Operativ xotirani almashtirish uchun kompyuter korpusi qopqog’ini ochish kerak. Buning uchun tizimli blok korpus qopqog’ini ochish uchun, tizimli blokdan hamma ulangan kabelar uziladi va yotqiziladi. Tizimli blok qopqog’ini ushab turuvchi maxsus shruplari yechiladi va qopqoq tepaga ko’tarilib ko’rpusdan ajratilib olinadi.
Kompyuter korpusi qopqog’i ochilgandan so’ng operativ xotirani tizilmi plataga biriktirib turuvchi maxsus qotirgichlari bo’shatiladi va tizimli blokdan ajratib olinadi. Boshqa yangi xuddi shunday operativ xotira tanlanadi va eskisining o’rniga joylashtirilib qotirgichlari bilan qotirilib qo’yiladi.