168
qo‘shni binolarni bir tarmoqda jamlash
uchun bu juda qiyin hamda
qimmatga tushishi mumkin.
4.
Wi-Fi
texnologiyasi orqali ma’lumot uzatish. Ushbu texnologiya
Wi-Fi (802.11a/b/g/n standartida) ishlab, bino ichida 45 metr uzoqlikda,
100 metr ochiq joyda bemalol katta tezlikda stabil tarmoqqa ulanish
imkonini beradi. Lekin katta hududda sifatli tezlikni ta’minlash uchun esa
juda ham ko‘p Wi-Fi nuqtalari o‘rnatilishi lozim bo‘ladi. Bu esa
texnologiyaga bo‘lgan harajatni oshishiga olib keladi. Muammolardan
yana
biri shuki, abonent, ya’ni foydalanuvchini bir nuqtadan ikkinchi
nuqtaga ko‘chganida, ma’lumot almashinish hamda ulanishda to‘xtovlar
vujudga kelishidir. Yuqorida ko‘rib chiqilgan tarmoq texnologiyalari
bugungi kunda qo‘yilayotgan yuqori o‘tkazuvchanlik, ishonchlilik hamda
mobillik darajalarini o‘zida qizman yohud to‘liq aks ettira olgani bilan,
narx bo‘yicha bugungi operatorlarga to‘g‘ri kelmaydi. Aynan ushbu
muammoni simsiz texnologiyaning yangi avlodi bo‘lmish IEEE 802.16
standartli Wi-MAX (Worldwide Interoperability for Microwave Access)
texnologiyasi hal qilishi mumkin. Wi-MAX texnologiyasini
kengaytirish
va rivojlantirish maqsadida 1999-yilda WiMAX-forumi ochildi va Wi-
MAX texnologiyasiga quyidagi talablar qo‘yildi:
1. Katta bo‘lmagan hududlarga shu qatori ajratilgan rayonlar, chetki
(chetlashtirilgan)
obyektlar
Wi-MAX
texnologiyasi
asosida
kommunikatsiya va axborot xizmatlaridan foydalanishga ega bo‘lishi,
rivojlanayotgan davlatlardagi 1,5 million aholini shu hisob ichidan 100 ta
odam ATs larga ulanmagan va yirik shaharlar bilan simli aloqa orqali
axborot, ma’lumot almashish sharoitiga ega bo‘lmagan aholini
kommunikatsiya va axborot xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini
yaratish.
2. Wi-MAX texnologiyasi orqali Yer kurrasidagi aholining teng
yarmini kommunikatsiya va axborot xizmatlaridan foydalanishga erishish.
Wi-MAX texnologiyasining asosiy maqsadlaridan
biri universal
simsiz aloqa orqali katta hududlarga ishonchli, sifatli kommunikatsiya va
axborot xizmatlaridan foydalanish sharoitini yaratish bo‘ldi. Bu orqali Wi-
MAX texnologiyasi quyidagi farqlarga ega bo‘ldi:
Simli aloqa va yo‘ldoshli aloqa tizimlaridagi servis-provayderlarga
iqtisodiy tomondan effektivligini hal etish va bu orqali faqat potentsial
abonentlarga erishibgina qolmay,
balki bir joydan foydalanuvchi,
(statsionar) abonentlar sonini oshirish bilan birga ularga kommunikatsiya
va axborot xizmatlaridan foydalanishni sifatli yo‘lga qo‘yish;
169
Simsiz
aloqa
tizimlari
boshqa
simli
texnologiyalar
bilan
moslashuvchanligi. Bu orqali simsiz aloqa maydonini kengaytirish
(masshtablashtirish) imkoniyati paydo bo‘ladi;
O‘rnatish, ulanish sodda arxitekturasi bu orqali unga ketadigan
xarajatlarni kamaytirilishiga olib keladi;
Radioaloqa tizimlarida aloqa qamrab olish hududi uzoqligi muhim
hisoblanadi. Hozirgi davrda yuqori maydonlarga mo‘ljallangan ko‘p
simsiz aloqa tarmoqlarida obyekt va tarmoq oralig‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak;
Wi-MAX texnologiyasi tarkibida IP protokollari bo‘lganligi
sababli
lokal va korporativ tarmoqlarda qo‘llanilishi mumkin.
Wi-MAX
texnologiyasi imkoniyatlari: Wi-MAX texnologiyasi har
qanday, shu jumladan zich shahar imoratlari sharoitlarida ishlashga, aloqa
yuqori sifati va malumotlar uzatish katta tezligini ta’minlashga imkon
beradi. Wi-MAX texnologiyasidan simsiz ulanish nuqtalarini tashkil qilib,
kompaniyalar bo‘limlari o‘rtasida tarmoqni tashkil qilib va ilgari an’anaviy
texnologiyalar sababli imkoni bo‘lmagan boshqa masalalarni hal etib
“oxirgi nuqta” keng polosali ulanishlarni yaratish uchun foydalanish
mumkin. Wi-MAX texnologiyasi yuqori tezliklarda Internetga ulanishni,
Wi-Fi tarmoqlariga qaraganda keng zonalarni
qoplash va ishonchlilikni
ta’minlashga imkon beradi. Wi-MAX texnologiyasi - bu butun shahar
hududida tashkil qilinadigan keng polosali simsiz ulanish tarmog‘i,
resivyerdan baza stantsiyasigacha masofa esa kilometrlar bilan o‘lchanadi.
Wi-MAX qayd etilgan, mobil va harakatdagi ulanish senariylarini
ta’minlaydi. Aloqa bilan ta’minlash masofasi-60 km, ulanish tezligi — 60
Mbit/s gacha. Wi-MAX texnologiyasi ishlash prinsiplari: Wi-MAX
sistemasi ikki asosiy qismdan iborat:
1.
Wi-MAX baza stansiyasi (yuqori qavatli binolar yohud maxsus
ustinga o‘rnatilishi mumkin).
2.
Wi-MAX qabul qilgich (qabul qilgichli antenna,
PC card yoki
tashqi kartalar form faktori asosida).
Baza stansiyasi va qabul qiluvchi abonent antennasi bog‘lanishi
uchun o‘ta yuqori chastota diapazonidan (O‘YuCh) foydalaniladi. 2-11
GHz. Bu bog‘lanish agar ideal darajada bo‘lsa, unda ma’lumot uzatish
tezligi 20 Mbit/s gacha bo‘ladi. Bu bog‘lanish abonent va server orasida
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinish talab etmaydi. Shuni yodda tutish lozimki, Wi-
MAX texnologiyasi nafaqat «oxirgi nuqta» («so‘nggi mil»), balki regional
tarmoqlar (ofis hamda rayonlar)ni bir biri bilan bog‘lashda bemalol
170
qo‘llash mumkin. Qo‘shni baza stansiyalari bilan O‘YCh (o‘ta yuqori
chastota 10-66 GHz) to‘g‘ridan-to‘g‘ri radioaloqa rejimida doimiy
bog‘lanish o‘rnatiladi. Bunday bog‘lanishlar 120 Mb/s tezlikda ma’lumot
almashish imkonini beradi. Albatta baza stansiyalarining to‘g‘ridan to‘g‘ri
ko‘rish orqaligina bir biri bilan ma’lumot
almashinishi bu Wi-MAX ning
minus tomoni. Lekin yuqori qavatli binolarda joy olgan baza stansiyalariga
nima ham yuqorida bir-biri bilan bog‘lanishga orada to‘siq bo‘la olardi.
Dostları ilə paylaş: