Temperament va xarakter reja


Temperamentning fiziologik asoslari



Yüklə 81,64 Kb.
səhifə6/14
tarix10.08.2023
ölçüsü81,64 Kb.
#139039
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Temperament va xarakter-fayllar.org

Temperamentning fiziologik asoslari.

XX asrning 20-30-yillarida I.P. Pavlov tomonidan asab tizimi tiplari haqida ta’limot ishlab chiqildi. Pavlovning tasdiqlashiga ko‘ra, hulq-atvorning individual xususiyatlari, psixik faoliyat dinamikasi asab tizimi faoliyatidagi individual farqlarga bog‘liqdir. Asab tizimi faoliyatidagi individual farqlarning esa turli xil ifodalanishlar, nerv jarayonlarining aloqasi va nisbati – qo‘zg‘alish va tormozlanish sanaladi.


I.P. Pavlov asab tizimining uch asosiy xossasini ajratdi, bular qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining kuchi, mutanosibligi va harakatchanligidir.


Asab tizimining kuchi – tipning eng muhim ko‘rsatkichi bo‘lib, po‘stloq hujayralarining ishchanligi, ularning chidamliligi bu xossaga bog‘liq. Asab tizimining harakatchanligi – bu bir jarayonnining ikkinchisi bilan almashish tezligi. U sharoitlarning kutilmagan va keskin o‘zgarishlariga nisbatan moslashishni ta’minlaydi. Nerv jarayonlarining mutanosibligi haqida so‘z yuritib, I.P. Pavlov qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining ma’lum muvozanatini ko‘zda tutgan edi. Bu jarayonlar bir-biri bilan kuchi bo‘yicha muvozanatlashgan, yoki muvozanatlashmagan bo‘ladi. Bu jarayonlardan birining kuchi ikkinchisidan oshib ketsa, inson mutanosiblikdan chiqadi.
I.P. Pavlov tomonidan ajratilgan nerv jarayonlarining xossalari, uning fikriga ko‘ra, Oliy Nerv Faoliyati tipini hosil qiluvchi ma’lum tizimlar, kombinatsiyalarni tashkil etadilar. Asab tizimining tipi – bu uning tabiiy, tug‘ma xossasi bo‘lib, hayot va faoliyat sharoitlari ta’sirida juda oz darajada o‘zgarishi mumkin. Bu tip individga xos bo‘lgan Asab tizimining asosiy xossalari yig‘indisi – qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari nisbatining kuchi, mutanosibligi va harakatchanligidan tarkib topadi. Asab tizimining bu xossalari temperamentning fiziologik asosini tashkil qiladi.
Asab tizimining Pavlov tomonidan ajratilgan tiplari faqat miqdor jihatdan emas, balki, asosiy xususiyatlari bilan ham temperamentning to‘rt xil tipi: ATning kuchli, mutanosib, harakatchan tipi – sangvinik; kuchli, mutanosib, harakatsiz tip – flegmatik; kuchli, qo‘zg‘alishi ustun bo‘lgan nomutanosib, o‘ta harakatchan tip – xolerik; kuchsiz, nomutanosib va rigid tip – melanxoliklarga mos keladi.
Psixika dinamikasidagi farqlarga AT tipi xossalari tomonidan yondoshuv temperamentning fiziologik asoslarini o‘rganishda yangi bosqichga asos soldi. B.M. Teplov, V.D. Nebыlitsыn kabi psixologlarning ishlarida inson oliy nerv faoliyati tiplari xossalari haqidagi tasavvurlar aniqlashtirildi va boyitildi. AT labilligi va dinamikligi kabi yangi xossalari aniqlandi.
AT labilligi nerv jarayonlarining paydo bo‘lish va yakunlanish tezligida namoyon bo‘ladi.
Nerv jarayonlarining dinamikligining mohiyatini ijobiy (qo‘zg‘alishning dinamikligi) va tormozli (tormozlanishining dinamikligi) shartli reflekslar hosil bo‘lish osonligi va tezligi tashkil etadi.
Hozirgi zamon fani temperament bo‘yicha individual farqlarning sabablarini miya, uning po‘stlog‘i va po‘stloq ostining, aynan, funksional xususiyatlarida ko‘radi ( V.S. Merlin, YA. Strelyau va boshqalar).
Hozirgi davrda temperament tipi deganda, ma’lum insonlar guruhi uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlarning sodda majmuasi emas, balki mazkur xususiyatlarning qonuniy, zaruriy o‘zaro bog‘liqligi tushuniladi. Temperament tipini tavsiflovchi xususiyatlarning qonuniy tarzda o‘zaro bog‘liqligi quyidagicha aks etishi mumkin.




  1. Yüklə 81,64 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin