ikki gorizontiga tushirib, yer yuzasiga chiqarish mumkin. Bunday holatda tog‘ jinsini tashish gorizonti konsentratsion gorizont deb ataladi.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin