1.Teatr-studiya faoliyati
2. O‘zbek musiqali-drama teatrlarining tashkil topilishi va ularning rivojlanishi
3.
Teatr-studiya faoliyati
O`zbekiston Respublikasi madaniy hayotida teatrlarning faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqali drama va komediya teatrlari, opera va balet, operetta, drama, miniaturalar, bolalar qo`g`irchoq teatrlari respublikamizda yashayotgan barcha millat vakillarining ma`naviy yuksalishiga salmoqli hissa qo`shib kelmoqda. Pedagog mutaxassislarning ijodiy faoliyatga layoqatliligi mehnat bozorida raqobatbardoshlikning ajralmas shartiga aylanadi. O`zaro ilm-fan va ishlab chiqarishning hamkorligi kelajakda kreativ mutaxassisga ega bo`lish uchun oliy ta`lim muassasasining tarbiyaviy jarayonlariga alohida talablarni qo`ymopqda.
Badiiy havaskorlik jamoasining asosiy vazifalari ishtirokchilarni hamkorlik, birgalikdagi do`stona ijodkorlik muhiti yaratish orqali estetik tarbiyalash. Talaba teatr-studiyasi oliy ta`lim muassasining ijtimoiy-madaniy muhitini shakllantirish vositasi sifatida talabalarning umumiy madaniy va ba`zi umumkasbiy va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Talabalar teatrida shakllanadigan umumiy madaniy kompetensiyalar quyidagilardan iborat: O`z faoliyatida asosiy madaniy qadriyatlar, zamonaviy bag`rikenglik, muloqot va hamkorlik tamoyillariga asoslanish qobiliyati. Talabalar teatridagi ish, birinchi navbatda, sahnalashtirish uchun tanlangan spektaklda inobatga olingan madaniy kontekstni o`rganishga asoslanadi. Ish jarayonida asosiy madaniy qadriyatlardagi farqlar milliy madaniyat bilan taqqoslangan holda tahlil qilinadi. Ushbu farqlarni qabul qilish va kelajakdagi tomoshabin madaniyatining o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda xarakterning xatti-harakati dasturi ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, talabalar teatr guruhida ishlash madaniyatlararo muloqot doirasida talab qilinadigan zarur professional muloqot qobiliyatlarini shakllantirishga yordam beradi.
Og`zaki nutqni mantiqan to`g`ri tuzish qobiliyati. Namunaviy matn asosida talabalar mantiqiy maqsadga muvofiqlik tamoyillari va spektaklni sahnalashtirganda til qoidalariga amal qilgan holda qahramon nutqini ham, o`z nutqini ham qurishni o`rganadilar.
Kelajakda hamkasblar bilan muloqot qilish, jamoada ishlashga tayyorlik. Talabalar teatr jamoasida ishlash o`z hamkasblarini hurmat qilish, umumiy natija uchun javobgarlik va nizolarsiz o`zaro munosabatlar ko`nikmalariga asoslanadi.
Chet tillaridan (bizda rus) birini xorijiy manbalardan kasbiy faoliyat sohasidagi ma`lumotlarni olish va baholash imkonini beradigan darajada bilish. Ushbu kompetentsiya talim muassasining o`quv dasturlarida nazarda tutilgan bir qator maxsus bilim, ko`nikma va malakalarni takomillashtirishni nazarda tutadi. Talabalar teatrida shakllanadigan umumkasbiy kompetensiyalarga “kasbiy nutq madaniyati asoslarini egallash” kiradi. Sahna nutqi bo`yicha ishning bir qismi sifatida monolog va dialogik nutq ko`nikmalarini rivojlantirish ko`zda tutiladi va professional muloqot ko`nikmalarini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi
Pedagogik faoliyat sohasida talabalar teatri “o`quvchilarning hamkorligini tashkil etish, faollik va tashabbuskorlikni, o`quvchilarning mustaqilligini, ijodiy qobiliyatlarini qo`llab-quvvatlash” qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Talabalar teatrida ishlash misolidan foydalanib, talabalar, bo`lajak o`qituvchilar sifatida, ijodiy jarayonni tashkil etish asoslari va motivatsiya, o`z-o`zini tashkil etishni rivojlantirish xususiyatlarini o`rganadilar.
Madaniy-ma`rifiy faoliyat sohasida talabalar teatri “mahalliy va xorijiy tajribalarni, madaniy-ma`rifiy dasturlarni hisobga olgan holda ishlab chiqish va amalga oshirish” qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi. Tanlangan asarni sahnalashtirish bo`yicha xorijiy tajribalarni o`rganish, shuningdek, sahnalashtirish jarayonining talabalarga o`zini tahlil qilish orqali ijodiy faoliyatni tashkil etish asoslarini tushunishga va bu bilimlarni amaliyotda qo`llashga yordam beradi. Talaba teatr-studiyasi ijtimoiy-madaniy muhitni shakllantirish vositasi sifatida tashkil etish talabalarning ijtimoiy-madaniy faoliyatining to`laqonli ochib berishga imkon beradigan pedagogik yondashuvlar majmuasidan foydalanishga asoslanadi.
Shaxsning ijodiy salohiyati va qobiliyatini o`z-o`zini rivojlantirishning tabiiy jarayoniga asoslangan hamda talab qilinadigan obrazga “kirish” uchun har bir o`quvchi bilan individual ish olib borishga asoslangan shaxsiy yondashuv.
Talabalarning to`laqonli ijtimoiy hayotini tashkil etishga va butun teatr jamoasi faoliyatini tashkil etishga qaratilgan faoliyat yondashuvi. Talabalar teatridagi muloqot o`z-o`zini «taftish» qilish qobiliyatini shakllantiradi, inson o`zi ustida ishlash zarurligini aniqlaydi va bu ehtiyojni o`z-o`zini tarbiyalash jarayonida amalga oshiradi.
Har bir talaba turli xil ijtimoiy rollarni sinab ko`rishi tashkilotchilik va sheriklik fazilatlarini sinab ko`rish imkoniyatiga imkon beradi.
Polisub`ektiv (dialogik) yondashuv, boshqa odamlar bilan munosabatlar nuqtai nazaridan shaxsning o`zini o`zi rivojlantirishga bo`lgan ehtiyojini anglash. Talabalar teatrida kayfiyatlar, fikrlar, qarashlar umumiyligi ochiladi va shakllanadi, o`zaro xamjihatlikka erishiladi, odob-axloq, xulq-atvor, an`analar uslubini singdirish amalga oshiriladi, birdamlilik yaratiladi.
Shunday qilib, talabalar teatridagi ijtimoiy-madaniy faoliyat insonparvarlik ta`limi tamoyillariga mos keladi, bu yerda shaxsning rivojlanishi ikki ko`rinishdagi o`zaro bog`liq va farqli o`zgarishlar jarayoni sifatida qaraladi: ichki ("o`ziga" qaratilgan e`tibor) va tashqi ("o`zgalarga" e`tibor qaratish).
Talabalar ijtimoiy qadriyatlarga bog`lanadilar va ular asosida o`z-o`zini tushunish jarayonida tegishli shaxsiy fazilatlarga ega bo`ladilar, ularning individualligi o`zini o`zi tashkil etish va o`zini o`zi bilish natijasida shakllanadi. Ichki va tashqi qarashlarning o`zaro bog`liqligi shaxsiy uyg`unlikni tashkil qiladi va shaxsning har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi. Talabalar teatrining ishi haftalik takroriy repititsiya mashg`ulotlar ketmaketligi, yakuniy repititsiya va teatrlashtirilgan tomosha sifatida tashkil etiladi hamda, shakllangan kompetensiyalarni nazorat qilishning baholash vositasi bo`lib xizmat qiladi. Mashqlar soni spektaklga tayyorgarlik ko`rish vaqtiga va tanlangan ishning murakkabligiga bog`liq.
Birinchi repititsiya laboratoriya ishi shaklida o`tkaziladi va asarni tahlil qilish, har bir talaba uchun rol tanlash, va u bilan tanishtirishga qaratilgan. Mustaqil ish sifatida butun asarni ham, tanlangan rolni ham batafsilroq ko`rib chiqish kutiladi. O`rtacha har bir repititsiya (4 soat amaliy mashg`ulot) uchun, aktyorlik mahoratini oshirish va qo`shimcha ma`lumot izlashga qaratilgan 2 soatlik mustaqil ish talab etiladi.
Har bir repititsion mashg`ulot talaffuz ustida ishlash bilan boshlanadi: to`g`ri artikulyatsiya, ovoz modulyatsiyasi ko`nikmalari mustahkamlanadi, intonatsiyaning har xil turlari, jumlali urg`u va ritm haqidagi bilimlar, jumlalarni sintagmatik tahlil qilish qobiliyati takomillashtiriladi. Nutq ustida ishlashning muhim elementi, shuningdek, sahnada ishlash sharoitida ovozni sozlash va vaziyatga qarab nutq tezligini o`zgartirishdir. Lug`at boyligi sezilarli darajada boyib boradi, murakkabroq grammatik tuzilmalardan foydalanish faollashadi, o`quvchilarning nutq salohiyati kashf etiladi. Aktyorlik faoliyati ixtiyoriy va beixtiyor harakatlar ko`nikmalarini shakllantirish, sahnani to`g`ri taqsimlash va spektakl davomida tasodifiy sharoitlarga moslashish qobiliyatini o`z ichiga oladi. Bundan tashqari, talaba-aktyor shaxsining stressga chidamliligi va hissiy o`zini o`zi boshqarish kabi muhim psixologik fazilatlari shakllanadi.
Noverbal va paraverbal aloqa vositalaridan turli darajada foydalanish bilan har xil turdagi his-tuyg`ularni ifodalash ustida ishlash ko`nikmalarini rivojlantirishga ham e`tibor beriladi. Talabalar teatrining moddiy-texnik ta`minoti tovush va yorug`lik uskunalari, dekoratsiyalar va kostyumlarni nazarda tutadi. O`quv-uslubiy va axborot ta`minotiga turli teatr arboblari haqidagi, teatr va san`atshunos arboblarining asarlari, shuningdek, taniqli aktyor va rejissyorlarning hayoti va ijodi haqidagi manbaalar kiradi. Shunday qilib, talaba teatri har qanday oliy ta`lim muassasasining ta`lim maydoniga kiritish uchun zarur mazmun va uslubiy salohiyatga ega, chunki u nafaqat ijtimoiy-madaniy muhitni shakllantirishga yordam beradi, balki shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadiki, bu amaldagi standartlarga muvofiq asosiy ta`lim dasturlarini amalga oshirish shartlariga qo`yiladigan talablardan biridir.
Bundan tashqari, talabalar teatri auditoriyadan tashqari ijtimoiy-madaniy tadbirlarni tashkil etish shakli sifatida bo`lajak o`qituvchilarning umumiy madaniy, umumkasbiy va kasbiy kompetentsiyalarini shakllantirish talablariga javob beradi. Shu bilan birga, teatr tomoshasi shakllangan kompetensiyalarni nazorat qilish vositasi sifatida nafaqat baholash funksiyasini bajaradi, balki ushbu faoliyat turini rivojlantirish uchun motivatsiyani ta`minlaydi. Demak, oliy ta`lim muassasining ijtimoiy-madaniy muhitini shakllanish jarayonining uzviyligi va uzluksizligini ta`minlaydi.
O‘zbek musiqali drama teatrlarining tashkil topilishida yuqorida nomlari keltirilgan musiqa guruhlari, konsert ansambllari, drama to‘garaklarining hissalari katta va anna shular musiqali drama teatrlarining asosiy tashkilotchilari hisoblanadilar. O‘zbek musiqali drama teatrlarining tashkil topilishida Farg‘onada tashkil etilgan yoshlar drama to‘garagi alohida e’tiborga loyiqdir. To‘garakning chiqishlari o‘sha davr talabiga ko‘ra tuzilardi. Masalan; tomoshabinlarni diqqatini o‘ziga jalb etish uchun namoyishlardan oldin konsert nomerlari qo‘yilardi. Konsertdan keyin kichik musiqiy lavhalar qo‘yilardi. Bular «Biz ishchimiz», «Hoy ishchilar», «Kapital» va boshqalar. Barcha chiqishlarning so‘zlari va kuylari Hamza tomonidan ijod qilingan. Namoyishlarda o‘zbek klassik qo‘shiqlari, xalq kuylari, hazil qo‘shiqlari ijro etilib shu bilan birga qatnashchilarning mahoratlari ham oshardi.
Kuy va she’rlarning mazmunida ommani savodli bo‘lishga chaqirish, ozod mehnatni, do‘stlikni targ‘ibot etish va musiqali dramalar yordamida ozod xalqni ma’rifatga da’vat etish muammolari turar edi.
Turkistonning barcha viloyatlarida 20-30 yillar davomida: Andijonda, Buxoroda, Xorazmda, Qo‘qonda havaskorlik musiqali teatrlar guruhlari tashkil etila boshladikim keyinchalik bu guruhlar professional teatr guruhlariga aylandilar. Bu jamoalar dramatik asarlar bilan bir qatorda musiqali-spektakllarni ham sahnalashtirar edilar. «Arshin mol-alan», «Layli va Majnun», «Er va Xotin», «U bo‘lmasi, bu bo‘lsin» nomli asarlar shular jumlasiga kirib bu spektakllarga asosan Uzeir Hojibekov musiqalar bastalagan. Bu spektakllar ham o‘zbekcha va ham ozorbayjon tillarida ijro etilgan.
30 yillar davomida G‘ulom Zafariyning pesalari juda katta olqishlarga sazovor bo‘ladi. «Erk farzandlari», «Binafsha», «Bahor» nomli pesalar shular jumlasiga kiradi. Bu spektakllarda ko‘p kuy va qo‘shiqlar bo‘lganligi sababli bu spektakllarni kichik operalar ham derdilar. G‘ulom Zafariyning ko‘zga ko‘ringan asarlaridan biri bu «Halima» pesasi edi. Bu asarda muallif sof muhabbat, boylik va qashshoqlik, zo‘rlik va xastalik muammolarini ko‘targan va bu mavzular davr talabiga javob beraolardi. Bu asarlar teatrlar sahnalarida ko‘p yillar qo‘yilib tomoshabinlarning olqishiga sazovar bo‘lgan.
Asar mazmunida kambag‘al oilada tug‘ilgan 18 yoshli Halima ismli qizni ota-onasi majburiy holatda yoshi katta boy kishiga berganliklari, Halimani sevikli yori Ne’matni o‘ldirilganliklari va bu xo‘rlikka chidaolmasdan Halima o‘zini-o‘zi nobud qilgani to‘g‘risida fikr yoritilgan. «Halima» musiqali drama spektaklidagi musiqalar xalq og‘zaki ijodiyotidan tanlab olingan bo‘lib asar mazmunini aks ettiraoladigan kuy va qo‘shiqlardan iboratdir. Unda «Toshkent Iroqi», «Ko‘cha bog‘i», «Bayot III», xalq marosim qo‘shiqlaridan «Yor-yor», «Muborak», «Omonyor», «Bahor bo‘ldi» nomli xalq asarlari kiritilgan. Bu musiqalarni Mula To‘ychi Toshmuhammedov, Shorahim Shoumarov, Shohyunus Shohyusupovlar tanlaganlar.
Halima obrazini talqin etishda chiroyli va jarangli ovozga ega bo‘lgan xonandalar Duriya Xonum, Maqsuma Qoriyeva, Salomatxon Najmiddinova, Tursunoy Saidazimova, Nazira Inog‘omova va keyingi yillarda Halima Nosirovalar ishtirok etganlar. «Xalima» musiqali-dramasi uzoq yillar davomida respublikamizning sahnalarida ijro etildi va musiqali drama janrini rivojiga salmoqli hissa qo‘shib keldi.
Keyingi yillarda sahnalashtirilgan asarlar qatoriga Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» musiqali dramasida xalq cholg‘u asboblari ansambli bu spektaklga jo‘r bo‘lib asar katta olqishlarga sazovor bo‘ldi.
«Farhod va Shirin» dostoni Sharq mamlakatlarining juda ko‘p tillarda ezoz etilgan, lekin barcha xalqlar ijrosidagi asarning yagona mazmuni bu chin muhabbat va undagi sadoqat asosiy maqsad bo‘lib qolgan. Bu spektakl musiqalarini xalq musiqa merosimizdan Shorahim Shoumarov bilan Yunus Rajabiy tanlaganlar va unda-“Bayot II”, “Bayot III» E «Bayot V», «Ushshoq», «Guliyor IV», «Suvora», «Chorgoh II», «Chorgoh IV», «Mug‘ulcha» va boshqa xalq kuy va qo‘shiqlari ishlatilgan. Bu musiqali-drama respublikamizning barcha viloyatlari teatrlarida sahna yuzini ko‘rdi.
