ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
DOI: 10.24411/2181-1385-2021-01075
Academic Research, Uzbekistan 58 www.ares.uz
TEKISLIKDA KOMBINATOR FORMULALAR
Gulnoza Shuxratovna Sultankhodjaeva
Toshkent davlat transport universiteti
ANNOTATSIYA
Hammamizga malumki geometrik masalalarni yechishda o‘quvchilardan
kengroq va asosan ijodiy yondoshuv talab etiladi. Ko‘pgina masalalarni ishlash
jarayonida o‘quvchilardan nafaqat formula va qoidalarni
bilishlari balki ularni
qo‘yilgan masalaga tadbiq eta olishlari ham muxim omil hisoblanadi. Bu maqolada
bir nechta manashunday geometrik masalalarni yechish usuli bilan tanishamiz.
Kalit so‘zlar:
kombinator, tekislik, toʻgʻri chiziq, aylana,
geometriya
aksiomalari, uchburchak, to‘rtburchak.
ABSTRACT
We all know that solving geometric problems requires a broader and more
creative approach from students. In the process of working on many problems, it is
important that students not only know the formulas and rules, but also apply them to
the problem.
In this article, we will look at a way to solve several such geometric
problems.
Keywords:
combiner, plane, straight line, circle,
geometric axioms, triangle,
rectangle.
KIRISH
Oʻquvchilarda matematikaga boʻlgan qiziqishlarini orttirish,
tayanch
kompetentsiyalarni shakllantirish uchun taʻlim jarayonida amaliy va nostandart
xarakterdagi masalalardan foydalanmasdan boʻlmaydi. Bunday masalalarni yechish
oʻquvchilarda analiz, sintez,
analogiya, umumlashtirish, deduktsiya va induktsiya
kabi mantiqiy
mushohada yuritish faoliyatini, intuitsiya, egiluvchanlik va
moslashuvchanlik kabi fazilatlarni rivojlantirib, oʻquvchilarni olingan natijalar ustida
tanqidiy fikrlashga oʻrgatadi. Koʻpincha nostandart xarakterdagi masalalarni yechimi
darxol topilmasdan, bir necha bor urinishlar natijasidagina aniqlanishligi sababli, bu
maqsadga erishish uchun tirishqoq boʻlishlikni, yaʻni shaxsning
irodalilik kabi juda
ahamiyatli sifatlarni tarkib topishiga imkon beradi. Va nihoyat, eng asosiysi: bunday
masalalarni yechilishi oʻquvchilarga natijaga erishilganlik bilan, va shuningdek
yechim yoʻlining goʻzalligi va anʻanaviy emasligi bilan bogʻliq boʻlgan
katta