Mantiqiy va fizik formatlash HTML-hujjatlarda matnni formatlash uchun shartli ravishda mantiqiy va fizik formatlash teglariga taqsimlasa bo’luvchi teglar yaratilgan. Mantiqiy formatlash teglari fragmentning brauzer yordamida ekranda namoyish etilishiga ta’sir
ko’rsatmaydigan strukturaviy belgilashni amalga oshiradi. Shu sababli bunday belgilash mantiqiy deb ataladi. tegi tsitatalar yoki kitoblar, maqolalar va boshqa manbalarga ssыlkalarning nomlarini belgilashda foydalaniladi. Brauzerlar bunday matnni kursiv (qiya) shaklda chiqarib beradi.
Misol:
Darakchi eng ommabop gazetalardan biri.
tegi – (Emphasis – ajratib ko’rsatish, ta’kidlash) matnning muxim fragmentlarini ajratib ko’rsatishda foydalaniladi. Brauzerlar odatda bunday matnni kursiv shaklda aks ettiradi.
Misol:
Matnning muxim so’zlarini ajratib ko’rsatish. Bu erda muxim so’zlarini degan ifoda kursivda ajratib ko’rsatiladi.
tegi matnni uchirib tashlangan sifatida belgilaydi. Bu teg orqali belgilangan matnning ustiga chizilgan bo’ladi.
Misol:
Bu o’chirilgan matndir Bu erda ushbu teglar orasidagi «o’chirilgan matndir» jumlasi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: o’chirilgan matndir (ustiga chiza olmadik)
Teg CITE va DATETIME parametrlariga ega bo’lishi mumkin. CITE - fragemntning o’chirilib tashlash sabablarini aniqlashtiruvchi hujjatning URL-manzilini ko’rsatadi.
DATETIME – o’chirib tashlanish vaqtini: YYYY-MM-DDThh:mm:ssTZD formatida ko’rsatadi. Bu format o’chirib tashlanish yili, oyi, kuni, soati, daqiqasi va soniyalarini, shuningdek soat tizimi(TimeZone)ni aniqlaydi.
tegi matnni foydalanuvchi tomonidan klaviaturada kiritilganidek, ya’ni bir xil kenglikdagi (monoshirinnыy) shriftda aks ettiradi. Misol uchun, matn muxarririni ishga tushirish uchun NOTEPAD deb kiriting.
HTML-hujjatni formatlash Xar qanday matn ma’lum bir tuzulishga ega bo’ladi. Odatda bunday tuzulishning elementlari – sarlavhalar, ro’yxatlar, kichik sarlavhalar, jadvallar, xatboshi va boshqalar tashkil etadi.
Xatboshilarga bo’lish. Xatboshi darajasi tegi.Odatda xatboshilar matnda fikr tugallanganligini ifodalaydi. Oddiy matnli muxarirlarda xatboshi boshqa qatorga o’tish belgisini kiritish ( tugmasini bosish) orqali tuziladi. Ammo HTML-hujjatini tuzush jarayonida boshqa qatorga o’tish belgilari xatboshining hosil bo’lishiga olib kelmaydi. Asl hujjatning boshqa qatorga surish belgilari e’tiborga
olinmaganligi sababli, muallif hujjati oynasida a’lo darajada ko’ringan matn, brauzer oynasida umuman o’qib bo’lmaydigan darajada bo’lishi mumkin. Shuning uchun HTML-tilida matnlarni xatboshilarga bo’lish uchun
tegi kiritilgan. Bu tegni xar bir xatboshi oldidan qo’yish kerak. YOpuvchi
tegi bu holda majburiy emas. Brauzerlar bir necha ketma-ket joylashgan
tegini bir tegdek izohlaydi. Odatda baruzerlar xat boshilarni bir-biridan bitta bo’sh qator bilan ajratadi.
tegi atributlari:ALIGNGorizontal tekislash atributining qiymatlari:LEFT, RIGHT, CENTER, JUSTIFY.
Misol:
Xatboshi tegining qo’llanilishi
Bu eng oddiy xatboshi bo’lib, ko’p belgilardan iboratligidan bir qancha qatorni egallaydi
Bu matnli xatboshi oyna markazi bo’yicha tekislanadi, chunki gorizontal tekislanish parametriga ega