197
ma’lumotlarni qayta tiklash imkonini beradi.
FECdan foydalanilganda paketlar oqimida bo‘lishi mumkin bo‘lgan
xatoliklarni tuzatish uchun qo‘shimcha ma’lumotlar qo‘shiladi. Lekin,
paketlarni uzatish jarayonida FEC darajasidan tashqarida xatoliklar paydo
bo‘lsa, ular aniqlanmay qolishi mumkin. Demak,
paketlarni xatoliksiz
uzatish uchun FECni kerakli drajasini ta’minlash uchun, multimediali
ilova uchun kommunikatsiya tarmoqlarida qo‘llaniladigan xatoliklar turini
bilish muhim. Masalan, simsiz tarmoqlar
simli tarmoqlarga qaraganda
xatoliklardan yuqoriroq himoyalanish darajasini talab qiladi, chunki ularda
paketlarni yo‘qolish ehtimolligi sezilarli yuqori. FECdan foydalanish bilan
erishiladigan, paketlarni takroran uzatilishini minimallashtirish simli
tarmoqlarda juda qimmat bo‘lishi mumkin,
chunki ularda paketlarni
yo‘qolish ehtimolligi juda kichik. FECni qo‘shimcha ma’lumotlarini
uzatish uchun tarmoqni o‘tkazish qobiliyatini oshirishga ham qo‘shimcha
harajatlar talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: