Tdi guruh talabasi Muhiddinova Shaxnozaning axborot texnologiyalari fanidan “Elektron pochta” mavzusida tayyorlagan



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə1/2
tarix20.04.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#55814
  1   2
e-mail


Buxoro Muhandislik texnologiya

instituti Paxta va yengil sanoat

fakulteti 312-21 TDI guruh talabasi Muhiddinova Shaxnozaning axborot texnologiyalari fanidan “Elektron pochta”

mavzusida tayyorlagan


Mustaqil ishi


ELEKTRON POCHTA

(E-mail)

Bu namoyish doirasida quyidagi ma'lumotlar bilan tanishtiramiz:


  • E-mail. Asosiy tushunchalar.

  • E-mail. Outlook Express mijozi.

  • Xatlarni olib o'qish.

  • Manzillar kitobi.

  • Xatni tayyorlash va jo'natish.

  • Ishorat, tasvir yoki faylni xatga qo’shish.

  • Outlook Expressni sozlash.

Elektron pochta (E-mail)


E-mail -elektron axborotlarni kompyuter tarmog’ining ixtiyoriy ikki tuguni orasida almashish vositasi.

E-mail -Internetda foydalanuvchilarga ko’rsatiladigan xizmatlarning eng ko’p tarqalgan bir turlaridan biri.

Elektron pochtadan foydalanish xat-xabar almashish xizmati bilangina cheklangan ananaviy aloqa bo’limi pochta qutisi bilan ishlashga juda o’xshashdir. E-mail orqali elektron xat, hujjat, fayl almashish mumkin.Lekin u orqali moddiy jo’natma yuborib bo’lmaydi. E-mail mijozi dasturi tarmoqqa ulangan kompyuteringizga o’rnatilib provayder yoki server ma’muri tomonidan unga E-mail manzili ajratilgan bo’lsa bu hol sizning ish stolingiz oldida aloqa bo’limi tomonidan to’la boshqariladigan qulflangan pochta qutisi o'rnatib qo’yilgan holga o’xshaydi. Bunday qutini ochishda (xatni olish yo jo’natish uchun) har gal provayder yoki tarmoq serveri(aloqa bo’limi) bilan bog’lanib olish lozim bo’ladi.Shunda qutiga kelib tushgan xatlarni olasiz, yangi xatni tayyorlab, lozim bo’lsa unga matnli, rasmli, ovozli, videotasvirli fayllarni joylab quti orqali bir yoki birqancha manzillarga jo’natasiz.

Elektron xat bilan bog’liq ishlar xuddi oddiy xatni jo’natishni eslatadi. Sizga jo’natilgan xat-xabarni siz uchun ajratilgan qutiga yetkazish va sizning xat-xabaringizni shu qutidan olib tegishli manzilga jo’natish vazifalarini provayder yoki tarmoq pochta serveriga o’rnatilgan va bu vazifalarga alohida ihtisoslashgan ikki dastur(protokol) amalga oshiradi.

Siz pochta serveri bilan ulanasiz (odatda POP3 - Post Office Protocol vositasida) va bu server sizga kelib tushgan xatlarni kompyuteringizdagi jildga joylaydi (“xatni pochta qutisidan olib jildga solib olasiz ”). Bularni istagan vaqtingizda o’qishingiz, ko’rib chiqishingiz mumkin. Yangi xatni tayyorlab «jo’nat» tugmasini bosasiz (“xatni pochta qutisiga tashlaysiz”). Keyin pochta serveri (masalan, SMTP protocoli vositasida) xatni sizning pochta qutingizdan olib xatni oluvchining provayderini serveriga jo’natadi, u yerdan adresat xatni olishi mumkin. Ko'rayapsizki, elektron xat bilan ishlash deyarli odatdagidek, farqi yetkazish tezligida (dunyo bo'yicha kunlar o'rniga soatlar) va moddiy narsalarni jo’natishning iloji yo’q, xolos.




Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin