162
kafolatlanmagan sifat bilan tarmoqlardagi
multimedia ilovalar ishini
ta’minlash hisoblanadi. Nutqli trafiklar axborot va ma’lumotlar bilan birga
H.323 ilovalardan biridir. Shuning uchun H.323 bilan turli multimedia
ilovalarining moslashuvini ta’minlash muhiti harakatlarni talab qiladi.
Masalan, aloqani qayta ulash (calltransfer) funksiyasini amalga oshirish
uchun alohida spetsifikatsiya N.450.2 talab qilinadi.
H.323 tavsiyasida Xalqaro elektraloqa
ittifoqi tomonidan tavsiya
qilingan IP-telefoniya tarmoqlarining tuzilish varianti mahalliy telefon
tarmoqlar operatorlariga mos keladi. Ular shaharlararo va xalqaro aloqa
xizmatlarini ko‘rsatish uchun paketlarni kommutatsiya qilish bilan (IP-
tarmoq) tarmoqdan foydalanishda manfaatdordir. H.323
protokollar
turkumiga kiradigan RAS prtokoli tarmoq resurslaridan foydalanishni
nazorat qilishi, foydalanuvchilarni autintifikatsiya qilinishini ta’minlaydi
va xizmatlar uchun to‘lovni to‘lashni ta’minlashi mumkin.
H.323 protokoli asosida qurilgan tarmoqlar (5.2-rasm) telefon
tarmoqlari bilan integratsiyalashishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ma’lumotlarni
uzatish tarmoqlari ustiga qurilgan ISDN tarmoqlari (xizmatlarni
integratsiyalashgan raqamli tarmoqlar) kabu qaralishi mumkin. Xususan,
bunday tarmoqlarda IP-telefoniya’ni bog‘lanish jarayoni ITU-T Q.931
tavsiyasiga asoslanadi va ISDN tarmoqlaridagi
xuddi shunday
protseduraga o‘xshash. Shu bilan birga, H.323 tavsiyasi turli xil ovozli
ma’lumotlarni siqish algoritmlarini qo‘llashni
nazarda tutadi, bu esa
uzatish resurslaridan o‘tkazish polosasidan kanallar kommutatsiyasi
asosidagi tarmoqdagiga nisbatan samaraliroq
foydalanaish imkonini
beradi.
5.2-rasm. H.323 tarmog‘i strukturasi