227
interfeysiga yo‘naltiradi. Deyarli barcha ko‘p sathli kommutatsiya
tizimlarining jo‘natuvchi komponenti, shu jumladan, MPLS ham
paketlarning ketma-ket belgilaridan foydalanishga asoslangan. Belgi – bu
paket sarlavhasida qayd qilingan uzunlikdagi qisqa maydondir.
MPLS yordamida quyidagi masalalarni hal etish mumkin:
-
ATM va Fram Relay-ni IP bilan integratsiyasini;
-
operator tarmog‘i ichida paketlarni eng qisqa an’anaviy
marshrutlar bo‘yicha tezkor siljitish;
-
virtual xususiy tarmoqlarni (VPN) yaratish;
-
resurslarning (Traffic Engineering, TE) yuklanishini hisobga olgan
holda yo‘nalishlarni tanlash va o‘rnatish.
Dostları ilə paylaş: