Nazorat savollari 1.
Triple play xizmatlaqi qanday xizmatlarni o‘z ichiga oladi?
2.
IPTV xizmati qanday xizmat?
3.
ViOD xizmatining maqsadi nimada?
4.
Keng polosali tarmoqlar tibbiyot sohasida qanday xizmatlarni
taqdim etadi?
5.
Telefoniya xizmatining IP tarmoqlarda joriy etilishi qanday
xizmatni yuzaga keltiradi?
6.
Messeging xizmati qanday xizmat?
7.
Ta’lim sohasida keng polosali qanday xizmatlar mavjud?
8.
Transport tizimlarida qanday keng polosali xizmatlar mavjud?
2.5. Keng polosali tarmoqlarning standart protokollari Umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘iga qo‘yilgan 7 sonli UKS
signalizatsiya tarmog‘ini tadbiq etish nutqli trafik va signalli axborotning
yo‘nalish yo‘llarini bo‘lish hamda xizmatlarning ko‘rsatish darajalarini va
xizmatlarni boshqarish, shakllantirish darajalarini (SSP, IP) bo‘lish bilan
intelektual tarmoq arxitekturasini amalga oshirish imkoniyatiga olib keldi.
Bunday yondoshuvni qo‘llash telefon operatorlariga mavjud uskunadan
foydalangan holda, yangi xizmatlarni foydalanuvchilarga taqdim etish
uchun ularni tez va aniq shakllantirish imkonini beradi. Paketli
tarmoqlarga murojaat etilganda, bunday bo‘lishi (shlyuzni dekompozitsiya
prinsipi) bu Yyerda shlyuzlar, shlyuzlarini boshqarish qurilmalari va
signalizatsiya shlyuzlari ham ishtirok etadi (oxirgi ikkita qurilma
qo‘shimcha xizmatlarni shakllantiruvchi qurilmalar bilan birlashtirilishi va
moslashishi mumkin).
Shunday qilib, quyidagi xususiyatlarga ega qandaydir tarmoq
elementlariga zaruriyat yuzaga keldi:
-
ochiq standartlarga asoslangan va an'anaviy telefon signalizatsiya-ning
barcha asosiy tiplarini hamda axborotni paketli uzatish protokollarini,
jumladan IP-telefoniya’ni, turlicha tarmoqlarda chaqiruvlarni samarali
marshrutlashni ta’minlaydigan tarmoqning “intelektual” markazi bo‘lishi
kerak;
-
u katta yuklamalarda tarmoqqa rad etishlarni oldini oladigan va
99,999
foizdan
kam
bo‘lmagan
ishonchlilikni
ta’manlaydigan
taqsimlangan va masshtablangan arxitekturalaraga ega bo‘lishi kerak;
160
-
u katta yuklamalarda tarmoqqa rad etishlarni oldini oladigan va
99,999
foizdan
kam
bo‘lmagan
ishonchlilikni
ta’minlaydigan
taqsimlangan va masshtablangan arxitekturaga ega bo‘lishi kerak;
-
u istalgan telekommuniksiya sessiya (qo‘ng‘iroq)ni qayta ishlash
ssenariyasini aniq nazorat qilish imkoniga ega modulni o‘z ichiga olishi
kerak;
-
u tarmoq infratuzilmasini boshqarishning va sessiyalarini nazorat
qilishning yagona blokini o‘z ichiga oladi. Aloqa tarmoqlarining
intellektual pereferiyasini birlashtirish texnologiyalarda ularni qo‘llashdan
qat'i nazar, operatorlarning yuqorida ko‘rsatilgan takliflarga javob
beradigan qarorni amalga oshirishga yordam beradi. Shlyuzlarni
to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, lekin oraliq qurilma billing tizimi ulangan dasturiy
kommutator (ingliz tilida Softswitch - dasturiy qayta ulagich, kommutator)
orqali ulanganda, ishlab turgan tarmoqlar qurilish sxemasini kardinal
o‘zgarishsiz minimal xarajatlar bilan IP-telefoniyaning an'anaviy
sxemalaridagi tipik kamchiliklardan qutiladi.
NGN tarmog‘ida signalizatsiya protokollari o‘zlarining qo‘llanilish
xususyatlari bo‘yicha bir necha turlarga bo‘linadi, ya’ni ular NGN
tarmog‘ining qanday tashkil etuvchilari o‘rtasida signalizatsiyani
ta’minlashiga bog‘liq ravishda quyidagi turlarga bo‘linadi:
SIP va N.323;
MGCP;
N.248 MEGACO;
BICC;
SIGTRAN;
SCTP va x.z.
Keng polosali multiservis tarmoqlarda turli tarmoq qurilmalari
o‘rtasida axborot almashinish tartibi ma’lum bir standart protokollar
majmui yordamida amalga oshiriladi. Bu tarmoq protokollari vaqt o‘tishi
bilan tarmoqda yuzaga keluvchi muammolarga mos ravishda takomillashib
boradi.
Mazkur
protokollar
multiservis
tarmoqlarning
asosiy
protokollaridan biri xisoblanadi. Protokollarning o‘zaro xamkorlik sxemasi
quyidagi 5.1-rasmda tasvirlangan.
161
5.1-Rasm. Keng polosali xizmatlarni taqdim etuvchi multiservis
tarmog‘ida protokollar qo‘llanilishi