Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies Hosted online from Paris, France. Date: 19
th
January, 2023
ISSN: 2835-3730
Website: econferenceseries.com
187 | P a g e
qilaylik. Passiv usul - bu usulda ishlatiladigan ikkita odatiy texnologiyalar Ethernet
Passiv Optik Tarmoq (EPON) va Gigabit-ga ega passiv optik tarmoqlar (GPON).
OCDMA tarmoqlari haqida tushuncha. Optik CDMA nuqta-ko‘p nuqta
bog‘lanishiga (point-to-multipoint technology) asoslangan yangi avlod optik
texnologiyasi hisoblanib, uzatuvchi hamda qabul qiluvchi manbalarda har bir
abonent alohida kod orqali kodlanadi, shu asosda har bir foydalanuvchi kelayotgan
signallardan faqat o‘ziga tegishlisini (chunki foydalanuvchi kodi unikal) qabul qilib
oladi. Aslida, PON arxitekturasi ham nuqta-ko‘p nuqta bog‘lanishiga asoslangan
passiv komponent ekanligi bilan ushbu texnologiyaga aynan o‘xshash jihatini
namoyon etishi mum-kin. Bunda splitter, kombayner va optik toladan foydalaniladi.
Bu esa potensial narxni keskin pasaytirishga imkon yaratadi. Optik kirish tarmoqlari
uchun mos holda qo‘llaniladigan bir qancha ko‘p nuqtali topologiyalar (masalan,
daraxtsimon, halqa, bus topologiyalari) mavjud-ki, bu ularning kompleks texnik-
texnologik, iqtisodiy yechimlarini optimal tarzda yaratishga asos bo‘lmoqda. PON
tizimlaridagi barcha uzatish optik liniya terminallari (OLT, Optical Line Terminal)
va optik tarmoq qurilmalari (ONU, Optical Network Units) o‘rtasida amalga
oshiriladi. PON tizimlari-ning arxitekturasida bitta optik toladan foydalaniladi. OLT
qurilmasi har bir ONU yoki kichik sonli o‘zgartiriluvchi koder/dekoder bilan aloqa
qilish uchun talab qilingan barcha koder/dekoder qurilmalaridan tashkil topadi. OLT
qurilmasi transport tarmoqlari yoki magistral tarmoqlariga bog‘lanishni amalga
oshirish uchun markaziy ofisda joylashtirilgan bo‘ladi. Olib borilayotgan so‘nggi
ilmiy-tadqiqot ishlari natijalaridan shuni aytish mumkin-ki, yangi avlod optik
abonent kirish tarmoq-larini qurish uchun, shuningdek, TDM-PON va WDM-PON
texnologiyalari ham asosiy nomzod texnologiyalar sifatida baholan-moqda. Hatto,
TDM-PON tizimlari optik tarmoqlar o‘tkazuvchanlik qobiliyatidan foydalansa-da,
uzatish tezligini oshirish talab etilganida o‘tkazuvchanlik samaradorligi
cheklangan, ishonchliligi past, tra-fik boshqaruvi va sinxronizatsiyani amal-ga
oshirish murakkab bo‘lgan dinamik o‘tkazuvchanlik qobiliyatini ta’minlaydi. TDM-
PON texnologiyalariga qaraganda, WDM-PON texnologiyalari yuqori tezlikli
ma’lumot almashinuvini ta’minlaydi va so‘nggi taklif etilayotgan xizmatlarni
qo‘llab-quvvatlaydi, biroq to‘lqin uzunligiga bog‘liq komponentlardan
foydalanilgani uchun tannarxi ancha yuqori hisoblanadi. Shuning uchun multimedia
aloqa muhit-larida statik multipleksorlashni amalga oshirishni samarasiz deb
baholash mumkin. OCDMA-PON tizimlarida har bir foydalanuvchining ma’lumoti
alohida kod orqali ajratilgani uchun tarmoqning qurilishi oson, tannarxi sezilarli