«Layli va Majnun» musiqali-dramasining tarixi boshqacharoq bo‘lib bu asarni Turkistonda birinchi marotaba 1915 yilda ozorbayjon san’at guruhi olib kelib tomoshabinlar diqqatiga havola etganlar. «Layli va Majnun» musiqali-dramasi» 30-nchi yillarda kelib o‘zbek musiqali-dramasiga aylandi.
Muhiddin Qori Yoqubov boshchiligidagi o‘zbek Davlat etnografik musiqa guruhi konsert dasturlari bilan bir qatorda musiqali spektakllarni ham sahnalashtirib kelganlar va bu xayrli ishda: Tamaraxanum, Gavhar Petrosyan, Begimxon va Nurxon Yo‘ldoshxo‘jayevalar, Zuhur Qobulov, Boborahim Mirzoyev va bir qancha ko‘zga ko‘ringan sozanda, xonandalar o‘z hissalarini qo‘shganlar. Bu guruh ijrosida «Halima», «Farhod va Shirin» va Komil Yashinning «O‘rtoqlar» musiqali asarlari o‘rin oladi. «O‘rtoqlar» musiqali dramasi kolxozlar tashkil etish davrlarini aks ettiradigan asarlar jumlasiga kirib undagi musiqalarni To‘xtasin Jalilov bastalagan.
Respublikamizning barcha viloyatlari teatrlarida musiqali-drama asarlarini sahnalashtirishda ko‘zga tashlanadigan kamchiliklaridan asosiylari bu mahalliy mutaxassislarning yetishmagani, spektakl jarayonida cholg‘uchilar va xonandalarning oralaridagi ajralishlar, asosiy tonliklardan chiqib ketishlar, bandlar sonlarini adashtirilganlari ko‘zga tashlanardi. Shu bilan bir qatorda ansambl cholg‘uchilari orasida asta-sekin Yevropa musiqasi asboblari ham kiritila boshlandi (fortepiano, truba, skripka, kontrabas). 1930 yilda Moskvada teatr san’atining olimpiadasi bo‘lib o‘tadi va bu olimpiadada o‘zbek teatrlari ham ishtirok etib-»O‘rtoqlar», «Halima», «Lolaxon», «Erk bolalari» asarlari tomoshabinlar diqqatiga havola etiladi. Yutuqlar bilan bir qatorda kamchiliklar ham hakamlar tomonidan ko‘rsatiladi. Ayniqsa madaniy ijro etishlar, milliy sahna bezaklari, xalq kuy va qo‘shiqlarini qayta ishlash kabi nuqsonlar takidlanadi.
Kelgusida o‘zbek musiqali teatr jamoalari anna shu kamchiliklarni bartaraf etish, sozandalar, raqs ijrochilari, milliy kompozitorlikni rivojlantirish borasidagi ishlarni kuchaytirib yuborishsa o‘zbek milliy musiqali teatrlarini yuksalishga o‘z barkamol hissalarini qo‘shgan bo‘lgan bo‘lardilar.
40-yillar davomia bu janrda bir qancha e’tibor kuchayib milliy dramaturglar va kompozitorlar yetishib chiqib ularning asarlari asosida zamonaviy mavzu alohida o‘rinni egalladi. 50-60 yillarning oxirida musiqali drama asarlarining soni 40-tadan oshib boradi. Bu spektakllarda ko‘proq xor jamoasi uchun asarlar, vokal ansambllari, musiqiy sahnalar, xalq kuy va qo‘shiqlarini orkestrlar uchun mostlash ishlari alohida e’tiborga loyiq bo‘ldi.
Keyingi yillar davomida musiqali drama asarlari orasida Komil Yashin va To‘xtasin Jalilovlarning «Nurxon», S.Abdullo va T.Jalilovlarning «Muqimiy», «Ravshan va Zulxumor», M.Uyg‘un va M.Leviyevlarning «Oltin ko‘l», Z.Fatxullin va S. Boboyevlarning «Vatan ishqi», Ch.Aytmatov va Ikr.Akbarovlarning «Mo-mo yer» ijod qilinib tomoshabinlar diqqatiga havola etildi.
Yuqorida nomlangan spektakllardan «Nurxon» asari ko‘p tomoshabinlarni olqishiga sazovor bo‘ldi. Bu asar o‘zining sermazmunligi, oddiyligi va ohangdorligi biln ajralib turar edi. Asarda tarixiy voqealar o‘z aksini topgan. Dramaturg K.Yashenni qisqa ammo sermazmun hayot kechirgan aktirisa Nurxon Yo‘ldoshxo‘jayevaning faoliyati qiziqtiradi. K.Yashenni o‘sha yillarda yosh qizning eski qoldiqlarga qarshi chiqib teatr sahnasiga obrazlar yaratgani, Nurxonning akasini ruhoniylar tomonidan g‘azablantirib o‘z singlisini pichoq bilan o‘ldirganligi dramaturgni hayratlantiradi. K.Yashin «Gulsara» asarida boshlagan mavzu xotin-qizlarni ozodlikka intilishlari, huquq tengligi uchun kurashganlari, tinch mehnatni e’zozlaganliklari borasidagi fikrlarini «Nurxon» asarida ham davom ettiradi. Agar «Gulsara» musiqali dramada Gulsara faranji tashlash, erkinlikga intilish maqsadi uchun kurashgan bo‘lsa, Nurxon teng huquqlik, erkin kasb tanlash, jamoa ishlariga Xotin-qizlarning o‘rni kabi muammolarni o‘rtaga tashlagan va uning uchun kurashgan Xotin-qizlardan biri bo‘lgan.
«Nurxon» musiqali dramada bir qancha yoqimli va chiroyli musiqalar borki, bu kuylar To‘xtasin Jalilov tomonidan katta mahorat bilan ijod qilinib asar mazmunini yana ham boyitgan. Masalan «Assalom», «Ey sabo», «Qora sochim», «Baxtu iqbol», bir necha duyetlar, ansambllar xor asarlari shular jumlasiga kiradi.
Musiqali drama janrida mustaqil ijod qiladigan kompozitorlar ham respublikamizda voyaga yetdi. Ana shulardan biri kompozitor Manas Leviyev bo‘lib M.Uyg‘ur bilan hamkorlikda «Oltin ko‘l» musiqali dramasini yaratdilar. Bu musiqali drama qishloq aholisining turmush sharoitlariga bag‘ishlangan bo‘lib, halol mehnat, tinch yashash, oq oltin hosilini yig‘ib olish kabi maqsadlar o‘rtaga tashlangan. Biroq qishloq sharoitida ham dangasa, yalqov, ishbuzarmandlar borligi va ularning xulq-atvori halol kolxozchilarga ta’sir etganlari ham bu asarda ko‘rsatib berilgan.
To‘rt pardali bu musiqali dramada kompozitor Manas Leviyev milliy o‘zbek musiqalarini tinglovchilarga yoqimli, kuychan, jozibador ravishda qayta ishlab o‘z mohir kompozitorlik qobiliyatini ko‘rsatib bergan.
«Oltin ko‘l» musiqali dramada sho‘x va o‘ynoqi 2-3 ovozli xor asarlari, ansambllar, duyetlar, laparlar vositalari bilan mustaqil o‘zbek diyorining go‘zal manzaralarni, ozod kolxozchilar mehnatini, obu-havosini, yil fasllarining o‘zgartirishlarini yoritib bergan. Bu asarlar b’zan mungli va yoqimli, ba’zan sho‘x va o‘ynoqi jilolar bilan tinglovchilarga asar mazmunini yoritib beradi. Bular «O‘rgilay», «Qoshingni qarosiga», «Bizning kolxoz qizlari» va boshqa musiqiy asarlar o‘zbek musiqa madaniyatining oltin fondidan joy olgan.
Hozirgi davrda musiqali drama janri eng hayotiy va talabga javob beradigan musiqiy merosdirkim, rivojlanib borayotgan mustaqil respublikamiz taraqqiyotini, xalqlarimizning turmush sharoitlarini va tinch hayotini e’zozlaydigan asarlar bilan yana boyimoqda. Ko‘zga ko‘ringan kompozitor M.M.Burxonov aytganicha-»Opera janri bilan bir qatorda musiqali drama asarlari xalqimiz orasida eng kerakli va muhim janrlar qatoriga kiradi. Oxirgi yillar davomida kompozitorlarimiz bu janr yo‘nalishida ancha ijod qildilar. Bu janrda hayotimizdagi hilma-hil voqealar, turmush o‘zgarishlari va ayniqsa zamonaviy mavzulardagi asarlar ijod qilinmoqda».
Dostları ilə paylaş: |