Hozirgi zamon psixologiyasida bunday tiplarning ko‘pchiligi inson psixik
xossalrining shakllanishida muhit va ijtimoiy sharoitlarning ahamiyati to‘g‘ri
baholanmaganligi sababli qattiq tanqid ostiga olinadi. Organizmda dominantlik va
boshqaruvchi vazifalarni bajaradigan asab tizimi vazifalarining o‘ziga xos
xususiyatlarini o‘rganishga asoslangan konsepsiyalar jiddiy e’tiborga loyiqdir.
Nerv jarayonlari ba’zi umumiy xossalarining temperament tiplari bilan aloqasi
nazariyasi
I.P. Pavlov tomonidan taklif etilgan edi. U tadqiqot uchun Krechmer
kabi tanalar va qon tomirlarining tashqi tuzilishini (P.F. Lesgaft) emas, balki yaxlit
organizmni oldi va unda bosh miyani ajratib, ilmiy izlanish ob’ekti sifatida uning
xossalarini belgilab chiqdi.
Ushbu yondoshuvning afzalligi boshlang‘ich holat sifatida biologik
hosilaning qo‘shimcha va ikkilamchi belgilari emas, balki inson organizmining
etakchi tizimi – markaziy nerv tizimi belgilari olinganligidan iborat edi.
Pavlov tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar temperamentning fiziologik
asoslarini tushunish uchun ahamiyatli bo‘lgan tajribalar sifatida baholanadi.
Temperament nazariyasining rivojlanishiga rus psixologiyasida
B.M. Teplov
katta hissa qo‘shdi. U temperament xossalariga psixik faoliyat dinamikasini
xarakterlaydigan barqaror psixik xossalarni kiritdi. Temperamentning individual
xususiyatlarini temperament u yoki bu xossalari rivojlanganlik darajasi bilan
tushuntiradi. Temperamentning ahamiyatga molik xossalariga quyidagilar
kiritilgan edi: juda kuchsiz tashqi va ichki ta’sirlarga javob bildirish layoqati –
Dostları ilə paylaş: