HTML (ing.Hypertext Markup Language — gipermatnli belgilash tili) - bu SGMLga(Standard Generalized Markup Language — standart umumlashtirilgan belgilash tili) asoslangan va xalqaro ISO 8879 standartiga mos keluvchi til, xalqaro to'rdaishlatiladi.
HTML tili taxminan 1991-1992yillarda Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Markazida ishlovchi britaniyalik mutaxassis Tim Bernars Litomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab bu til mutaxassislar uchun xujjat tayyorlash vositasi sifatida yaratilgan. HTML tilining soddaligi (SGMLga nisbatan) va yuqori formatlash imkoniyatlarining mavjudligi uni foydalanuvchilar orasida tez tarqalishiga sabab bo'ldi. Bundan tashqari unda gipermatnlardanfoydalanish mumkin edi. Tilning rivojlanishi bilan unga qo'shimcha multimedia(rasm,tovush, animatsiyava boshqalar) imkoniyatlari qo'shildi.
Brauserlar - maxsus HTML tilida yaratilgan xujjatlarni o'quvchi kompyuter dasturi. Aynan brouserlar HTML tilida yaratilgan xujjatlarni formatlangan xolda ko'rish imkoniyatini beradi. Xozirda eng mashxur brouserlar bu Internet Explorer, Firefox, Operava xokazolardir.
Imkoniyatlari
HTML quyidagi formatlash imkoniyatlariga ega:
Matn qismining mantiqiy rolini belgilash (matn sarlavhasi, paragraf, ro'yxat va hokazo).
Gipermatnlaryaratish. Bu ayniqsa juda qulay bo'lib o'zaro bog'langan hujjat sahifalari orasida navigatsiya qilishni yengillashtiradi.
Maxsus belgilar qo'yish. ASCIIkodirovkasida ko'rsatilmagan belgilar HTML vositalari bilan qo'yish mumkin. Masalan grek alfavitibelgilari α,ψ, ζ, matematikbelgilar ∫, ∞, √, ½, ¼ , ¾, moliya belgilari