330
IP/MPLS texnologiyasiga ega tarmoqlarda trafikni boshqarish
quyidagi funksional vositalar va imkoniyatlarning mavjud bo‘lishini
nazarda tutadi:
-
uzatilayotgan paketlarning birlashgan oqimlari bilan bog‘langan
atributlar to‘plami;
-
resurslar bilan bog‘liq bo‘lgan (topologik cheklanish) atributlar
to‘plami;
-
berilgan parametrlar to‘plamiga muvofiq
marshrutni tanlashda
qo‘llaniladigan cheklanishlar asosidagi marshrutlash.
Yuqorida keltirilgan barcha atributlar birgalikda boshqaruvchi
o‘zgaruvchilarni ifodalaydi. Ular ma’murning
harakatlari natijasida yoki
avtomatik tarzda modifikatsiyalanishi mumkin.
Tarmoq faoliyati vaqtida, mazkur atributlar
haqiqiy vaqt rejimida
dinamik tarzda o‘zgarishi mumkin bo‘lsin.
Nazorat savollari
1.
Telekommunikatsiyani boshqarish tarmog‘ining vazifasi nimadan
iborat?
2.
TMN arxitekturasida funksional bloklarning vazifasini tushuntiring.
3.
TMNning fizik arxitekturasi bloklarining vazifasini tushuntiring.
4.
LLA arxitekturasida boshqarishning nechta sathi mavjud?
5.
Tarmoqni boshqarishni asosiy muammolari nimadan iborat?
6.
Tarmoqni boshqarish platformasi qanday
masalalarni yechish uchun
moslashgan?
7.
Tarmoqda rad etish yoki o‘ta yuklanish bo‘lgan hollarda qanday
vazifalarni hal etish kerak?
8.
Tarmoqni boshqarish jarayonida nimalar rejalashtiriladi?
9.
Tarmoqni boshqarish masalalari nimadan iborat?
10.
Rad etish oqibatlarini bartaraf etish qanday boshqariladi?
11.
Taqdim etilayotgan xizmatlar sifati qanday boshqariladi?
12.
O‘zaro hisoblashlar qanday boshqariladi?
13.
Axborotni himoyalash qanday boshqariladi?
Dostları ilə paylaş: