349
negizida mobil tarmoqlarda multimediali xizmatlarni ta’minlash
ifodalangan edi va 2G simsiz tarmoqli IMS arxitekturasi negizida 3G
mobil tarmoqlarining o‘zaro ta’sirlashish mexanizmlari ixtisoslashtirilgan
edi.
3G tarmoqlar arxitekturasi IMS konsepsiyasiga muvofiq transport,
chaqiriqlarni boshqarish va ilovalar sathlari bo‘yicha bo‘linib, bir necha
sathlarga (tekislik) ega. IMS tizim osti kirish texnologiyalaridan to‘la
mustaqil bo‘lishi va bir necha mavjud tarmoqlar –
mobil va statsionar
telefon, kompyuter va h.k. bilan o‘zaro aloqani ta’minlashi kerak.
3GPP Release 6 xujjatida (2003 yil dekabr) IMS ning bir qator
konsepsiyalari aniqlashtirilgan, simsiz mahalliy tarmoqlar bilan o‘zaro
aloqa va axborotni himoya qilish (kalitlarni, abonent sertifikatlarini
qo‘llash) masalalari qo‘shilgan edi.
6-7- xujjatlarda SIP vositasida IP
kommunikatsiyalarni amalga
oshirish g‘oyasi belgilangan. Unga muvofiq SIP bevosita mobil
terminaldan boshlanadi.
Release
7
spetsifikatsiyasi,
statsionar
tarmoqlarda
muhim
hisoblangan ikkita asosiy vazifalarni qo‘shadi:
-
Network Attachment, statsionar tarmoqlarda zarur bo‘lgan va
abonentlarni autentifikatsiyalash mexanizmini ta’minlaydi, chunki ularda
foydalanuvchini identifikatsiyalash SIM-kartalari bo‘lmaydi;
-
Resource
Admission, aloqa seanslarini ta’minlash uchun statsionar
tarmoqlarda tarmoq resurslarini zahiralaydi.
Statsionar
tarmoqlarda
IMS
konsepsiyalarini
kengaytirishga
yo‘naltirilgan ishlar, TISPAN qo‘mitasi tomonidan olib boriladi. ETSI
tomonidan
IMS
arxitekturasiga
qiziqish,
taniqli
TIPHON
(Telecommunications and Internet Protocol Harmonization Open
Networks) guruhini va statsionar tarmoqlarni standartlashtirish uchun
javob beruvchi SPAN (Services and Protocols for Advanced Networks)
texnik qo‘mitani birlashtirgan (2003 yil) yangi
ishchi guruhni yaratishga
olib keladi.
TISPAN (Telecommunication and Internet Converged Services and
Protocols for Advanced Networking) nomini olgan yangi guruh zamonaviy
va istiqbolli konvergensiyalanuvchi tarmoqlarni standartlashtirish uchun,
shu jumladan, VoIP va KAT, shuningdek, IMS arxitekturasi bilan bog‘liq
barcha masalalar uchun javob beradi.
Dostları ilə paylaş: