Tekshirdi: Bo’riyev S. Topshirdi: Toshniyozov Sh. 1-Mavzu : Anologli, deskretli va raqamli filtrlar. Reja


-mavzu:Boshqariluvchi to’g’irlagichlar



Yüklə 64,32 Kb.
səhifə4/7
tarix04.04.2023
ölçüsü64,32 Kb.
#93365
1   2   3   4   5   6   7
3-mustaqil ish

4-mavzu:Boshqariluvchi to’g’irlagichlar

Asinxron dvigatelning stator cho‘lg‘amida ishlovchi chastota o‘zgartirgich 1.1 rasmda tasvirlangan. Uning tarkibiga kiruvchi elementlar: invertorni boshqarish tizimi (IBT) bo‘lgan avtonom kuchlanish invertori (AKI) va boshqariluvchi to‘g‘rilagich (BT). To‘g‘rilagichning chiqishida to‘grilangan kuchlanish Ud ni silliqlovchi LC-filtr qo‘yilgan. Dvigatelni tormoz rejimiga o‘tkazadigan KT kalit ulangan tormoz rezistori RT da tormozlash energiyasi sochiladi. Sanoat qurilmalarida boshqariluvchi to‘g‘rilagich chastotasi 50 Gs bo‘lgan o‘zgaruvchan tok tarmog‘idan ta’minot oladi. Uning uchun boshqaruvchi ta’sir, to‘g‘rilagich bilan boshqariladigan tizim (TBT) kirishiga beriladigan kuchlanish signali hisoblanadi. Invertorning kuch qismidagi keng ko‘p tarqalgan sxema uch fazali ko‘priksimon sxema hisoblanib, rasmda u 1...6 raqamlar bilan belgilangan oltita boshqariluvchi kalitlar iborat . Ushbu kalitlar ikkitomonlama o‘tkazuvchanlikni ta’minlashi kerak. Hozirgi vaqtda bu kalitlar uchun odatda tokning to‘g‘ri yo‘nalishda, kuchlanish Ud ning plyusidan munisi qarab oqishini ta’minlovchi tranzistorlar ishlatiladi. Teskari o‘tkazuvchanlik tranzistorlarga teskari tok diodlarni paralel ulash orqali amalga oshiriladi. Ular yordamida tranzistorlarning kommutatsiya jarayonlari va dvigatelning tormoz rejimlari uchun teskari tok oqadigan zanjir hosil qilinadi. O‘zgartirgich chiqishidagi 𝜔𝑒𝑙 chastotani boshqarish invertorning boshqarish tizimiga ta’sir ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi. Invertorning boshqarish tizimida chastota berilayotgan signal doimiy boshqarish signallariga aylantirilib o‘rnatilgan algaritmga mos ravishda invertordagi tranzistorlarga beriladi. Invertor chiqishidagi o‘zgaruvchan tok kuchlanishining amplutuda qiymati o‘zgartirgichdagi chiqish kuchlanishi shakllanadigan to‘g‘rilangan kuchlanish qiymati bilan aniqlanadi. Kalitlar zanjir holatining burchak davomiyligi π ga teng bo‘lgandagi invertor kalitlar holatining diagrammasi 1.2-rasmda ko‘rsatilgan. Vaqtning har bir momentida uchta kalit ulanadi. Kalitlar holati davrning har oltidan bir qismi oralig‘ida o‘zgaradi, uning davomiyligi vaqt birligi ∆t da invertor chiqishidagi berilayotgan chastota qiymati bilan aniqlanadi; ∆𝑡 = 𝜋⁄(3𝜔0𝑒𝑙). Shunday qilib, invertorni boshqarish tizimidagi berilayotgan chastota signalining o‘zgarishi ushbu davomiylikni o‘zgarishiga olib keladi, chiqishdagi kuchlanish chastotasi 𝜔0𝑒𝑙 o‘zgaradi. 1-2-3- 4-5-6 kalitlarning ketma-ket ulanishlari (1.2-rasmga q.) dvigatelning ma’lum yo‘nalishda aylanishiga mos keladi. Uni o‘zgartirish uchun bu ketma-ketlikni teskarisiga o‘zgartirish kerak. Diagrammadan ko‘rinib turubdiki, kalitlarning oltita nolinchi holati mavjudki, unda hamma vaqt ikkita juft va bitta toq yoki bitta juft va ikkita toq kalitlar ulangan. Bulardan tashqari yana ikkita nolinchi holat qo‘llaniladi, unda 1-3-5 yoki 2-4-6 kalitlar ulangan bo‘ladi va qachonki statorning hamma uch fazasi yoki to‘g‘rilagichning musbat qutbiga yo manfiy qutbiga ulanganda.





Yüklə 64,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin