Tizim uch tillik bo‘lib o‘zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi «TBilling» tizimi bilan ishlashning axborot modelini ko‘rib chiqaylik:
«TBilling» tizimi bilan ishlashning axborot modeli 1) Boshqaruv samaradorligini oshirish va hisobotlarni o‘z vaqtida sifatli olishni takomillashtirish maqsadida yaratilgan mazkur tizimdan korporativ tarmoq orqali barcha filiallar foydalanadi. Tizim «O‘zbektelekom» AK filiallari va korxonalarining sotuv ofislarida, abonentlar bilan ishlash bo‘limlarida, hisob-kitob bo‘limlarida foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, tizimdan kassirlar, texnik hisob olib boruvchi guruhlar, texnologlar va boshqalar foydalanishlari mumkin.
2) Abonentlar — operatorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki «Call-sentr» xizmati orqali bog‘lanadi.
3) Har bir filiallarda faoliyat ko‘rsatayotgan operatorlar o‘sha hududda istiqomad qiluvchi abonentlarga xizmat ko‘rsatadi. Xizmat ko‘rsatish jarayoni bevosita «TBilling» tizimi orqali bajariladi.
4) Barcha filiallar korporativ tarmoq orqali «TBilling» tizimidan foydalanishi esa yagona axborot fazosini tashkil qilishini ta’minlaydi.
5) Natijada, yagona ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lib, mazkur ma’lumotlar bazasidan olingan hisobotlar «O‘zbektelekom» AKga taqdim etiladi.
Xulosa qilib, ta’kidlash lozimki, abonentlarga xizmat ko‘rsatishning yagona korporativ tizimini yuritish, ma’lumotlarni jamlash va uzatish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib, bunda aholiga ko‘rsatilayotgan telefoniya xizmatlari uchun to‘lovlarni ko‘rish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, «O‘zbektelekom» AK «TBilling» tizimidagi hisobotlar yordamida telefoniya xizmatlari to‘g‘risidagi barcha zaruriy ma’lumotlarni olishi, filiallar va korxonalarining sotuv ofislari, abonentlar bilan ishlash bo‘limlari, hisob-kitob bo‘limlari bilan masofaviy ishlash, ma’lumotlar almashish, boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Muallif: Hilola Islomova, “O‘zbektelekom” AK “Billing Telekom” filialining “Dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish” bo‘limi muhandisi