Текстли масалалар устида ишлаш методикаси



Yüklə 2,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/81
tarix13.09.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#143042
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81
MATEMATIKA O‘QITISH METODIKASI OQUV qo\'llanma

3. Suhbat va anketalashtirish metodi
.
 
Pedagogik tadqiqotlarda suhbat metodidan ham foydalaniladi. Bu metoddan 
foydalanish kuzatishdan olingan ma‘lumotlarni to‘ldiruvchi va aniqlovchi 
materiallar 
olish, 
topshirishlar 
bajarish 
imkonini 
beradi. 
Bu 
metod 
muvaffaqiyatining asosi bolalar bilan aloqa o‗rnatilishi, ular bilan bemalol erkin 
muloqotda bo‗lish imkoniyatidan iborat 
Suhbat uchun uning maqsadini belgilash, dastur ishlanmasi, yo‗nalishi va 
metodikani asoslash juda muhimdir. Suhbat metodi bevosita berilgan savollarga 
javoblarning ishonchliligini tekshirish imkonini beruvchi bevosita va bilvosita 
savollarni kiritishni nazarda tutadi.
Suhbat metodi o‗qituvchilarga, ota-onalarga qaratilgan bo‗lishi ham mumkin, 
bu holda aytib o‗tilgan ehtiyotkorlikning hojati yo‗q, shu sababli, bunda 
tadqiqotchining suhbatdoshiga nisbatan munosabati ochiq-oydin bo‗lishi mumkin.
Biror masalaga nisbatan fikrlarni aniqlash, ba‘zi faktlarni to‗plash talab 
qilingan hollarda anketalashtirish metodidan foydalaniladi. Agar javoblar og‗zaki 
olinadigan bo‗lsa, u holda bu javoblar qog‗ozga to‗la yoziladi. Ko‗pchilik bir 
savolning o‗ziga javob berganda, buning ustiga har kim mustaqil javob bersa, 
yozma anketalash qimmatli bo‗ladi. 
Anketadan foydalanilganda quyidagi ikki talabga amal qilish zarur: 
1) anketada savollar kam bo‗lishi kerak; 
2) savollar shunday tuzilishi kerakki, ularni hamma bir xil tushinsin, ular aniq 
(mujmal bo‗lmagan) javoblarni talab qilsin. 
Ilmiy - pedagogik tadqiqotlarda nazariy metodlar etakchi o‗rin tutadi. Har bir 
tadqiqotda oldin o‗rganish obyektini tanlash, nazariy tahlil asosida obyekt qaysi 
faktlarda bog‗liqligini aniqlash va tekshirish uchun ulardan yetakchilarini tanlash 
kerak. Тadqiqotning maqsad va vazifalarini yaqqol aniqlash gipotezasini tuzish 
shunga mos ravishda tadqiqot o‗tkazish metodikasini ishlab chiqish, tadqiqotning 
borishida olingan faktlarni tushuntirish va tahlil qilish usullarini tanlash va 
xulosalarni ifodalash lozim. Bu ishlarning hammasini bajarish uchun tadqiq 


45 
qilinayotgan masalaning ilgari va hozirgi vaqtdagi nazariyasi va amaliyotini 
yorituvchi adabiy manbalarni o‗rganish va tahlil qilish kerak. Nazariy metodlar 
boshqa metodlar bilan bir qatorda matematika metodikasiga oid har bir tadqiqodga 
qo‗llaniladi. Har qanday ilmiy muammolarni hal qilishda eng oldin qilinayotgan 
masalaga oid hamma adabiyotni o‗rganish va nazariy tadqiqot o‗tkazish kerak. 
Busiz maqsadga yo‗naltirilgan bo‗lmaydi, sinash ba`zan xatolar yo‗li bilan olib 
boriladi, shu bilan birga har doim ham qo‗yilgan masalaning to‗la jalb qilinishiga 
olib kelinavermaydi. Shu bilan birga adabiyotni o‗rganmay turib va nazariy tahlil 
qilmay turib, fanda izchillik ta‘minlanmaydi. 
Matematika metodikasiga doir tadqiqotlarda boshqa metodlardan ham 
foydalaniladi. Odatda bu metodlarning hammasidan birgalikda foydalanish, bu xil 
natijalarning ishonchli bo‗lishini ta‘minlaydi. 
Hozirgi zamon didaktikasida o‗qitish metodlari klassifikasiyasiga har xil 
yondashish mavjud. Bizning fikrimiz eng maqsadga muvofiq, har xil metodlarni 
o‗z ichiga olgan klassifikasiyadir. 
Yuqorida keltirilgan ta‘rifdan o‗qitish metodlari o‗qituvchi va
o‗quvchilarning birgalikdagi faoliyatidan iborat ekani ko‗rinadi. 
Binobarin, bunday faoliyat tashkil qilish rag‗batlantirish va nazorat qilishni 
nazarda tutadi, shunga ko‗ra o‗qitish metodlari ham uchta katta guruhga bo‗linadi: 
o‗quv faoliyatini tashkil qilish metodlari; o‗quv faoliyatini rag‗batlantirish 
metodlari; o‗quv faoliyatini samaradorligini nazorat qilish metodlari. 

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin