Техник конструкциялаш ва моделлаш


Zamonaviy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiyaning o‘qitilishi



Yüklə 190 Kb.
səhifə3/6
tarix08.07.2023
ölçüsü190 Kb.
#136147
1   2   3   4   5   6
1-ma’ruza Kirish. Texnologiya va dizayn fanining maqsadi va vazi

2. Zamonaviy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiyaning o‘qitilishi. Oliy pedagogik ta’lim muassasalarida bo‘lajak mehnat va kasb ta’limi o‘qituvchisi texnik ijodkorligini shakllantirish masalasi ko‘p qirrali bo‘lib, u talabalarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashning samarali yo‘llarini aniqlash va mazmunini muvofiq tanlash birgalikda, o‘quv jarayonida texnik ijodkorlikni bo‘lajak mutaxassislarning ijtimoiy va kasbiy tayyorgarligini umumlashtirishning aniq usul va vositalarini ishlab chiqishdek muhim pedagogik vazifani o‘z ichiga oladi. Shuningdek, ushbu jarayon vatanimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni aks ettirishi va zamonaviy ilmiy talablarga to‘la javob berishi kerak.
Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishi va dunyo hamjamiyatiga har tomonlama kirib borishi natijasida ilm olishni axborotlashtirishning amaliy yo‘naltirilgan yaxlit davlat siyosatiga asos solindi, uning ustivorliklari bo‘lgan dastlabki meyoriy-huquqiy asoslar yaratildi. Bunga misol sifatida “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida“, “Axborotlashtirish to‘g‘risida“, “Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida“, “Aloqa to‘g‘risida“gi qonunlar va boshqa dasturiy hujjatlarni keltirish mumkin. Ushbu qonunlarga muvofiq yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar intellektual mulkdan unumli foydalanishdagi iqtisodiy samarani oshirish, yangi texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish, ular vositasida yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga asoslangan intellektual mulk innovatsiya jarayonlarini rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochib berdi.
Mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan kadrlar tayyorlash milliy modеlining asosiy g‘oyasi barkamol insonni tarbiyalashni nazarda tutadi. Barkamol shaxsning muhim sifatlari bo‘lgan mehnatsevarlik, kasbiy qiziquvchanlik, ijtimoiy faollik, tirishqoqlik, intizomlilik, tashabbuskorlik, ijodkorlik qobiliyatlarini tarbiyalash o‘rta umumiy ta’lim muassasalarining muhim vazifalaridan hisoblanadi. Kadrlar tayyorlash milliy modеlining markazida shaxs sifatlari turar ekan ta’lim mеtodlarini shu asosida tanlash va qo‘llash ishlarini takomillashtirish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Bu borada o‘quvchilarning faolligini oshirish, dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni samarali tashkil qilish alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mеhnat ta’limi darslari yoshlarni hayotga, kasb-hunarga tayyorlashda muhim o‘ringa ega.
Mazkur qo‘llanmada maktab o‘quv ustaxonalarida mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirish va tashkil etish, ta’limiy, tarbiyaviy va rivoijlantiruvchi maqsadlarni belgilash, jihozlarni mashg‘ulotga tayyorlash bilan bog‘liq masalalar yoritilgan. Shuningdek, qo‘llanmada 5-sinfda mehnat ta’limini amalga oshirishga oid umummetodik yondashuvlar hamda uni amalgam oshirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Fan bo‘yicha taqvimiy-mavzuiy rejaning har bir mavzusi bo‘yicha dars ishlanmalari bayon qilingan.
Mehnat obyektlari sifatida namunaviy detallar tanlab olingan bo‘lib, ular tegishli ravishda o‘rganiladigan texnologik jarayonlar asosida tayyorlanadi. Shu sababli oquvchilarda umummehnat bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllanrisih, mustaqil ta’limni tashkillashtirish, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoliklarning oldini olish ga oid metodik tavsiyalar o‘qituvchi tomonidan boshqa mehnat obyektini tangan holida ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi.
Quyida o‘rta maktablarda texnologiya fanining 7 sinfga mo‘ljallangan dasturi tuzilishini havola etamiz.


Yüklə 190 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin