Tegidan tashqari bu bo’limning qolgan barcha teglari ekranda aks ettirilmaydi. Odatda tegi darhol tegidan keyin keladi tegi sarlavhaning tegidir, va hujjatga nom berish uchun hizmat kiladi. Hujjat nomi va
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAXSUS BILIM BERISH VAZIRLIGI AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI Fizika-Matematika fakulteti Fizika o’qitish metodikasi kafedrasi “Fizika va astranomiya” o’qitish metodikasi yo’nalishi 2 -kurs talabasi Ismoilova Dinora “HTML da fizikadan masofaviy taʼlim oʻquvchilar uchun fizik jarayonlar animatsiyalarni yaratish” mavzusidagi Kurs ishi
Kafedra mudiri: Professor A. Kamalov
Asistent o’qituvchi: S. Kasimov
Talaba: D.Ismoilova
Nókis-2023
Mavzu:HTML da fizikadan masofaviy taʼlim oʻquvchilar uchun fizik jarayonlar animatsiyalarni yaratish
Mundarija
1.1. HTML tarixi 5
1.2.HTML ning asosiy teglari 9
Bob bo'yicha xulosa 12
2.1. HTML da yaratilgan fizik jarayonlar animatsiyasi 14
3. 1. Informatsion texnologiyalar 24
3. 2. Difraksyon panjara 27
Foydalanilgan Adabiyotlar 33
Kirish Mamlakatimiz ta'lim tizimida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berayotganligi kun sayin yaqqol ko‘rinib bormoqda. Turli ta'lim shakllari qatori ayniqsa, masofadan o‘qitish (MO‘) keng qo‘llanilayotgatligi ham quvonchli hol.
Ko`pchilik Intеrnеtdan faqatgina yangiliklar bilan tanishish, informatsiya qidirish, elеktron pochtadan foydalanish yoki gap sotish uchun foydalanishi sir emas. Intеrnеtning imkoniyatlari kundan - kunga oshib bormoqda. Intеrnеtdan foydalanishning yangi bosqichi boshlandi, ya'ni Intеrnеt turli sohalarga tadbiq qilindi. Intеrnеt tеxnologiyalar: masofadan o`qitish, elеktron kutubxonalar, tеlеmеditsina, tеlеmеtrologiya, elеktron tadbirkorlik, elеktron magazinlar va boshqalar. Quyida bu tеxnologiyalarning qisqacha, lеkin asosiy tavsiflarini kеltiramiz.
Darsda faqat bo’r va latta ishlatiladigan vaqti o’tdi. O’quvchilarni samarali o’qitish uchun komp’yuterlar, proyektorlar va AKT dasturlari bilan jihozlangan auditoriyalardan foydalanishlari kerak. Informatsion texnologiyalar kundalik hayot talabi va jamiyatning globallashuvida muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, elektromagnetizm, difrakstiya, interferensiya, dispersiya, qutblanish hodisalarini, kvant, atom yoki yadro fizikasi jarayonlarini faqat darslikdan va unda tasvirlangan suratlar orqali o’qib tushunish juda qiyin. Agar fizika darsi davomida 3D ekranda elektromagnetizm mavzusini bosqichma bosqich tushuntiradigan virtual taqdimot paydo bo’lsa, bunday taqdimotni o’quvchi hech qachon esdan chiqara olmaydi va chuqur o’zlashtira oladi. Fizika bu har xil hodisa va voqealarni atrofdamizdagi olam bilan bog’lab ilmiy yondashib diagrammalar va suratlar orqali ko’rib chiqish bo’lib hisoblanadi.
Virtual ta’lim tizimi ochiq kodli MOODLE platformasida ishlab chiqilgan bo‘lib, masofaviy ta’limni tashkil etish va boshqarishga mo‘ljallangan.
Virtual ta’lim portali 493ta tuzilmadan iborat. Har bir tuzilma bitta fan bo‘yicha o‘quv meyoriy hujjatlar bilan bir qatorda, ma’ruza matnlari, amaliy mashg‘ulotlarga uslubiy ko‘rsatmalar, atamalar, adabiyotlar ro‘yxati, test savollari, tarqatma materiallar, baholash mezonlari, ta’lim jarayonini tashkil etish va uni boshqarishga qo‘yilgan talablar va shu kabi axborotlar joylashgan. Hozirgi kunda universitetda o‘qitiladigan fanlarning 40tasidan tuzilmalar yaratilib, ulardan o‘quv jarayonidan foydalanib kelinmoqda.Internetning WWW xizmati, asosan, web-sayt yoki web-sahifalarga bog`liq ekan, «Web-sahifalar qanday tayyorlanadi?» deb savol berishingiz tabiiy. Web-sahifalar maxsus dasturlar asosida tayyorlanadi.Masalan, Microsoft FrontPage, Macromedia HomeSite, AdobeDreamweaver kabi muharrirlar, PHP, ASP, JavaScript kabi server skriptlari (ssenariylartili), XML, HTMLvaboshqalar. Bu dasturlarning barchasi HTML (Hypertext Markup Language - Gipermatnli markerlash tili) tiliga asoslanadi. HTML dasturlash tili hisoblanmaydi. Bu tilda hujjat (web-sahifa) tayyorlash uchun Windowsning «Bloknot» kabi oddiy matn muharriri yetarli. HTML tilining buyruqlari «» belgilari orasiga yoziladi va deskriptor (ing. tavsiflovchi) yoki teg (ing. tag - yorliq, belgi, alomat) deb ataladi. Masalan, yozuvi HTML tilidagi hujjatning boshlanishini anglatadi. Teglar lotin alifbosi harflari yordamida yoziladi, bunda harflar yuqori yoki quyi registrda yozilishi farqlanmaydi, ya’ni va bir xil tegdir. Umuman, teglar ikki turga bo`linadi: 1. Juft teglar (yoki konteyner-teglar): tegi uchun tegi mavjud bo`lib, birinchisi biror amal boshlanishini bildirsa, ikkinchisi shu amal yakunlanganini bildiradi. 2. Juftmas teglar: ko`rinishdagi teg ochiladi, yopilishi shart emas, masalan, o`zidan keyingi matnni yangi satrga o`tkazuvchi
tegi kabi. HTML-hujjat — «html» yoki «htm» kengaytmali matnli fayl bo`lib, u oddiy matn muharririda teglar qo`llab yozilgan matn. HTML-hujjat va
teglari orasida yozilgan bo`ladi.