Текстли масалалар устида ишлаш методикаси


O ‗ qitishni tashkil qilishning darsdan tashqari shakllari



Yüklə 2,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/81
tarix13.09.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#143042
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   81
MATEMATIKA O‘QITISH METODIKASI OQUV qo\'llanma

O

qitishni tashkil qilishning darsdan tashqari shakllari
1.
Matematikadan ‖darsdan tashqari ish‖ deyilganda O‗quvchilarning darsdan 
tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog‗liq bo‗lgan material asosida 
ixtiyoriylik tamoyiliga asoslangan mashg‗ulotlar tushuniladi.
 
Darsdan tashqari ishlarning quyidagi turlari mavjud: matematikadan mustaqil 
uy ishlari, O‗quvchilarning alohida va guruhli ishlari, matematik sayohatlar, 
matematikadan sinfdan tashqari ishlar. 
a) matematikadan mustaqil uy ishlari.
Uy vazifasining mazmuni bir tomondan 
darsda o‗rganilgan yangi materialni mustahkamlashga qaratilgan bo‗lsa, ikkinchi 
tomondan keyingi darsga tayyorlashga qaratilmog‗i kerak. Uy ishi barcha bolalar 
uni mustaqil bajarishga tayyor bo‗lganlaridagina samaralidir. Boshlang‗ich 
sinflarda O‗quvchiga beriladigan uy vazifalari hajmi sinfda bajarilgan ish 
hajmining yarmini tashkil etish kerak. Uy vazifalarni bajarishlari uchun 1- sinfda 1 


57 
soatgacha, 2- sinfda 1 – 1,5 soat, 3- sinfda 1,5 – 2 soat, 4- sinfda 2 soat vaqt 
ajratilishi kerak.
b) O„quvchilarning alohida va guruhli ishlar. 
Individual ishlarni tashkil qilishdan maqsad O‗quvchilarning o‗zlashtirgan 
bilimlaridagi kamchiliklarni bartaraf qilish uchun kurash, O‗quvchilarnig 
o‗zlashtirmaslik sabablarining oldini olish va uni bartaraf qilishdan iborat. 
Guruhli mashg‗ulotlari butun sinf o‗quvchilari bilimidagi kamchiliklar bir xil 
bo‗lgandagina o‗tkaziladi. Bazan bunday mashg‗ulotlar individual xarakterda 
bo‘lishi mumkin. Bunday mashg‘ulotlarning tafsiloti: muvaffaqiyatga erishmoq 
uchun u yoki bu o‗quvchining o‗zlashtirmaslik sabablarini aniq bilish, ular yo‗l 
qo‗yadigan xatolarni aniq hisobga olish kerak: bu o‗quvchi qaysi bosqichda 
―xatoga yo‗l‖ qo‗ygan, nimani yetarlicha o‗zlashtirmaganini aniqlashga yordam 
beradi deb xulosalanadi. 
d) matematik sayohatlar.
Matematik sayohatlarning maqsadi – aniq hayotiy 
dalil va taassurotlarni talab qilish.
Sayohat o‗tkazishdan maqsad nimaligi bolalarga tushunarli bo‗lishi nihoyatda 
muhimdir, shunday bo‘lganda bolalar oldindan nima qilishlari kerakligini va 
o‗zlarini qanday tutishlari kerakligini bilib oladilar. 
Maktabning joylashgan o‗rniga qarab bolalar bilan har xil ustaxonalarga, 
fabrikalarga, kombinatlarga, jamoa xo‗jaligi va boshqa joylarga sayohatlar 
o‗tkaziladi. 
Qurilish materialidan foydalanish, mashinalardan, ishchi kuchlaridan va boshqa 
narsalardan foydalanish haqida masalalar tuzish va yechish mumkin.
e) matematikadan sinfdan tashqari ishlar.
2.Boshlang‗ich sinf matematika darslarida tarixiy materiallardan foydalanish 
imkoniyatlari. 
Darhaqiqat, o‗zbek xalqining buyuk mutafakkirlari ham uzoq o‗tmishdayoq 
olib borgan tadqiqotlari va amalga oshirgan kashfiyotlarida insonlarni odobli, 
ma‘naviyati yuksak, komil mehnatsevar, vatanparvar bo‗lib tarbiyalanishiga yangi 
g‗oya va ta‘limotlarni yaratganlar. Bular: Muso al-Xorazmiy (783–850), Abu 
Rayhon Beruniy (973–1048), Ibn Sino(980 –1037); Umar Hayyom (1048–1131); 
Nasriddin at-Тusiy (1201–1274); Ulug‗bek (2394–1449), G‗iyosiddin al-Koshiy; 
Ali Qushchi (1402–1474); va boshqalarning bizga qoldirgan boy meroslari 
fikrimizga asos bo‗ladi. Bu allomalarimizning asarlarida bolalarning O‗qishi, 
mehnati, odobi va bu ishda muallimlarning vazifalariga katta e‘tibor berilgan. 
Jumladan, Nasriddin Тusiy fikri bo‘yicha o‗qituvchi o‗quvchilarni aql-zakovatiga 
ta‘sir qilishi uchun o‗quvchilar ishonchini qozonish va qalbidan joy olish 
mas‘uliyatini his qilishi lozim. Abu Nasr Forobiy o‗qituvchi faoliyatida 
yoshlarning axloqiy me‘yorlari, amaliy ko‗nikma va malakalarini o‗zlashtirishga 
yo‗naltirilganligi asosiy vazifalardan biri ekanligini ifodalaydi. Ibn Sino fikricha, 
tarixiy manbaalarni bilish olijanob va foydali faoliyatdir. U ilm narsalarning inson 


58 
aqli yordami bilan o‗rganilishi shaxs faoliyatida muhim hisoblanishini ta‘kidlab 
o‗tadi. Abu Rayhon Beruniy pedagogik ijodida tarbiyaning maqsadi, vazifalari va 
o‗rni, inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlari chin ma‘noda 
insonparvarlik asosida qurilgan. Abu Rayhon Beruniyning pedagogik g‗oyalaridan 
eng muhimi bilimni puxta va mustahkam egallash zarurligidir. 
Ota-bobolarimizdan qolgan ilmiy merosni chuqur o‗rganib, uni ta‘lim va 
tarbiya jarayoniga tatbiq etish har bir ma‘naviyatli va ijodkor mutaxassisning 
muqaddas burchidir. Quyida biz boshlang‗ich sinflarda matematikadan dars 
samaradorligini oshirishga doir to‗garak mashg‗ulotini dars tipida o‗tkazish 
mumkin bo‗lgan namunasini tavsiya etamiz. 
Matematikadan 
darsdan 
tashqari 
mashg‗ulotlarlarning 
samaradorligini 
oshirishda tarixiy materiallardan foydalanishning taxminiy rejasi. 
№ O‗rganiladigan 
mavzular nomi 
Darsning borishi 
Kutiladigan natija 
Тarixiy tushuncha 
larni shakllantirish 
manbalari 

Natural 
sonlarni 
raqamlash va 
ular ustida 
arifmetik 
amallar 
Yashash uchun 
raqamlarni zarurligi, 
uni xalq ijodiyoti va 
qadriyatlarida 
ifodalanishi 
Raqamlarni paydo 
bo‗lish zaruriyati 
va asoschilari 
Al- Xorazmiyning 
―Hind kitobi‖ 
risolasi ahamiyatini 
bilish va 
vatanparvarlik 
hissiyotini 
tarbiyalash.

Miqdorlar: 
uzunlik, yuza, 
vaqt, hajm, 
og‗irlik 
tushunchalari 
va o‗lchov 
birliklari 
Тurli miqdorlarni 
kelib chiqish tarixi, 
ularni har kunlik 
hayotga ishlatilishi. 
O‗quvchilarni aniq, 
mantiqiy fikrlashga 
o‗rgatish 
O‗nli pozision 
tizimini o‗lchov 
birliklarida tatbiq 
etilishi. 
O‗quvchilar ongli 
ravishda buni 
ishlatishi 
Тurli xalqlarda
miqdorlarni 
o‗lchashda turli 
o‗lchov birliklari, 
ularning nomlari.

Kasrlar va 
ulush 
tushunchasi 
Ulush va kasr 
tushunchalari kelib 
chiqish tarixi, turli 
xalqlarni ulushlar 
to‗g‗risidagi fikrlari 
Kasrlarni kundalik 
hayotda masala-
misollarni 
yechishda to‗g‗ri 
tatbiq etilishi. 
vatanparvarlik
tarbiya 
Qadimiy Misr, 
Bobil liklarni kasr 
haqidagi ta‘limoti. 
G‗iyosidinal-
Koshiyning 
―Arifmetika kaliti‖ 
asari.

Algebra 
elementlari: 
sonli va 
o‗zgaruvchi 
Algebraik 
tushunchalarni kelib 
chiqish tarixi. 
Matematik 
Algebra element 
larini ongli 
ravishda tushunish, 
bilish, to‗g‗ri tatbiq 
Muhammad -al-
Xorazmiyni ―Al-
jabr va al- 
muqobala‖ asari va 


59 
 
Abu Ali ibn Sino haqida ma‘lumot 
Abu Ali ibn Sinoning ―Al-hisob‖ nomli asari. Ibn Sinoning ―Ash-shifo‖ asari 
bo‗limlaridan biri riyoziyot, hisob (arifmetik), handasa (geometriya), aljabr 
(algebra), (matematika) faniga kiradi. 
Ibn Sino arifmetikasi arab tilida yozilgan bo‗lib, to‗rt bo‗limdan iborat. 

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin