Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi R. N. Radjapova keyingi avlodning konvergent tarmoqlari



Yüklə 3,29 Mb.
səhifə65/82
tarix19.08.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#139917
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   82
Telekommunikatsiya-injiniringikafedrasiR.N.Radjapova (7)

10.3. IMS arxitekturasi
IMS konsepsiyasi asosidagi qurilish tamoyili, xohlagan xizmatni etkazib berish, xech qanday tarzda kommunikatsion infrastruktura (o‘tkazuvchan qobiliyati bo‘yicha cheklash hisobga olinmaydi) bilan mos kelmasligidan iborat. Ushbu tamoyilning gavdalantirish bo‘lib, IMS qurishda ishlatiladigan, ko‘p darajali yondashuv hisoblanadi.

10.4-rasm. IMS arxitekturasi
U kirish texnologiyasidan mustaqil, xizmatlarni etkazib berishning ochiq mexanizmini amalga oshirishga yo‘l beradi, u xizmatlarni chetdan etkazib beruvchilarning ilovalarini tarmoqda ishga tushirish imkoniyatini beradi.
IMS tarkibida uchta daraja ajratiladi: transport daraja, boshqarish darajasi va xizmatlar darajasi (10.4-rasm).
Transport daraja. Transport daraja (User Equipment – UE) foydalanuvchi uskuna vositasida, IMS infrastrukturasiga abonentlarni ulashga javob beradi. Shu uskuna rolida xohlagan IMS terminali (masalan telefon (smartfon) 3G, Wi-Fi quvvatlash bilan KPK, yoki keng polosali kirish) bo‘lishi mumkin. SHuningdek shlyuzlar orqali IMS bo‘lmagan terminallar (masalan UfTT terminallari) ulanishi mumkin.
Transport tekisligining asosiy uskunasi:
 MRF (MediaResourceFunction) – mediaserver. multimedia resurslar protsessoridan MRFP (MediaR esource Function Processor) va MRFC kontrolleridan iborat;
 MRFC konferens-aloqa, xabar berish va uzatilayotgan signalni qaytadan kodlash xizmatlarini amalga oshirishni ta’minlaydi. Faraz qilingan, MRFC S-CSCF (Serving Call Session Control Function) tugun orqali olayotgan SIP-xabarga ishlov berishi kerak va MRFP protsessorini boshqarish uchun (MGCP, H.248 MEGASO) mediashlyuzlarni boshqarish protokoli buyruqlarni ishlatishi kerak. Lekin xozir MRFC va MRFP orasida o‘zaro hamkorlik uchun SIP/XML asosida protokolni ilgari siljitish uchun harakat qilinadi. Buni ustiga MRFC tarifikatsiya va billing tizimlariga taqdim etishni ta’minlaydi;
 MRFP – protsessor MRFP MRFC dan buyruqlarga muvofiq tarmoq media resurslarni taqsimlaydi. Uning asosiy funksiyalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
 xabar berish xizmatlari va boshqalar uchun multimediali ma’lumot-lar oqimlariga xizmat ko‘rsatish;
 kirish multimedia oqimlarni qo‘shish;
 multimediali ma’lumotlar oqimlariga ishlov berish, masalan transkodlash;
 MGW (MediaGateWay) – transport shlyuzi; RTP oqimlarini kanallar kommutatsiyasi bilan tarmoq oqimlariga (UfTT) to‘g‘ri va teskari o‘zgartirishni ta’minlaydi;
 BGF (InterconnectBorderGatewayFunction) – tarmoqlararo chegaraviy shlyuz; IPv4 va IPv6 tarmoqlar orasida o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi. Xavfsizlik funksiyasini ta’minlashga javob beradi (NAPT manzillari va portlarini translyasiya qilish, firewall funksiyasi, QoS asboblari (instrumentlari)).
 GGSN (Gateway GPRS SupportNode) – GPRS shlyuz tuguni yoki marshrutlash tuguni; uyali tarmoqlar va IMS orasidagi shlyuzdan iborat (uning qismi–GPRS). GGSN tarmoqlar to‘g‘risidagi hamma kerakli axborot bor, GPRS abonentlari unga kirishga imkon olishligi mumkin, shuningdek ulash parametrlari bor. GGSN ning asosiy funksiyalari bo‘lib, SGSN orqali abonentga ketuvchi va undan keluvchi, ma’lumotlar routingi (marshrutlash) hisoblanadi;
 SGSN (Serving GPRS SupportNode) – GPRS abonentlariga xizmat ko‘rsatuvchi tugun; paketli axborotga ishlov berishning hamma funksiyalarini amalga oshirish bo‘yicha GPRS-tizimining asosiy komponentidir;
 RAN – Radio Access Network –radio kirish uskunasi; IMS va elektraloqaning uyali aloqa tizimini o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi;
 PDG (Packet Data Gateway) – paketli shlyuz. Bu tarmoq elementi IMS ga foydalanuvchi uskunasi WLAN ni kirishini ta’minlaydi. Uzoqlashtirilgan IP-manzilni translyasiyasiga, IMS da foydalanuvchi uskunasini ro‘yxatdan o‘tishiga javob beradi, xavfsizlik funksiyalarini bajarilishini ta’minlaydi;
 WAG (WirelessAccessGateway) – simsiz kirish shlyuzi; WLAN va IMS tarmoqlarini ulanishini ta’minlaydi;
 BGF/BAS (Access Border Gateway Function / Broad band Access Switch) – IMS ga keng polosali foydalanuvchi uskunasini kirishini ta’minlaydi. I-BGF o‘xshash funksiyalarni bajaradi;
 DSLAM (Digital Subscriber Line Access Multiplexer) – raqamli abonent kirish shlyuzi–keng polosali kirish (statsionar, masalan X.DSL, KTV tarmoqlari) foydalanuvchi abonentlarni IMS ga ulanishini ta’minlaydi.

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin