Telekomunikatsiya texnologiyalari fakulteti 416-20 guruhi talabasi Kaljanov Shuxratning


Jahon iqtisodiyoti globallashuvi jarayonlarining natijalari



Yüklə 52,01 Kb.
səhifə3/3
tarix13.04.2023
ölçüsü52,01 Kb.
#97541
1   2   3
Zamonaviy iqtisodiyot 1-mustaqil ish

Jahon iqtisodiyoti globallashuvi jarayonlarining natijalari. Alohida mamlakatlar va jahon hamjamiyati mamlakatlari guruhi uchun iqtisodiy globallashuv jarayonlarining natijalari haqidagi masalaning qo’yilishi tan olingan masala hisoblanadi. Bir tomondan, xalqaro iqtisodiyot nazariyasi xorijiy raqobatchilar uchun bozorlarning ochilishi, xalqaro savdoning kuchayishi, moliyaviy resurslar va investitsiyalarning mamlakatlararo joylashtirilishi, xalqaro ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanish, xalqaro ishlab chiqarishni oshirish uchun imkoniyatlar yaratishidan dalolat beradi. Natijada globallashtirish mazkur jarayonda ishtirok etadigan mamlakatlarning katta muvaffaqiyati bilan muvofiqlashadi. Shu bilan bir vaqtda, xususan, globallashtirishning neoliberal modelining asosiy mazmuni bo’lgan xo’jalik hayotining keng qamrovli liberalizatsiyaning globallashtirish bilan birlashishi sharoitlarida global tovar va moliyaviy bozorlarda integrallashgan raqobatning kuchayishi raqobat kurashida kuchlilarga yon bosuvchi alohida kompaniyalar hamda alohida mamlakatlar uchun ham muqarrar risklarni anglatadi. Modomiki, rivojlangan mamlakatlar uchun globallashtirishning eng katta foydalari etarli darajada yuqori (aynan shu erlarda kuchli kompaniyalarining shtab-kvartiralari – jahon bozorlaridagi o’yinlar, shuningdek, sayyoraning asosiy ilmiy-texnikaviy va texnologik salohiyati, asosiy moliyaviy resurslar joylashgan), alohida ishlab chiqarishni qisqartirish, daromadlarni qayta taqsimlash, ijtimoiy tengsizlikning kutilayotgan o’sishi ko’rinishidagi risklar davlatning ijtimoiy siyosati bilan bo’lib-bo’lib kompensatsiya qilinadi.

Transmilliy korporatsiyalar — industrial rivojlangan davlatlarning global ahamiyatga ega bo`lgan ko`p funktsiyali milliy trest va kontsernlari, xalqaro firma, kompaniya va korporatsiyalari. “Trans” old qo’shimchasi o’z nomi bilan – TMK milliy chegaralardan tashqarida tovar va xizmatlarni ishlab chiqaradilar va sotadilar; ular g’oyalarni, didlarni, standart va texnologiyalarni butun dunyo bo’ylab tarqatadilar; ular o’z operatsiyalarini global miqyosda rejalashtiradilar, bunda o’z milliy xarakterlarini saqlab qoladilar. Transmilliy kompaniyalar deganda ko’pincha, o’z ishlab chiqarish aktivlarini birdan ortiq mamlakatda nazorat qila oladigan kompaniyalar tushuniladi. Asos mamlakatlardagi bosh kompaniyalar qabul qiluvchi mamlakatlardagi sho’'ba kompaniyalar va filiallarni investitsiyalagan holda xorijiy aktivlarga ega bo’ladilar. Investirlashtirishning bunday turi boshqaruv va nazorat huquqini inobatga oladi va to’g’ri xorijiy investitsiyalar sifatida ko’rib chiqiladi. Bunga qarama-qarshi ravishda portfelli investitsiyalar nazorat huquqini bermaydi, ular odatda, daromad olish maqsadida pul bozorlari vositalarini va xorijiy qimmatli qog’ozlarni xarid qilishni nazarda tutadi.
Kompaniya agar faqatgina xorijda savdo qilsa yoki xorijiy firmalarning hamkorlari sifatida ishtirok etsa TMK hisoblanmaydi. Kompaniya uchun TMK maqomini olishning bir necha yo’llari mavjud. Masalan, agar: 1) kompaniya xorijda bir necha affilyat yoki filiallarga ega bo’lsa; 2) ular dunyoning ko’pgina mamlakatlarida faoliyat yuritadilar; 3) xorijda olingan daromadlar ulushi yoki boshqa daromadlar barcha daromadlarga nisbatan yuqori bo’lsa; 4) uning ishchilari, aktsionerlari va menejerlari ko’pgina turli mamlakatlardan bo’lishi kerak; 5) uning xorijiy operatsiyalari – bu nafaqat savdo, shuningdek ishlab chiqarish, tadqiqotlar, ishlanmalar ham bo’lishi mumkin.
Bundan tashqari, Xalqaro kompaniyalar statistikasi ko’pgina murakkabliklarga duch keladi. Xususiy firma sifatida ular o’z faoliyatlari haqida axborotlarni zo’rg’a beradilar, buning ustiga axborotlarning bir qismi berkitiladi. Xalqaro korporatsiyalarning izohida ham farqlar mavjud. Ular odatda, kamida ikki mamlakatdagi aktivlar ustidan nazorat qilish huquqiga ega firma sifatida aniqlanadi. Boshqa mualliflar esa xorijiy ishlab chiqarish hajmi kabi kriteriyaning ahamiyatini ta'kidlaydilar. Shu narsa aniqki, TMKni bir xilda aniqlash juda katta murakkabliklarni o’zida mujassamlashtirgan, chunki transmilliy korporatsiyalarning tashkiliy tuzilmasi xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi o’zgarishlarga moslashgan holda doimiy ravishda o’zgarib turadi. TMKlar bo’yicha BMT komissiyasi o’z vaqtida transmilliy kompaniyalarga quyidagicha ta'rif bergan:

Bu kompaniyalar:

- yuridik shakli va faoliyat doirasidan qat'iy nazar ikki yoki undan ortiq mamlakat birligini o’z ichiga oladi;

- bir yoki undan ortiq rahbarlik markazlari orqali umumiy strategiyani amalga oshirish va kelishilgan siyosat yuritish imkonini beruvchi qarorlar qabul qilish tizimi doirasida operatsiyalarda o’zib ketuvchi;

- alohida birliklari bir-biri bilan mulk orqali yoki ulardan biri yoki bir nechtasi boshqasining faoliyatiga, xususan, bilimlarni, rusurslarni va boshqasi bilan majburiyatlarni bo’lishish kabi qandaydir boshqacha tarzda o’zaro bog’langan;

Xalqaro korporatsiyalarning ikki ko’rinishi farqlanadi:

1. Transmilliy korporatsiyalar (TMK) – kapital bo’yicha milliy (bosh kompaniya bir mamlakatga tegishli bo’ladi) va faoliyat doirasi bo’yicha xalqaro (investitsiyalar dunyoning ko’pgina mamlakatlarida amalga oshiriladi).

2. Multimilliy korporatsiyalar (MMK) – kapital bo’yicha ham, faoliyat doirasi bo’yicha ham xalqaro bo’lgan kompaniyalar (bosh kompaniya kapitali bir necha mamlakatlar kapitaliga tegishli, investitsiyalar ham dunyo bo’ylab amalga oshiriladi).

Ular faoliyati asosan ikkinchi jahon urushidan keyin rivojlana boshlab, hozirgi davrda yirik TMKlar keng tashqi iqtisodiy ekspantsiya siyosatini yuritmoqda. Masalan, jahon miqyosidagi savdo hajmining qariyb uchdan ikki qismi TMK ulushiga to`g`ri keladi, dunyodagi patentlar, litsenziya va nou-xaularning beshdan to`rt qismi ham ularga tegishli. Mutaxassislarning fikricha, 2004 yilda er yuzida 64 ming atrofida TMKlar mavjud bo`lib, ularning dunyo bo`yicha 830 mingta filiallari faoliyat olib borgan. (Taqqoslash uchun raqamlarga murojaat etsak, 1939 yilda dunyo miqyosida 30 ta TMK bo`lgan bo`lsa, 1970 yilda 7 mingtaga, 1976 yilda 11 mingtaga etgan). Dunyo miqyosida etakchi mavqega ega 100 ta eng yirik TMKlar xalqaro savdoning umumiy hajmidan 16%ni nazorat qiladi va bu TMKlarning uchdan bir qismi AQSHga to`g`ri keladi. XX asr so`ngida etakchi 100 ta TMKlarning chet ellardagi aktivlari 1,4 trln. doll. tashkil etdi.

Ta`kidlash lozimki, zamonaviy TMKlarga xos bo`lgan xususiyat, bu “ikki andozalik” yondoshuvidir. Bir tomondan ular dunyo iqtisodiy makonining liberallashuvi va demokratlashuvidan manfaatdor bo`lsa, ikkinchi tomondan TMK ichida dunyoda mavjud erkin bozor qonuniyatlari ishlamaydi (bozor asosida emas, balki korporatsiya strategiyasidan kelib chiqib narxlar belgilanadi). Umuman, TMKlar faoliyati o`zlari joylashgan (ro`yxatdan o`tgan) davlat manfaatlari bilan mustahkam bog`langan bo`ladi.

Yirik TMKlar ko`pgina mamlakatlarda faoliyat yuritib, ijtimoiy hayotning barcha sohalariga ta`sir etishga intiladi. Ayrimlari esa muayyan davlatlarning iqtisodiy va siyosiy nazoratidan butunlay xalos bo`lishga va birinchi galda, qanday yo`llar bilan bo`lmasin, o`z moddiy manfaatlarini himoya qilishga harakat qiladi. TMKlar va muayyan mamlakat hukumati o`rtasida ziddiyatlar vujudga kelgan hollarda ular mazkur mamlakatni tark etishib boshqasiga borib joylashadi.

TMKlar faoliyatidan tashvishga tushgan jahon hamjamiyatini tinchlantirish uchun 70-80 yillar mobaynida BMT darajasida TMKlar faoliyatini izga solish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini himoya qilish maqsadida o`ziga xos ahloq kodeksini ishlab chiqishga urinishlar ko`p bo`lgan. Biroq, bu urinishlar TMK vakillarining qattiq zarbasiga duch keladi va 1992 yilda bu borada olib borilayotgan muzokaralar to`xtatiladi.

Vaholanki, TMKlar faoliyatida ko`pgina, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida quyidagi salbiy holatlar namoyon buladi:

- mamlakatning eskirgan va ekologik jihatdan xavfli texnologiyalar axlatxonasiga aylanib qolish extimoli;

- mamlakat sanoat ishlab chiqarishining eng rivojlangan segmentlari va ilmiy-tadqiqot tuzilmalari, istiqbolli mahalliy korxona va firmalarni egallab olinishi xavfi;

- mahalliy kompaniyalarga nisbatan TMK manfaatlariga mos istiqbolli yo`nalishlarni tiqishtirilishi mumkinligi;

- iqtisodiy yoki moliyaviy inqiroz yuz bergan hollarda korxonalarning yopilishi, ishlab chiqarishning qisqarishi, ishsizlikning kuchayishi; Bunday hollarda TMKlar sarmoyasini mamlakatdan olib chiqib ketishga harakat qiladi;

Ma`lum bo`ladiki, TMKlar jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuvi, zamonaviy texnika va texnologiyalarning rivojiga hissa qo`shsada, milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga salbiy ta`sir etayotganidan ko`z yumib bo`lmaydi.

Xulosa qilib aytganda, jahon xo`jaliklararo aloqalarida TMKlar ancha murakkab va jadal rivojlanib kelayotgan hodisadir. Urushdan keyingi g`arbiy Yevropa, YAponiya va “yangi industrial mamlakatlar”ning bosib o`tgan yo`li shuni ko`rsatadiki, TMKlar bilan raqobatga dosh berish uchun milliy kapital faol tashqi iqtisodiy siyosat olib bora oladigan baquvvat moliyaviy va sanoat tuzilmalariga birlashmog`i lozim.

Globallashuv tufayli tez rivojlanayotgan mamlakatlar boy davlatlarga aylanadi, qashshoq mamlakatlar ulardan yanada ko‘proq ortda qoladi. Dramatik tarzda o‘sib borayotgan daromadlardagi farq qashshoq mamlakatlarda norozilik keltirib chiqaradi, bu xalqaro mojarolarga olib kelishi mumkin. So‘nggi 15 yilda aholi jon boshiga daromad 100 dan ortiq mamlakatlarda pasaygan, 60 dan ziyod mamlakatda aholi jon boshiga talab qisqargan. (Rivojlangan mamlakatlarda yashayotgan deyarli 5 mlrd. kishi orasida 3/5 qismi eng past sanitar me’yorlarga mos kelmaydigan sharoitda yashashadi, 1/3 qismi ichimlik suvidan mahrum, 1/5 qismi esa to‘yib ovqatlanmaydi). “Imtiyozlarni adolatli taqsimlash” jahon iqtisodiyotini globallashtirishning eng muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Ammo bu muammo, afsuski, yagona emas.

Boshqa bir muhim muammo milliy iqtisodiyotlarning umumsayyora darajasidagi o‘zaro bog‘liqligi tufayli yuz berish imkoniyati yuqori mintaqaviy yoki global beqarorlik bilan shartlangan. Bir mamlakatdagi iqtisodiy silkinish yoki bo‘hron mintaqaviy yoki hatto global oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin. Dunyo bo‘yicha sustlik yoki depressiya populistik chaqiriqlarni keltirib chiqarishga, globallashuvning borishida qaror topgan o‘zaro bog‘liqlik va aloqalarni uzib yuborishga qodir. Natijada iqtisodiy urushga aylanish xavfi bo‘lgan iqtisodiy mojaro va hatto harbiy-siyosiy to‘qnashuv kelib chiqishi mumkin.

Ayrim mamlakatlar iqtisodiyotini nazorat qilish mustaqil hukumatlar ixtiyoridan eng kuchli davlatlar, ko‘pmillatli, global korporatsiyalar va xalqaro tashkilotlar qo‘liga o‘tishi xavfi ham mavjud. SHu bois ba’zi siyosatshunoslar globallashuv hodisasida milliy suverenitetdan ajralish xavfini ko‘rmoqdalar. SHu sababdan globallashuv milliy davlatlar etakchilarida uning kuchi qarshisida ojizlik hissini tug‘dirishi, oddiy fuqarolarida esa uni yoqtirmaslik tuyg‘usi uyg‘otishi mumkin. Bu kabi kayfiyatlar proteksionizmga chorlovchi ksenofobiya va millatchilikni qayta tug‘dirishi, ekstrimistik siyosiy harakatni keltirib chiqarishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida jiddiy mojarolarning yuz berishiga kuchli sabab bo‘ladi. Ko‘pincha ish haqi yuqori bo‘lgan iqtisodiy rivoj topgan mamlakatlardagi ishsizlikni globallashuv to‘siq bo‘ladigan hodisalar qatoriga kiritishadi. Ammo, e’tirof etish lozimki, bu kabi fikrlarni ularning ko‘pchiligida ishsizlikning past me’yori va ish haqi past bo‘lgan davlatlarda ishsizlikning yuqori darajasi inkor etadi. Haqiqatda esa bandlikka hukumat siyosati va texnologik jarayon globallashuvning boshqa omilllariga nisbatan ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi.

Globallashuv kengayib borishiga ba’zan uning ijtimoiy farovonchilikka xavfi to‘g‘risidagi afsonalarni bog‘lashadi. Biroq ijtimoiy farovonchilik darajasiga mutlaqo boshqa ta’sirlar — soliq siyosati, demografik tendensiyalar ancha ko‘proq ta’sir etadi. SHu bilan birga keyingi vaqtlarda ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarda o‘rta sinfning foiz ulushi kamayib borayotganini aniq dalil sifatida inkor etmaslik kerak.

Nihoyat, globallashuvdan asosan muayyan davlatlarning tashqi siyosatidagi muvaffaqiyatsizliklarni oqlash uchun foydalaniladi.


Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonlarini quyidagilarda ko‘rish mumkin: xalqaro kapital bozorlari hamda infrastrukturaning rivojlanganligida, global telekommunikatsiya sistemasining shakllanganligida, transmilliy korporatsiyalarning yuqori sur’atda o‘sganligi, kichik va o‘rta korxonalarning ishlab chiqarishi, iqtisodiy va investitsion faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan integratsiyalashgan milliy korporativ strukturasining tashkil topishini keltirish mumkin.
Iqtisodiyotda globallashuv tushunchasi erkin savdo, erkin kapital oqimi, ishlab chiqarish korxonlari daromad solig‘inng pasaytirilishi, mehnat va tabiiy resurslar xarajatini kamaytirish maqsadida ishlab chiqarish tarmoqlarining davlatlararo erkin ko‘chishi kabi asosiy xususiyatlarni o‘z ichiga qamrab olsada, quyidagi xususiyatlarni ham qamrab olgan:

- Rivojlangan davlatlardagi kabi rivojlanayotgan davlatlarda uzluksiz ish haqi, narx va ishlab chiqarish daromadlarining bir biriga tenglashishi[7];

- Ishchi kuchini kamaytirish va radikal restruktizatsiya qilish maqsadida mamlakat ichida va transmilliy doirada kompaniyalar sonining ortishi;

- Internet tarmog‘i orqali moliyaviy axborotlarning butun jahon bo‘yicha tez tarqalishi va ishlab chiqarish korxonalarining ochiqligi;

- Moliyaviy birjalarning ahamiyati ortishi;

- Tovarlar reklamasining ko‘payishi;

- Mahsulotning milliylik xususiyatlari yo‘qolib borishi;

- Transmilliy kompaniyalarning soni va ahamiyati ortishi.

Iqtisodiyotning globallashuvida pirovard maqsad barcha davlatlarda muttasil iqtisodiy o‘sish va aholi farovonligini oshishini ta’minlashdan iborat. Global rejalarning yuzaga kelish tamoyili sifatida esa globallashuv xalqaro iqtisodiy aloqalar borasida yangi qulaylik va imkoniyatlar yaratish bilan bir qatorda turli-tuman tahdid va ziddiyatlarni ham keltirib chiqarmoqda.

Globallashuv sharoitida tashqi iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun quyidagilar taqoza etiladi:

Birinchidan, jahon xo‘jalik aloqalarida ishtirok etib, milliy ishlab chiqarish uchun qulay sharoitlar yaratish;
Ikkinchidan, jahonda sodir bo‘layotgan iqtisodiy, siyosiy noxush hodisalar salbiy oqibatlarining milliy iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirishga erishish. Alohida ta’kidlash joizki, ochiq iqtisodiyot sharoitida tashqi tahdidlar ta’siririni butunlay yo‘q qilish, unga barham berish mumkin emas.
Iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashqi omillarga quyidagilar kiradi:

1)Eksport tarkibidagi xom ashyo tovarlarining ustuvorligi, an’anaviy mashinasozlik va harbiy sanoat tovarlari bozorlarining yo‘qotilishi;


2)mamlakatning ko‘p turdagi mahsulotlar, shu jumladan, strategik ahamiyatdagi va oziq-ovqat mahsulotlari iportiga qaramligi;
3)eksport va valyuta nazoratining yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi, bojxona chegaralarining ochiqligi;
4)raqobatga bardoshli eksportni qo‘llab-quvvatlovchi moliyaviy, tashkiliy va axborot infratuzilmalarning rivojlanganligi va import tarkibining ratsional emasligi;
6)eksport-import operatsiyalariga xizmat ko‘rsatuvchi transport infratuzilmalarining rivoj topmaganligi;
7) Ilmiy salohiyat oqimi;
8)Kapital oqimi;
9)Tashqi qarzlarning o‘sishi;
10)Tijorat va iste’mol mollari bo‘yicha import qaramlikning ortishi;
11)Iqtisodiyotning haddan tashqari ochiqligi;
12)Milliy tovarlarni ichki va tashqi bozorlardan siqib chiqarish maqsadida chet el kapitallarini jalb qilish.
Eksport tovarlariga narxlarning keskin pasayib ketishi yoki aksincha, import tovarlariga narxlarning keskin ko‘tarilib ketishi tashqi bozorga bog‘liq bo‘lgan iqtisodiyot uchun o‘ta xavfli hisoblanadi.

Bundan tashqari, bozorlarda savdo qilish yoki mahsulot etkazib beruvchi mamlakat yoki mamlakatlar guruhi tomonidan embargo kiritilishi ham iqtisodiyotning rivojiga xavf tug‘diradi. SHuningdek, bir mamlakatdan yoki mamlakatlar guruhidan ayrim turdagi mahsulotlarni keltirishda yuqori darajadagi qaramlikka, bog‘liqlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. CHunki bu iqtisodiy qaramlikdan siyosiy jihatdan ta’sir ko‘rsatishdan foydalanishlari mumkin.

Milliy iqtisodiyot uchun uning eksporti tarkibida ikki-uch xil tovarning ustuvor o‘rinni egallashi, xatto eksport hajmining yarimidan ko‘pini tashkil etishi o‘ta xavfli holatlarni tug‘dirishi mumkin. Ko‘pgina rivojlanayotgan mamlaktlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, eksportning bunday tarkibi bunday tarkibi jahon bozori kon’yukturasi yomonlashgan sharoitda, ularga bo‘lgan talabning kamayishi oqibatida iqtisodiyot halokatiga olib kelishi mumkin.

Globallashuvning eng katta muammosi “kim yutib chiqadi?” degan savol bilan bog‘liq. Ustunlikning katta qismini amalda boy davlatlar yoki individlar qo‘lga kiritadi. Globallashuv samarasining notekis taqsimlanishi mintaqaviy, milliy va baynalmilal hamda umumjahon miqyosida mojarolar xavfini tug‘diradi.

Mintaqaviy darajada ham, global darajada ham institutsionallashuv mavjud. Masala shundaki, ushbu darajalar qanday qilib bir-biri bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishi va bir-birini kuchaytirishi yoki o‘zaro ziddiyatga kirishishi mumkin. Balki, global tartib ichidagi mahsuldor mintaqaviy sheriklikni (xavfsizlik sohasida ham siyosiy, iqtisodiy hamkorlik) “mintaqalararo globallashuv” sifatida belgilash mumkin. Mintaqaviy tashkilot va kaolatsiya ayrim muammolarning alohida bilim va tajribalaridan, mintaqa ichidagi katta legitimlilikdan foydalanib hamda namoyish qilib global tashkilotlar yukini sezilarli darajada bo‘lisha olishlari mumkin. Ammo, global tashkilotlarning alohida siyosiy legitimliligi tufayli va ular xavfsizlik chaqiriqlariga mintaqadagi davlatlar samarali javob berishga qurbi etmagan yoki bu masalada siyosiy betaraf bo‘lgan holatlarda ekstraregional aralashuv tizimini o‘zida ifodalagani uchun mintaqaviy tashkilotlar global tashkilotlarsiz faoliyat ko‘rsata olmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar



Цит. По: Marshall D. Understanding Late-twentieth Century Capitalism: Reassessing the Globalizion Theme // Government and Opposition. Vol.31. № 2. P. 213.

Marshall D. Understanding Late-twentieth Century Capitalism: Reassessing the Globalization Theme // Gowernment and Opposition/. Vol. 31. № 2. p. 197, 215.

Marshall D. Understanding Late-twentieth Century Capitalism: Reassessing the Globalization Theme // Gowernment and Opposition/. Vol. 31. № 2. p. 197, 215.

Уткин А.И. Глобализация: процесс и осмысление. –М. : Логос, 2002, -С.38-39.
Yüklə 52,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin