Текстли масалалар устида ишлаш методикаси


Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish



Yüklə 2,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/81
tarix13.09.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#143042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
MATEMATIKA O‘QITISH METODIKASI OQUV qo\'llanma

Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish 
metodikasining fan sifatida shakllanishi 
 
1.
 
Zamonaviy boshlang‗ich ta‘lim. ―Zamonaviy boshlang‗ich ta‘limning o‗zi 
nimadan iborat bo‗lishi kerak? Bola 1–4-sinflarda qanday bilimga ega bo‗lishi 
lozim? O‗quvchilarga qachondan boshlab, qanday qilib, qanday usulda va uslubda 
milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni o‗rgatishimiz, chuqur anglatishimiz 
kerak?‖ degan savollar boshlang‗ich ta‘lim tizimi oldidagi asosiy masalalardan biri 
bo‗lib kelmoqda. 
 
So‗nggi yillarda mamlakatimizda maktabda matematika o‗qitish ayniqsa 
boshlang‗ich ta‘lim tizimida o‗z ko‗lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta 
bo‗lgan o‗zgarishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.
Masalan, 1997-yil 27-avgustdagi ―Тa‘lim to‗g‗risida‖gi Qonunning 12-
moddasi I–IV sinflarni o‗qitishga bag‗ishlangan. 1997-yil 6-oktyabrdagi 
―O‗zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ning 3.3.1 bandi 
uzluksiz ta‘limni rivojlantirishda I-IV sinflarda o‗qitishni tashkil qilishning rejalari 
ko‗rsatilgan.
Maktab ta‘limi oldiga tamoyili yangi maqsadlarning qo‗yilishi matematika 
o‗qitish mazmunining tubdan o‗zgarishiga olib kelmoqda. Matematika 
boshlang‗ich kursi mazmunida ham, darslik va qo‗llanmalardan foydalanish 
metodikasida ham rivojlanish bo‗lishini talab qiladi.
Bugungi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning shakllanish jarayoni, bozor 
munosabatlarining raqobatlashuvi ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖, ―Тa‘lim 
to‗g‗risida‖gi Qonun talablari Boshlang‗ich sinflarda matematika o‗qitish 
metodikasiga o‗z ta‘sirini o‗tkazmasdan qo‗ymaydi. 
Matematika so‗zi grekcha ―mathema‖ so‗zidan olingan bo‗lib, uning ma‘nosi 
―fanlarni bilish‖ demakdir. Matematika fanining o‗rganadigan obyekti fazoviy 
shakllar va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iboratdir. 
Maktab matematika kursining maqsadi o‗quvchilarga ularning psixologik 
xususiyatlarini hisobga olgan holda matematik bilimlar tizimini berishdan 
iboratdir. 
Bu matematik bilimlar tizimi ma‘lum usullar (metodika) orqali o‗quvchilarga 
yetkaziladi. 
―Metodika‖ grekcha so‗z bo‗lib, ―metod‖ degani ―yo‗l‖ demakdir. 
Matematika metodikasi pedagogika fanlari tizimiga kiruvchi pedagogika 
fanining tarmog‗i bo‗lib, jamiyat tomonidan qo‗yilgan o‗qitish maqsadlariga 
muvofiq matematika o‗qitish qonuniyatlarini matematika rivojining ma‘lum 
bosqichida tatbiq qiladi. O‗qitishda yangi maqsadlarning qo‗yilishi matematika 
o‗qitish mazmunining tubdan o‗zgarishiga olib keldi. 



Boshlang‗ich sinf o‗quvchilariga matematikadan samarali ta‘lim berilishi 
uchun bo‗lajak o‗qituvchi boshlang‗ich sinflar uchun ishlab chiqarilgan 
matematika o‗qitish metodikasini egallab, chuqur o‗zlashtirib olmog‗i zarur. 
Matematika boshlang‗ich ta‘lim metodikasining predmeti quyidagilardan 
iborat: 
1. Matematika o‗qitishdan ko‗zda tutilgan maqsadni asoslash (Nima uchun 
matematika o‗qitiladi, o‗rgatiladi). 
2. Matematika o‗qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o‗rgatish) bir 
tizimga kiltirilgan bilimlar darajasini o‗quvchilarning yosh xususiyatlariga mos 
keladigan qilib qanday taqsimlansa, fan asoslarini o‗rganishda izchillik 
ta‘minlanadi, o‗quv ishlariga o‗quv mashg‗ulotlari beradigan yuklama bartaraf 
qilinadi, ta‘limning mazmuni o‗quvchilarning aniq bilim bilish imkoniyatlariga 
mos keladi. 
3. O‗qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o‗qitish kerak, ya‘ni,
o‗quvchilar hozirgi kunda zarur bo‗lgan iqtisodiy bilimlarni, malaka, 
ko‗nikmalarni va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari uchun o‗quv 
ishlari metodikasi qanday bo‗lishi kerak? 
4. O‗qitish vositalari – darsliklar, didaktik materiallar, ko‗rsatmali, 
qo‗llanmalar va o‗quv- texnik vositalaridan foydalanish (nima yordamida
o‗qitish). 
5. Тa‘limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish. (darsni va ta‘limning darsdan 
tashqari shakllarini qanday tashkil etish) 
O‗qitishning maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari metodik 
jihatlarining asosiy tarkiblarida murakkab, uni o‗ziga xos grafik bilan tasvirlash 
mumkin. 
Matematika o‗qitish metodikasi boshqa fanlar, eng avvalo, matematika fani – 
o‗zining tayanch fani bilan uzviy bog‗liq. 
Hozirgi zamon matematikasi natural son tushunchasini asoslashda to‗plamlar 
nazariyasiga tayanadi. 
Boshlang‗ich sinflar uchun mo‗ljallangan hozirgi zamon matematika 
darsligining birinchi sinf uchun berilgan quyidagi topshiriqlarga duch kelamiz: 
―Rasmda nechta yuk mashinasi bo‗lsa, 1-qatorda shuncha katakni bo‗yang, rasmda 
nechta avtobus bo‗lsa, 2-qatorda shuncha katakni bo‗yang‖. 
Bunday topshiriqlarni bajarish bolalarni ko‗rsatilgan to‗plamlar elementlari 
orasida o‗zaro bir qiymatli moslik o‗rnatishga undaydi, bu esa natural son 
tushunchasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. 
MO‗M umumiy matematika metodikasiga bog‗liq. Umumiy matematika 
metodikasi tomonidan belgilangan qonuniyatlar kichik yoshdagi o‗quvchilarning 
yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. 
2. Matematika metodikasining pedagogika va psixologiya, pedagogik 
texnologiya fanlari bilan aloqasi. Boshlang‗ich sinf MO‗M pedagogika va yangi 



pedagogik texnologiya fani bilan uzviy bog‗liq bo‗lib, uning qonuniyatlariga 
tayanadi. MO‗M bilan pedagogika orasida ikki tomonlama bog‗lanish mavjud. 
Bir tomondan, matematika metodikasi pedagogikaning umumiy nazariyasiga 
tayanadi va shu asosda shakllanadi. Bu hol matematika o‗qitish masalalarini hal 
etishda metodik va nazariy yaqinlashishning bir butunligini ta‘minlaydi. 
Ikkinchi tomondan, pedagogika umumiy qonuniyatlarini shakllantirishda 
xususiy metodikalar tomonidan erishilgan ma‘lumotlarga tayanadi, bu uning 
hayotiyligi va aniqligini ta‘minlaydi. 
Shunday qilib, pedagogika metodikalarning aniq materialidan ―oziqlanadi‖, 
undan pedagogik umumlashtirishda foydalaniladi va o‗z navbatida metodikalarni 
ishlab chiqishda yo‗llanma bo‗lib xizmat qiladi. 
Matematika metodikasi pedagogika, psixologiya va yosh psixologiyasi bilan 
bog‗liq. Boshlang‗ich matematika metodikasi ta‘limning boshqa fan metodikalari 
(ona tili, tabiatshunoslik, rasm, mehnat va boshqa fanlar o‘qitish metodikasi) bilan 
bog‗liq. 
O‘qitishda predmetlararo bog‗lanishni to‗g‗ri amalga oshirish uchun
o‗qituvchi buni hisobga olishi juda muhimdir. 
Ilmiy-tadqiqot metodlari – bu qonuniy bog‗lanishlarni, munosabatlarni, 
aloqalarni o‗rnatish va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida ilmiy axborotlarni 
olish usullaridir. 
Kuzatish, tajriba, maktab hujjatlari bilan tanishtirish, o‘quvchilar ishlarini 
o‗rganish, suhbat va so‗rovnomalar o‗tkazish ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlari 
jumlasiga kiradi. 
So‗nggi vaqtlarda matematik va kibernetik metodlardan, shuningdek, 
matematekani o‘qitishda modellashtirish metodlaridan foydalanish qayd 
qilinmoqda. 
Matematika metodikasi ta‘lim jarayoni bilan bog‗liq bo‗lgan quyidagi uch 
savolga javob beradi: 
1. Nima uchun matematikani o‗rganish kerak? 
2. Matematikadan nimalarni o‗rganish kerak? 
3. Matematikani qanday o‗rganish kerak? 
Matematika metodikasi haqidagi tushuncha birinchi bo‗lib shvetsariyalik 
pedagog matematik G.Pestalosining 1803-yilda yozgan ―Sonni ko‗rgazmali 
o‗rganish‖ asarida bayon qilingan. Boshlang‗ich ta‘lim haqida ulug‗ mutafakkir 
Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar ta‘lim va tarbiya haqidagi 
hur fikrlarida boshlang‗ich ta‘lim asoslarini o‗rganish muammolari haqida o‗z 
davrida ilg‗or g‗oyalarni olg‗a surganlar. 
MO‗M o‗zining tuzilish xususiyatiga ko‗ra shartli ravishda uch bo‗limga
bo‗linadi. 
1. Matematika o‗qitishning umumiy metodikasi. 



Bu bo‗limda, matematika fanining maqsadi, mazmuni, metodologiyasi shakli, 
metodlari va vositalarining metodik tizimi pedagogika, psixologik qonunlari 
hamda didaktik tamoyillar asosida ochib beriladi. 
2. Matematika o‗qitishning maxsus metodikasi. 
Bu bo‗limda matematika o‗qitish umumiy metodikasining qonun va qoidalarini 
aniq mavzu materiallariga tatbiq qilish yo‗llari ko‗rsatiladi. 
3. Matematika o‗qitishning aniq metodikasi. 
Bu bo‗lim ikki qismdan iborat: 
1.Umumiy metodikaning xususiy masalalari. 
2.Maxsus metodikaning xususiy masalalari. 
Boshlang‗ich sinflarda matematika o‗qitish metodikasi butun pedagogik 
tadqiqotlarda pedagogik texnologiya, axborot texnologiyalari yutuqlarida 
qo‗llaniladigan metodlardan foydalanadi. Kuzatish metodi – odatdagi sharoitda 
kuzatish natijalarini tegishlicha qayd qilish bilan pedagogik jarayonni bevosita 
maqsadga yo‗naltirilgan holda idrok qilishdan iborat. 
Kuzatish aniq maqsadni ko‗zlagan reja asosida uzoq va yaqin vaqt oralig‗ida 
davom etadi. Kuzatish tutash yoki tanlanma bo‗lishi mumkin. 
Тutash kuzatishda kengroq olingan hodisa (masalan, matematika darslarida 
kichik yoshdagi o‗quvchilarning bilish faoliyatlari) tanlanma kuzatishda kichik-
kichik hajmdagi hodisalar (masalan, matematika darslarida o‗quvchilarning 
mustaqil ishlari) kuzatiladi. 
Tajriba – bu ham kuzatish hisoblanib, maxsus tashkil qilingan, tadqiqotchi 
tomonidan nazorat qilib turiladigan va tizimli ravishda o‗zgartirib turiladigan 
sharoitda o‗tkaziladi. 
Tajriba natijalarini tahlil qilish taqqoslash metodi bilan o‗tkaziladi. Pedagogik 
tadqiqotda suhbat metodidan ham foydalanishi mumkin. 
Тadqiqotning maqsad va vazifalarini yaqqol aniqlash, uning nazariy asoslari va 
tamoyillarini ishlab chig‗arish, ishchi faraz tuzish, boshlang‗ich sinflarda 
matematika o‗qitish metodikasining shakllanishida asosiy mezonlar hisoblanadi. 

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin